Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy asoslari




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 
4.1.Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy asoslari. 
 
 
Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`limiy - tarbiyaviy ishni rejalashtirish 
pedagoglar: tarbiyachi, uslubchi, mudira faoliyatining muxim turlaridan biridir. 
Rejalashtirish ta`lim - tarbiyaviy ishining zarur sharoit, foydalaniladigan vosita, ish 
usul va metodlarini ko’rsatib, ta`lim - tarbiyaviy ish dasto’rini amalga oshirish 
tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir. 
Maktabgacha pedagogika fani maktabgacha ta`lim muassasasisi ishini 
rejalashtirish mumkinligi va zarurligini ta`kidlab, bunda u inson shaxsini 
shakllanishida ijtimoiy omillar - muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi 
haqidagi asosiy qoi-dalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya 
jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullari, ma`naviy va 
estetik baxolarda va shu kabilar shaklida berilgan ijtimoiy - tarixiy tajribani bola 
tomonidan egallanilishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi 
belgilaydi, demak u dastur tabiatini kasb etadi va rejalashtirishi xam mumkin. 
Tarbiyada etakchi o’rin katta yoshli - o’qituvchiga, tarbiyachiga tegishlidir. 
U bolalarning xilma - xil faoliyatlarini tashkil etadi va yo’lga soladi, o’qitish 
jarayonini amalga oshiradi. Faoliyatni rejalashtirishda pedagog bolalar rivoji va 
tarbiyasining umumiy qonuniyatlari hamda tarbiyalanuvchnlarning o’ziga xos 
xususiyatlarini bilishga tayanadi. Bolani tarbiyalash va rivojlantirish qonunlari 


40 
ob`ektivdir, ular bolalar bilan olib boriladigan ta`lim - tarbiyaviy ish mazmunini 
xam izchilligini xam aniqlashda asos xizmatini o’taydi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisi ta`lim - tarbiyaviy ishini rejalashtirish 
mamlakat va maktabgacha pedagogikaning muhim yutug’idir. XIX asr o’rtalarida 
rus pedagogikasining mashhur namoyandasi E. N. Vodovozova bolalar bilan tabiat 
xodisalari va qishloq mehnatkashlari mehnatini kuzatishlar mazmuniga ko’ra 
izchil, murakkablashib va kengayib boradigan tizimini ishlab chiqdi. Bu 
kuzatishlar turli yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan bo’lib, ularning izchilligi 
tabiat, mexnat va kishilar turmushidagi mavsumiy o’zgarishlar bilan bog’langan. 
Bolalar bilan ishlashni rejalashtirish mazmun va shakllarini izlash, uning 
asoslarini aniqlash mamlakatimizda ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning butun 
shakllanish davrida davom etdi. E. I. Tixeeva metodi asosida ishlovchi 
maktabgacha ta`lim muassasasisida pedagoglar jamoasi reja dastur ishlab chiqadi. 
Unda bolalar bilan ishning asosiy yo’nalishlari, ularning birikmalari beriladi, har 
bir yo’nalish ichidagi izchillik belgilanadi. 
Maktabgacha pedagogikada pedagogik jarayon asosiy tushuncha sifatida A. 
P. Usova hamda N. B. Mchedlidze asarlarida ko’rib chiqilgan. A. P. Usova 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitish muammolarini ishlab chiqar 
ekan, maktabgacha ta`lim muassasasisidagi pedagogik jarayonning asosiy tarkibiy 
qismlarini tilga oladi. Ular o’yin, mexnat va o’quv faoliyatidir
1

Maktabgacha ta`lim muassasasisidagi pedagogik jarayonda o’yinning o’rnini 
ta`riflar ekan, N. B. Mchedlidze pedagogik jarayon yaxlit, dialektik va 
rivojlanuvchi xodisadir deydi. Uning rivojlanishi jarayonida asosiy tashkil qiluvchi 
qismlari: tarbiya va o’qitish, bolalarning uyushtirilgan va mustaqil faoliyatlari, 
ayrim faoliyat turlari (o’yin, o’quv, mehnat) o’rtasidagi nisbat o’zgaradi
2

Pedagogik jarayonda tadqiqotchilar maqsad va mazmunni, vosita va 
metodlarni, pedagog va bolalarning o’zaro aloqasini. natijani ajratib ko’rsatadilar 
(YU. K. Babanskiy, V. I. Loginova, F.R.Qodirova). 
Pedagogik jarayonning xususiyati uning mazmuni, tuzilishi va shakllari rivojida 
namoyon bo’luvchi o’zgaruvchanlikdir. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy asoslari

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish