7
beradi. Maktabgacha ta`lim bola 6 - 7 yoshga etguncha oilada,
hamda davlat va
nodavlat maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim -
tarbiyasiga qo’llaydigan Davlat talablariga muvofiq sog’lom va etuk maktabda
o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Maktabgacha ta`limning vazifalari:
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlash;
Bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini
rivojlantirish;
Bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;
Bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur
tarzda tuzatish;
Bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
Bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning hamma turlari bilan mustahkam
aloqada olib boriladi.
«O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida – oila jamiyatning asosiy
bo’g’inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega»
deyilgan. Shuningdek, voyaga etmaganlar - davlat himoyasidadir - deb uqtiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi oila va jamiyatning bolalarga g’amxo’rlik
qilish, milliy va mintaqa xususiyatlarini hisobga
olgan holda har tomonlama
barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo’lgan ehtiyojini qondirish
maqsadida tashkil etiladi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyada onalik va bolalikni Davlat
tomonidan muhofaza qilinadi deb, uqtiriladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta`lim - bu Davlat tomonidan tashkil etiladigan Davlat
muassasalari bo’lib, unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta`lim va
tarbiya beriladi. Ijtimoiy maktabgacha ta`limning vujudga kelishi asosan 1917-
1918 yillardan keyingi davrlarga to’g’ri keladi. Bunda xalq komissarligining
maktabgacha tarbiya bo’yicha 1917 yil 20 noyabrdagi deklaratsiyasi «Bolalar
himoyasi Kengashining tuzilishi mamlakatda Davlat
tomonidan maktabgacha
ta`lim muassasasalarini ko’plab ochilishi maktabgacha tarbiya bo’yicha xodimlarni
tayyorlash vazifalarini qo’yadi. Xotin-qizlarni mamlakatimizning xo’jalik va
siyosiy hayotiga etish ishlari maktabgacha ta`lim muassasasilari tarmoqlarini
kengaytirish va qishloqda dastlabki maktabgacha ta`lim muassasasilarini tashkil
etishda qadam qo’ydi. 1918 yilda Turkiston Xalq komissarligi qoshida
maktabgacha tarbiya bo’limi tashkil etiladi. Bu bo’limning vazifasi joylarda katta
tashkiliy ishlarni – maktabgacha ta`lim muassasasilari uchun joy qidirish va ularni
kerakli jihozlar bilan ta`minlash, tarbiyachilar tanlash va ota-onalar o’rtasida
pedagogik tashviqot qilishdan iborat edi.
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida maktabgacha ta`limning
vazifalari
quyidagicha izohlanadi:
Maktabgacha ta`lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini
ta`minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta`lim olishga
tayyorlaydi. Maktabgacha ta`lim bola 6-7 yoshga etgunicha davlat va nodavlat
8
maktabgacha ta`lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar,
jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni
amalga oshirish
lozim bo’ladi:
Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustivor ravishda tayyorlash;
Maktabgacha ta`limni samarali psixologik - pedagogik uslublarini izlash
va joriy etish;
Bolalarni
oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy
jihatdan ta`minlash;
Zamonaviy o’kuv - uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va
o’yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy - tarixiy merosi va
umumbashariy qadriyatlar asosida ma`naviy - axloqiy
jihatdan tarbiyalash uchun
shart - sharoitlar yaratish;
Maktabgacha ta`lim muassasalarining har xil turlari uchun turli
variantlardagi ta`lim dasturlarini tanlab olish, maktabgacha
tarbiyaning barcha
masalalari bo’yicha malakali maslahat xizmati ko’rsatish imkoniyatini yaratish;
Maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab-
quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.