Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi, uning huquqi, vazifalari va




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

1.2. Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi, uning huquqi, vazifalari va 
unga qo’yilgan talablar. 
 
Ta`lim to’g’risidagi qonunning «Ta`lim tizimi boshqarish» nomli 4 bo’limi, 
25 moddasida shunlay deyiladi: Ta`lim soxasida yagona davlat tizimini amalga 
oshirish Davlat boshqaruv organlariga rahbarlik qilish ta`limni rivojlantiruvchi 
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish har bir rahbarning bosh vazifalaridan 
biridir. Maktabgacha ta`lim to’g’risidagi Nizomda ham maktabgacha ta`lim 
muassasalarini boshqarish va kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, 


10 
rahbarning huquq doirasi kafolatlari belgilab berilgan. Maktabgacha ta`lim 
muassasasi ustavida har bir bolalar muassasasi tomonidan qabul qilingan ustaviga 
binoan uslubchining ish jarayonida huquq va vazifalari aniqlab belgilab beriladi, 
ya`ni uslubchi, birinchidan, oliy yoki o’rta maxsus ma`lumotiga bo’lgan etakchi 
metodik jihatdan kuchli ma`naviy, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, 
kamida bitta xorijiy tilni biluvchi pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, uslubchi 
quyidagilarni bilishi lozim: 

maktabgacha bolalar muassasasidagi ta`lim - tarbiyaviy ishga metodik 
rahbarlikni amalga oshiradi; 

«Uchinchi ming yillikning bolasi» Dasto’rining bajarilishini ta`minlaydi va 
nazorat qiladi, ta`lim - tarbiyaviy ishning to’g’ri uyushtirilishi uchun javobgar; 

ilg’or pedagogik tajribani o’rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, 
pedagogik kengashda ko’rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi; 

maktabgacha bolalar muassasasidagi metodik kabinetning ishini tashkil 
qiladi; bolalarnnng yoshlariga muvofiq pedagogik qo’llanmalar va o’yinchoqlarni 
tanlaydi;

ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish, turli guruh 
tarbiyachilari, shuningdek, maktabgacha bolalar muassasasi va maktab ishida 
ketma ketlilikni ta`minlash bo’yicha ishni uyushtiradi. 
Uslubchi oliy pedagogik ma`lumotga (maktabgacha ta`lim bo’limi) ega 
bo’lgan yoki o’rta pedagogik (maktabgacha bo’limi) ma`lumotiga va kamida 3 yil 
pedagogik stajiga ega bo’lgan eng yaxshi tarbiyachilardan tayinlanadi. 
O’z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o’z vazifalarini 
muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday rahbarlik 
sifatlariga ega bo’lishi kerak? 
Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni 
amalda qo’llash ko’nikmasiga ham ega bo’lishi zarur. 
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: 
g’oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining 
imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi. 
Uslubchi talablarni qo’yishda talabchan va qatiy bo’lishi kerak. Rahbarning 
o’ziga buysinuvchilar bilan muloqotning emotsional - irodaviy tomonini 
ifodolovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil 
qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixoxlik, odamlarga hurmat bilan birga 
olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo’llik degan gap emas. Buyruqldar, 
qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko’ra zarari ko’proq va bu odatda 
rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ta`lim - tarbiyaviy 
faoliyatining samaradorligi uning obro’si ko’p jihatdan pedagoglar jamoaning 
jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha ta`lim muassasa rahbar yadrosida 
birlik va o’zaro tushunishning mavjudligiga bog’liq bo’ladi. 
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta`minlash; jamoada 
jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir - birlarining kamchiliklariga tanqidiy 
munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini 


11 
rag’batlantirish; qabul qilingan qarorlar echimini ta`minlash kabi ijtimoiy - 
psixologik masalalarini hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi. 
Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi maslahatlar 
olib turishi uchun unga tajribaliroq murabbiy va obro’liroq tarbiyachini biriktirish 
lozim. 
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo’lmaydi. 
Mana shuning uchun ham
 
yosh pedagog ishining ilg’or metodlari va usullarini 
egallashga, o’z bilimlarini doimo to’ldirib borishga, erishilganlar bilan 
cheklanmay, tarbiya asoslarini egallash ishtiyokini singdirishga yo’llash 
uslubchining vazifasi hisoblanadi. 
Uslubchining doimiy hujjatlari qatoriga guruhlardagi ta`lim - tarbiyaviy va 
sog’lomlashtirish ishlarini nazorat qilish daftari (jurnali) ham kiradi. Unda uslubchi 
o’zining guruhlarda bolalarning o’quv, o’yin, mehnat faoliyatlarini o’rganishga 
doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini; bolalarning dasto’rining turli bo’limlari 
bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarining tahlili; bolalarning xulq - 
atvor madaniyati, ma`naviy- irodaviy sifatlarini, jamoada yashash ko’nikmalarini 
egallaganlik darajalari va shu kabilarni aks ettiradi. Uslubchi tarbiyachilar ishidagi 
ijobiy jarayonlarni va kamchiliklarni qayd etadi, ularning qiyinchiliklari va 
muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tahlil qiladi hamda ishni yaxshilashning aniq 
yo’llarini ko’rsatadi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli - maktabgacha ta`lim muassasasi) 
tarbiyachi – uslubiyotchisi lavozimining malaka tavsiflari 
Maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli - maktabgacha ta`lim muassasasi) 
tarbiyachi – uslubiyotchisi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 
a) maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli - maktabgacha ta`lim muassasasi) 
jamoasi o’quv - tarbiyaviy faoliyatiga metodik uslubchilik qiladi, barcha yosh 
guruxlarida bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturlarining bajarilishini ta`minlaydi 
va nazorat qiladi, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy 
xamshiralarga zarur metodik yordam ko’rsatadi. 
b) maktabgacha ta`lim muassasasisida metodik kabinet ishini tashkil qiladi, 
bolalarni tarbiyalash va o’qitish bo’yicha yo’riqnoma - metodik materiallarni 
umumlashtiradi, ilg’or tarbiyani o’rganadi va umumlashtiradi, tarbiyachilar va 
tibbiy xamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qiladi tarbiyachilar 
uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o’tkazadi; 
v) bolalar tarbiyachisining dolzarb masalalarini pedagogik kengashning 
muhokamasiga qo’yadi, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda 
tarbiyachilarning faol ishtirokini ta`minlaydi, qabul qilingan qarorlarning 
bajarilishini nazorat qiladi, ota - onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqoti 
bo’yicha, maktabgacha ta`lim muassasasilar va maktablardagi turli yosh guruxlari 
bo’yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta`minlash bo’yicha ishni tashkil qiladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli - maktabgacha ta`lim muassasasi) 
tarbiyachi - uslubiyotchisi quyidagilarni bilishi kerak: 
a) ―Ta`lim to’g’risida‖gi, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida‖gi 
qonunlarini, maktabgacha ta`limga qo’yilgan davlat talablarining mazmunini
xukumatning 
tegishli 
qarorlari, 
Xalq 
ta`limi 
vazirligining 
buyruqlari, 


12 
farmoyishlari, buyruqnomalari, metodik va me`yoriy xujjatlarini, bolalarni maktab 
ta`limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasini; 
b) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni o’qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, maktabgacha ta`limga davlat 
talablarini nazorat qilish shakllari va metodlarini, bolalar hayoti va sog’lig’ini 
muhofaza qilish qoidalarini; 
v) pedagogik fan va aialiyotda ishlab chiqilgan me`yoriy - metodik xujjatlarni, 
o’quv va tarbiya jarayonida o’qitish texnikaviy vositalardan foydalanish 
amaliyotini. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisi (yasli - maktabgacha ta`lim muassasasi) 
tarbiyachi - uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talalari qo’yiladi: 
a) Oliy yoki o’rta maxsus pedagogik (maktabgacha) ma`lumot; 
b) uch yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji. 

Download 2,1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi, uning huquqi, vazifalari va

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish