27
ilg’or pedagogik tajribani o’rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik
kengashda ko’rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
maktabgacha
bolalar muassasasidagi metodik xonaning ishini tashkil qiladi; bolalarning
yoshlariga muvofiq pedagogik qo’llanmalar va o’yinchoqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish, turli yosh guruxlari
tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha bolalar
muassasasi va maktab ishida
ketma-ketlilikni ta`minlash bo’yicha ishni uyushtiradi.
O’z kasblarining xurmatini qozonish va ularga o’z vazifalarini muvaffaqiyatli
bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday uslubchilik sifatlariga ega
bo’lishi kerak? Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas,
balki
bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmasiga ham ega bo’lishi zarur.
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi:
g’oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining
imkoniyat va mahoratlarini hisobga olishga qarab, farqlanadi.
Uslubchi talablarni qo’yishda talabchan va qat`iy bo’lishi kerak. Rahbarning
o’ziga bo’ysinuvchilar bilan muloqotining emotsional - irodaviy tomonini
ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislati
- talabchanlikni hosil
qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, hayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga
qo’shib olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo’llik degan gap emas.
Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko’ra zarari ko’proq va bu
odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta`lim muassasa ta`lim - tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi,
uning obro’si ko’p jihatdan pedagoglar
jamoasining jipslashganligiga, eng avvalo
butun maktabgacha ta`lim muassasa rahbar yadrosida birlik va o’zaro
tushunishning mavjudligiga bog’liq bo’ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta`minlash; jamoada
jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir - birlarining kamchiliklariga tanqidiy
munosabatini
shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini
rag’batlantirish; qabul qilingan qarorlar echimini ta`minlash kabi ijtimoiy -
psixologik masalalarni hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi.