Uslubchining liderlik va boshqaruv jihatlari




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

1.3. Uslubchining liderlik va boshqaruv jihatlari 
 
Uslubchi jamoani boshqarishda o’zi shaxsiy namuna bo’lishi lozim, ya`ni u 
barcha ishlarni oldida, boshida bo’lib etakchilik qiladi. Umuman olganda ko’p 
adabiyotlarda «lider» so’zini «etakchi» atamasi bilan almashtirish hollari ko’p 
uchraydi. O’ylashimizcha, «etakchi» atamasi «lider»ga xos bo’lgan psixologik 
tavsifni to’la ifodalay olmaydi. «Etakchi» so’zi guruhga munosabat sifatida, uning 
a`zolariga ta`sir o’tkazuvchi va maqsadga etaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. 
Etakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali 
aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo’lgan fazilatni ifodalovchi yana 
qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. 
Bunday talqinda liderga xos bo’lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning 
vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati 
tug’iladi. Biron - bir muammoli vaziyatda paydo bo’lgan qiyinchilikni bartaraf 
etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni 
echish bilan bog’liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o’zining ilg’orligi, 
peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o’zbek tilida aynan shu ikki ibora - 
«peshqadam» va «etakchi» so’zlari majmuasi lider mohiyatini to’la ifodalashi 
mumkin. 
Nazarimizda, «Etakchi» so’zi shaxsning guruhni etaklashga, boshchilik 
qilishga bo’lgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi. «Peshqadam» iborasi esa 
ma`lum fazilatlarga ega bo’lgan shaxs ketidan guruhning ergashishini, jamoaning 
o’z ixtiyoriga ko’ra o’zi ishongan odam borayotgan yo’lni tanlashini anglatadi. 
Aynan shu xolat «lider» iborasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur. Liderning bu 
xususiyati uning hissiy jozibadorligida, o’zgalarni o’ziga jalb etish fazilatida 
namoyon bo’ladi. 
Shunday qilib, «lider» so’zini faqat «etakchi» atamasi bilan almashtirish 
liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga kiritib qo’yadi. Ushbu 
mulohazadan kelib chiqqan holda qo’llanmamiz matnida «lider» so’zidan 
foydalanishni ma`qul deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» so’zidagi izohiy 
ma`noni anglab olish o’zbek kitobxoni uchun tanish holdir.


13 
Liderlik va rahbarlik.
 
Mehnat jamoasidagi har bir xodim guruhda o’zining 
mavqeiga ega. Bu mavqe rasmiy yoki norasmiy tarzda qo’lga kiritilgan bo’lishi 
mumkin. Rasmiy mavqe xodimning mansab pog’onasidagi o’rni va uning 
lavozimidan kelib chiquvchi vakolatlari bilan ifodalanadi. Har qanday xodim o’z 
hamkasabalari bilan o’zaro munosabatda bo’lar ekan, turli omillar ta`sirida bu 
munosabatlar hissiy rang ola boshlaydi. 
Hissiyotga asoslangan munosabatlar ikki ko’rinishda - yoqtirish (simpatiya) 
va yoqtirmaslik (antipatiya) sifatida shakllanadi. Shunday xodimlar ham borki, ular 
o’zining ma`lum xislatlari bilan jamoaning ko’pchilik a`zolarida simpatiya uyg’ota 
oladilar va ular guruhning norasmiy tizimida yuqori mavqeni egallaydilar. 
Psixologik talqin bo’yicha, jamoaning rasmiy tizimida yuqori mavqeni egallovchi 
xodim rahbar bo’lib hisoblansa, norasmiy tizimda yuqori mavqeni egallovchi shaxs 
esa – liderdir. 
Liderlik holati, odatda, guruhning norasmiy munosabatlar tizimida amalga 
oshadi. Biron-bir shaxsning lider darajasida tan olinishi unga hissiy yaqinlikni, 
uning ish bilan bog’liq bo’lgan qator fazilatlarini yuqori baholashni va ushbu
shaxsning guruh manfaatlariga e`tiborliligini anglatadi. Lider - guruhning hamma 
a`zolari tomonidan tan olingan shaxs. Liderning qadriyatlar tizimidagi asosiy jihati 
- guruh manfaatini har narsadan ustun qo’yish, doimo guruh oldiga qo’yilgan 
vazifani echishga sidqidildan kirishish va bu jarayonda jamoani safarbar eta 
olishidir.
Mehnat jamoasidagi lider avvalambor o’zining ishchanlik xususiyatlari bilan 
farqlanib turadi, chunki, u aynan mehnat faoliyati tufayli boshqalardan ajralib 
ko’zga tashlana boshlaydi. Bundan tashqari, lider, guruh manfaatini himoya etar 
ekan, kezi kelganda rasmiy munosabatlar tizimiga va rasmiy doiralar manfaatiga 
ham zid chiqa oladi. Natijada, jamoada rasmiy rahbar va norasmiy lider o’rtasida 
ziddiyat paydo bo’lishi mumkin. Korxona manfaatidan kelib chiqsak, jamoadagi 
rasmiy rahbar va norasmiy tizimda shakllanuvchi lider bir shaxs orqali 
ifodalanishi eng maqbul holdir.
Zamonaviy psixologiya fani, o’z yutuqlari orqali, liderga xos fazilatlar tabiati 
va unga erishish yo’l-yo’riqlari haqida etarlicha ma`lumot bera oladi. Shu 
munosabat bilan liderga xos bo’lgan jihatlarni uch toifaga kiritishimiz mumkin: 1) 
jamoa manfaatlariga yo’nalganliq 2) kasbiy mohirlik, har qanday muammoli 
vaziyatda qiyinchilikni o’z bo’yniga olish va ishni oxirigacha hal etishda 
tashabbuskor bo’lish; 3) emotsional, hissiy jalb etuvchanlik xislatlari. YUqorida 
sanab o’tilgan xislatlar majmuasining ketma-ketligi ham o’z mantiqiga ega. 
Tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, hissiy jalb etuvchanlik odatda lider shaxsda 
juda yorqin ko’zga tashlanishi shart emas ekan. Shaxsda bu ko’rsatkichning o’rta 
me`yorda mavjudligi, uni liderlik darajasida tan olinishi uchun etarlidir. Lekin 
insonga xos hissiy jozibadorlik ko’rsatkichi pastligi ish yuzasidan o’tadigan 
muloqot va muzokaralarga salbiy ta`sir etishi mumkin. Rahbarning muloqot 
sirlarini yaxshi bilishi orqali atrofdagilarda o’zi haqida ijobiy taassurot uyg’ota 
olishi ushbu ko’rsatkichni oshirishdagi asosiy vositadir . 
Rahbarlik tayinlanuvchi lavozimdir, liderlik esa hamfikrlar tomonidan 
ko’tarilgan shaxs mavqeidir. Agar rahbar va lider o’rtasidagi farqga e`tibor 


14 
beradigan bo’lsak, ko’pgina jihatlarni sanab o’tishimiz mumkin. Masalan, rahbar 
xodimlarga ega bo’lsa, liderning hamfikr tarafdoshlari mavjud, rahbar tayinlansa, 
lider jamoa a`zolari orasidan ajralib chiqadi, rahbar o’z hokimiyatiga asoslansa, 
lider esa obro’siga tayanadi. Rahbar o’z majburiyati bo’yicha tashkilot manfaatini 
birinchi o’ringa qo’yadi va shu xususiyat unga rasmiy tus berib, jamoa oldida 
liderga nisbatan uni bir muncha «zaif» holatga qo’yadi. 
Hayotda ko’pgina jamoalar uchraydiki, ularda rasmiy rahbar va lider alohida 
shaxslardan iboratdir. Bunday jamoa hayotidagi ko’p vaziyatlarda guruh a`zolari 
rahbardan ko’ra norasmiy lider tomonida bo’lishlari ehtimoli kuzatiladi. Jamoadagi 
rasmiy rahbar va norasmiy liderning o’zaro munosabati doimo qiyin masalalar 
doirasiga kiradi. Bunday vaziyatda odatda ko’pchilik rahbarlar liderni siqib 
chiqarishga, undan qutulishga intilishlari kuzatilsa, boshqa bir rahbar bu liderdan 
foydalanishga, uni guruh maqsadiga tezroq erishish yo’liga safarbar etishi mumkin. 
Rahbarning lider bilan o’zaro til topishi, hamfikr bo’la olishi albatta bo’lajak 
muvaffaqiyatlar garovidir. Buning uchun rahbardan ham topqirlik, sabr-toqat va 
o’z shaxsiy manfaatidan ustun tura olish qobiliyati ko’tiladi.
Rasmiy rahbar va guruh lideri turli shaxslardan iborat bo’lsa, ular o’rtasidagi 
kelishmovchilik ko’pgina xodimlar tomonidan ijtimoiy adolatning buzilishi 
sifatida idrok etiladi. Lider bilan munosabatni rivojlantirish esa aksincha, 
guruhdagi kuchlarni tan olish, oqillik yo’lini tanlash deb baholanadi. Rahbar sezgir 
shaxs sifatida nafaqat liderga, balki bunday xislatga ega bo’lgan har bir guruh 
a`zosiga alohida diqqat ajrata olishi lozim. Alohida olingan lider bilan mavjud 
munosabatni rivojlantirish orqali guruhning boshqa a`zolari bilan o’zaro ijobiy 
hislarni shakllantirish imkoniyati tug’iladi. SHu ma`noda tahlil etilganda, guruhda 
norasmiy liderning mavjudligi rasmiy rahbar uchun guruh a`zolari bilan iliq 
munosabatni qurishdagi qo’shimcha ko’prikdir. Lekin hayotda hamma narsa ham 
o’ylanganday silliq ketavermaydi va rasmiy rahbar bilan norasmiy lider 
manfaatining zidligi, rahbarning iltifotli qadamiga qaramay norasmiy liderning 
qaysarligi to’qnash kelishi mumkin. Bu esa jamoadagi nizo bilan ifodalanadi va 
bunday hollarni hal etish yo’l-yo’riqlari haqida jamoadagi nizolar mavzusida 
batafsil gapirib o’tiladi.
Liderga xos bo’lgan fazilatlarni shakllantirish bo’yicha psixologiya faniqa 
qator amaliy tadbirlar mavjud bo’lib, bu xil dasturlar interfaol ta`lim uslubiga 
asoslangan amaliy mashg’ulotlarda o’z aksini topadi. SHaxsning liderlik jihatlarini 
rivojlantiruvchi psixologik tadbirlarning metodologik asoslari bir muncha bahsli 
bo’lib, bu mavzuning puxta ishlab chiqilishi ushbu mashg’ulotlardan olinajak 
natija samarasini belgilaydi. YAqin paytgacha psixologiya faniqa shaxsning 
liderlik xislatlarini shakllantirish bo’yicha «Xislatlar nazariyasi» degan ta`limot 
etakchi bo’lib kelgan. Bu ta`limotga binoan liderlikni ifodalovchi bir necha 
xislatlar mavjud va ushbu xislatlar majmuasi shaxsning o’zgalarga ta`sir etish 
qobiliyatini belgilaydi. Ammo, aniqlanishicha, xislatlarning shunchaki majmuasi 
shaxsni lider darajasiga ko’tara olmaydi va bu xislatlar soni bir necha o’ntalikdan 
iborat bo’lishi mumkin. Bu xislatlarni shakllantirish, ularni shaxs tuzilmasidagi 
boshqa tarkibiy jihatlar bilan muvofiqlashtirish va insonning ichki mazmun-
mohiyatiga aylantirish o’ta murakkab masaladir. Ko’p yillik psixologik tadbirlar 


15 
bunday yo’lning kammahsul ekanligini ko’rsatdi.
SHaxsning 
liderlik 
imkoniyatini 
rivojlantirishning 
zamonaviy 
yondoshuvlaridan biri, insonda shakllangan qobiliyatga suyanishni va shu 
qobiliyatni imkon bergan vaziyatda namoyon etilishini taqozo etadi. Bunday 
yondoshuv «situativ liderlik» deb atalib, unda lider deb, tan olingan shaxsning 
umumiy maqsadga erishish yo’lida muammoli vaziyatda o’z qobiliyatini namoyon 
eta olishi tushuniladi. Bu nazariyaga binoan guruh doimo bir necha liderga ega 
bo’lishi mumkin va kezi kelganda har bir jamoa a`zosi muammoli vaziyatni hal 
etish borasida o’z qobiliyat va imkoniyatini namoyish eta oladi. Fikrimizcha, 
samarali foliyat olib boruvchi rahbar o’z jamoasida aynan shunday muhitni 
yaratishi kerakki, har bir xodim zarur vaziyatda o’z imkoniyatini ishga solish 
orqali muammoli vaziyatni hal etishda qatnashishi va boshqaruv jarayonida 
ishtirok etayotganini his qila olsin. Buning uchun jamoa, har qanday vaziyatni hal 
etishda chuqur mas`uliyat his etuvchi va o’z ishining ustalari bo’lgan professional 
xodimlarga ega bo’lishi lozim. Shu bilan birga, guruhda doimo shunday xodimlar 
topiladiki, ular paydo bo’luvchi ko’pgina muammoli vaziyatlarni hal eta oluvchi 
universal qobiliyatga ega. Shu nuqtai nazardan qaraganda, liderlik ko’p jihatdan 
shaxs tug’ma qobiliyalarining etarli darajada shakllanganligi bilan xarakterlanadi.
Yuqorida aytganimizdek, liderliknning asosiy jihatlaridan biri – guruh 
manfaati haqida g’amxo’rlikdir. Shuning uchun ham liderlik ta`rifidagi asosiy 
ma`no kasb etuvchi tomonlar bu – shaxsning ushbu vaziyatni muvaffaqiyatli hal 
eta olish qobiliyati va guruh manfaati yo’lidagi jonbozligi deb tushunilishi 
mumkin. 
Shaxsning liderlik imkoniyatini namoyon ettiruvchi yana bir asosiy tomon – 
jamoaning talab va istagiga mos kela olishidir. Turli mehnat jamoalari o’z 
mas`uliyat darajasidan kelib chiqqan holda turlicha istaklarni namoyon etadi va 
hatto, ba`zida jamiyat manfaatiga to’la mos kelmaslik hollari ham kuzatiladi. 
Bunday jamoalarda esa, tabiiyki destruktiv, ya`ni buzg’unchi xulqqa mos keluvchi 
liderlar ajralib chiqadi va ular guruhning yashirin motivlarini namoyon etuvchi 
o’ziga xos kuchga aylanadi.
Lider va rasmiy rahbarning turli shaxslardan iboratligi va ular o’rtasidagi 
ziddiyat haqida yuqorida to’xtalib o’tdik. Shunday holat ham yuz beradiki, 
tashkilot manfaatiga zid yo’l tutgan lider atrofida o’zi kabi hamtovoqlarni to’plashi 
va o’zining og’uvchi xulqi bilan nafaqat tashkilot maqsadi, balki rahbarning 
obro’siga ham putur etkazadi. Bunday liderni darhol ishdan bo’shatish lozim, 
degan an`anaviy fikr bir qaraganda to’g’ri bo’lsa-da, lekin ushbu vaziyatdan 
tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish rahbarning mohir tashkilotchiligidan dalolat 
beradi. Rahbar o’z tashkilotidagi mavjud imkoniyatlarni qo’llagan holda norasmiy 
liderni nafaqat guruhdan ajratishi, balki unga ma`qul keluvchi va uning 
qobiliyatlariga mos keluvchi vazifalarni ham topib berishi mumkin. Umuman 
olganda, rahbar uning manfaatlariga zid bo’lgan har qanday kuchni o’z tomoniga 
og’dira olishi uning obro’siga obro’ qo’shuvchi va jamoa oldida uning nufuzini 
yanada oshiruvchi eng samarali imkoniyatdir.


16 

Download 2,1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Uslubchining liderlik va boshqaruv jihatlari

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish