|
Liderlikka oid nazariyalarning paydo bo’lishiBog'liq Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi1.4. Liderlikka oid nazariyalarning paydo bo’lishi.
Liderlik hodisasi to’g’risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari haqida ham
qisqacha to’xtalib o’tish o’rinli-dir. Hozirgi kunga qadar boshqaruv psixologiyasi
faniqa liderlik to’g’risida asosan uchta nazariya mavjud.
Birinchisi
–
“liderlik sifatlari nazariyasi”
dir yoki xarizmatik nazariya. Uning
mohiyati shuki, hamma ham lider bo’la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar
yig’indisi tug’ma mavjud bo’lib, bu sifatlar majmui uning guruhda lider bo’lishini
ta`minlaydi. Masalan 1940 yilda amerikalik
K.Berd
79 sifatdan iborat bo’lgan
liderlik qirralari ro’yxatini tuzdi. Bu ro’yxatda, jumladan, tashabbuskorlik,
muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o’ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul
qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi
shunda ediki,
birinchidan
, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo’ladi-yu,
qanday shakllanishi tushuntirib bera olmadi,
ikkinchidan
, so’roqlar mobaynida
birorta sifat ham mutlaq ko’p marta qayd etilmadi. Tadqiqot nihoyasida o’sha
boshida taklif etilgan sifatlarning atigi 5% igina aksariyat respondentlar javobida
qayd etildi. Bu liderlik modelini yaratish oson emasligi to’g’risida xulosaga
kelishni taqozo etdi.
Ikkinchi
nazariya –
liderlikning vaziyatga bog’liqligi nazariyasi
dir. Bu
erdagi asosiy g’oya – lider vaziyatning mahsuli degan g’oyadir. Har bir ohamda
liderlik sifatlari bor, lekin ba`zi vaziyatlar ayrim shaxslarning o’zlarini
ko’rsatishlari, lider bo’lishlari uchun qulay muhit bo’lib xizmat qiladi.
Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo’lgan
uchinchi
nazariya –
|
| |