9
muassasasining ustaviga muvofiq bo’lgan zarur shart-sharoitlar ta`minlanishini
talab qilish;
Bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishni
talab
qilish;
Bolalarning bolalar maktabgacha ta`lim muassasasidagi hayot kechirishini
tashkil etishda faol ishtirok etish;
Rejim doirasida ular uchun qulay bo’lgan istalgan vaqtda bolalarni
maktabgacha ta`lim muassasasiga olib kelish va undan olib ketish huquqiga ega;
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar
qonun hujjatlariga va
shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar quyidagilarga majbur:
Bolalarning jismoniy va psixik sog’lig’i uchun g’amxo’rlik qilish;
Bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo’lish, unda
mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shavqat fazilatlarini, o’zidan kata yoshdagilarga
hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash;
Belgilangan me`yorlarga muvofiq bolalar bog’chasida bolaning
ta`minotiga to’lovni o’z vaqtida to’lash;
Bolalarni oilada tarbiyalash uchun zarur shartsharoitlarni ta`minlash;
Bolalarning
to’laqonli
ovqatlanishini,
ularda
shaxsiy
gigiena
ko’nikmalarini shakllantirilishini qat`iy kuzatib borish, bolani maktabgacha ta`lim
muassasasiga ozoda kiyingan xolda olib kelish.
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvichi shaxslar qonun hujjatlariga va
shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o’rtasidagi
munosabatlar o’zaro
hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy
xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi jamoasini butlashtartibi namunaviy shtat
jadvaliga muvofiq belgilanadi.
Tegishli pedagogik ma`lumotiga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy
sifatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyati
bilan shugullanish huquqiga
ega.
Sud xukmi yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan
shug’ullanishi taqiqlangan shaxslarni ushbu faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l
qo’yilmaydi.