42
ta`minlovchi xalq ta`limi va MTM tartibda o’qitish va tarbiyalash masalalari
haqidagi ko’rsatmalar kiritilishi lozim.
Istiqbol rejalashtirish jadvali
I. Maktabgacha ta`lim muassasaning
muhim vazifalari va uni
rivojlantirishning tashkiliy - pedagogik muammolari.
II. Kadrlar bilan ishlash.
III. Ta`lim - tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, unga rahbarlik va uni
nazorat qilish muammolari.
IV. MTM ning oila, maktab, jamoatchilik bilan hamkorlikdagi ishi.
V.
Maktabgacha ta`lim muassasaning o’quv - moddiy bazasini
mustahkamlash.
Bu bo’limlarning taxminiy mazmunini yoritib o’tamiz.
I.
Maktabgacha ta`lim muassasaning muhim vazifalari va uni
rivojlantirishning tashkiliy - pedagogik muammolari:
maktabgacha yoshdagi bolalarning
MTM va oiladagi mehnat
tarbiyasining yo’lga qo’yilishini yaxshilash, ularda mehnatsevarlik va mehnat
ahllariga hurmatni tarbiyalash;
jamoaning bolalarni tarbiyalashda oilaga yordamini kuchaytirish va
bolalar tarbiyasi uchun uning ma`suliyatini oshirish bo’yicha ishi, oila va
MTM kelishilgan holdagi harakatlarini ta`minlash, pedagogik umumiy ta`lim
tizimini ishlab chiqish;
tarbiyachilarning doimiy mustaqil o’qishlari va kasb mahoratlarini
o’stirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish va ularning
siyosiy ong - bilim
doiralarini kengaytirish.
II.
Kadrlar bilan ishlash:
ilg’or tajriba maktablari, seminar, to’garak, anjumanlar ishlarida
qatnashtirish, malaka oshirish kurslarida o’qitish orqali tarbiyachilarning
dunyoqarashlarini rivojlantirish hamda kasb mahoratini takomillashtirish;
tarbiyachilarning mehnat va turmush
sharoitlarini yaxshilash, ularning
ishlarini ma`naviy va moddiy rag’batlantirishni takomillashtirish bo’yicha
tadbirlar;
ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, umumlashtirish va joriy etishga
doir ish.
III.
Ta`lim - tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish,
unga rahbarlik va
uni nazorat qilish muammolari:
maktabgacha yoshdaga bolalarni o’qitish va tarbiyalashda MTM va
maktab ishi mazmuni, shakl va metodlaridagi izchillikni ta`minlash;
maktabgacha ta`lim muassasasisining ta`lim - tarbiyaviy ishiga
maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, axloqiy, mehnat, aqliy,
estetik
tarbiyalash birligini ta`minlovchi kompleks yondashuvni amalga oshirishga
doir ish;
43
maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash shakl, metod va
vositalarini takomillashtirishga doir ish;
mashg’ulotlarda o’quv materialini tushuntirishning yuksak g’oyaviyligi:
va ilmiyligi, tushunarliligi va ko’rgazmaliligi, aniqligi,
ravshanligi va
jonliligini ta`minlashga doir ish;
maktabgacha
yoshdagi
bolalarni
axloqiy
tarbiyalash
ishini
takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy - estetik jihatdan tarbiyalashni
yaxshilash: ularda go’zallikni his qilishni, tabiat va jamiyatdagi go’zallikni
tushunish va qadrlash ko’nikmasini, estetik did va badiiy ijod mahoratlarini
tarbiyalash.
IV. Maktabgacha ta`lim
muassasasisining oila, maktab, jamoatchilik
bilan .hamkorlikdagi ishi;
pedagogik umumiy ta`limni ta`minlashga doir
(ota - onalar maktablari,
universitetlar, anjumanlar, to’garaklar va shu kabilar);
maktablar,
jamoatchilik
tashkilotlarining
maktabgacha
ta`lim
muassasalar ustidan otalig’i;
V. Maktabgacha ta`lim muassasaning o’quv - moddiy bazasini
mustahkamlash: jihozlar o’yin, o’quv, sport, xo’jalik) ni olish va ta`mirlash
qilish; o’yin, mehnat, o’quv faoliyati uchun qo’llanma,
atributlarni
tayyorlash;
metodika kabinetini ijtimoiy - siyosiy, metodik, badiiy adabiyoti bilan
to’ldirish;
maktabgacha
ta`lim
muassasasi
binosini
va
territoriyasini
obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish.