• I.A.Karimov
  • liderlikning sintetik nazariyasi




    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/117
    Sana26.05.2024
    Hajmi2,1 Mb.
    #254378
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117
    Bog'liq
    Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

    liderlikning sintetik nazariyasi
    dir. Bu nazariya lider guruhiy 
    munosabatlarning bevosita mahsuli, deb hisoblaydi hamda uning ro’yobga 
    chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi. 
    Oxirgi yillarda ko’plab olimlar, jumladan, psixologlar M.G.Davletshin, 
    E.G’ozieva, M.Vohidov, Z.R.Qodirova, R.I.Sunnatova, M.Sh.Rasulovalarning 
    faoliyat kontseptsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning 
    ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan me`yorlar hamda ijtimoiy 
    kutilmalarga kim ko’proq darajada javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin, 
    deb hisoblashmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy kutilmalar nazariyasi hozirda 
    ko’pchilik tomonidan ma`qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda. 
    Shuni alohida ta`kidlash joizki, butun dunyoda ishlab chiqarish va uni 
    boshqarish borasida modernizatsiya siyosatining tan olinishi, barcha davlatlarning 
    o’ziga xos demokratiya tamoyillari asosida jamiyatni, xususan, mehnat jamoalarini 
    boshqarish siyosatiga o’tishi munosabati bilan boshqaruv masalalariga ham 
    munosabat o’zgardi. Jumladan, mustaqil O’zbekistonda ham erkin fuqarolik 
    jamiyati qurish tamoyillarining yangidan belgilanganligi, Prezident 
    I.A.Karimov
     
    tomonidan barcha jabhalarda, xususan, ijtimoiy sohalarda insonparvarlik 
    siyosatining keng singdirilishi munosabati bilan rahbar va lider shaxslarga nisbatan 
    ijtimoiy fikrda ham muayyan o’zgarishlar ro’y berdi. Bugun O’zbekiston 
    sharoitida bunyodkorlik sifatlariga ega bo’lgan, o’z oilasi, mahallasi, shaxsan o’zi 
    va jamiyat mafnaatini o’ylab mehnat qilayotgan fuqaro jamiyat tomonidan ijtimoiy 
    himoyada bo’lib, uning faoliyatini muvofiqlashtirish, unga etarli darajada ish 


    17 
    sharoitlarini yaratishga mas`ul bo’lgan rahbar, eng avvalo, unga g’amxo’r bir inson 
    sifatida qarashi, mehnatdan manfaatdorlik psixologiyasini uning ongiga singdira 
    bilishi shart. Xalqqa yaqin bo’lib, uning dardi bilan yashash, har bir ishning 
    istiqbolini yaqqol tasavvur qila olish – zamonaviy rahbar-liderga xos fazilatlardir. 
    Zamonaviy psixologiya fani tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, boshqaruvda, 
    ayniqsa, uning uslublarini tanlashda sintetik tanlovning bo’lishi ko’proq ahamiyat 
    kasb etadi. 
    Nazorat savollari:
    1.
    Maktabgacha ta`limning maqsad va vazifalarini yoriting. 
    2.
    Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisiga qanday talablar qo’yilgan? 
    3.
    Jamoani boshqarishda uslubchining liderlik etakchilik faoliyatini qanday 
    izohlash mumkin? 
    4.
    Ta`lim - tarbiyaviy ishlarga raxbarlik qilishda uslubchi tomonidan qanday 
    usullar qo’llaniladi? Ularni yoritib bering. 
    Testlar: 

    Download 2,1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117




    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish