Guruxning xaftalik kalendar ish rejasi va unga qo’yiladiga talablar




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 
4.3. Guruxning xaftalik kalendar ish rejasi va unga qo’yiladiga talablar
 
 
 
Turli yoshdagi bolalar guruxidagi ish rejasi umumiy talab va chizma 
bo’yicha tashkil qilinadi. Ammo uning turli yoshdagi bolalarni birgalikda 
tarbiyalash xususiyatlaridan kelib chiquvchi ayrim o’ziga xosliklari bor. Bolalar 
faoliyatining har xil turlarini tashkil etish alohida e`tiborni talab qiladi, chunki 
bolalarning yosh imkoniyatlari aynan faoliyatda yorqin namoyon bo’ladi: turli 
yoshdagi bolalar turli bilim hajmiga, zarur ko’nikma, malakalarga egadirlar, 
ularning mustaqillik va uyushganlik, ishlash qobiliyatlari, chidamliliklari va shu 
kabilar turlichadir. 
Bolalarning bu xususiyatlari kundalik hayotini qaror toptirishda hisobga 
olinadi. Ular bolalar faoliyatining mazmuni, tashkil etish shakllari, bolalar bilan 
bo’ladigan barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllarini belgilaydi. Turli yosh 
guruhlarda ta`lim - tarbiyaviy ishning xilma - xil shakllari: yalpisiga kichik 
guruxlar bilan (yoshlarga oid) va yakka tartibdagi shakllardan foydalaniladi. 
Ish yalpisiga tashkil etilganda faoliyatning barcha uchun yagona bo’lgan tur 
aniqlanadi, ammo uning aniq mazmuni, bolalarga tushadigan yuklama, raxbarlik 
usullari yosh guruxlariga tatbiqan tabaqalanadi. Bunda turli yoshdagi bolalarning 
o’zaro munosabatlariga katta e`tibor beriladi. 


44 
Ish kichik guruhlar bilan tashkil etilganda guruxlar turli yoshdagi yoki bir xil 
yoshdagi bolalardan tuzilishi mumkin. Birinchi holatda bolalar faoliyatiga ishni 
yalpisiga tashkil etishga qo’yiladigan talablar bilan bir xil talablar qo’yiladi. 
Ikkinchi holatda bolalarning faoliyatlari yagona mazmunda tashkil etiladi va unga 
rahbarlik umumiy talablardan kelib chiqadi. 
Yakka tartibdagi ish yoshidan qat`iy nazar tashkil etiladi. Uning mazmuni. 
metodi va usullari bolalarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning bilim, malaka va 
ko’nikmalarni egallash darajalaridan kelib chiqib aniqlanadi. 
Bolalar faoliyatini tashkil etishning xilma - xil shakllaridan foydalanish 
tarbiyaviy ishda bolalarning yosh imkoniyatlari va xususiyatlarini to’liqroq 
xisobga olishni, ularni tarbiyalash va rivojlantirishni qulaylashtirishni ta`minlaydi. 
Turli yosh guruxlaridagi ishning kalendar rejasi bolalar bilan vaqtning asosiy 
bo’laklarida olib boriladigan ta`lim - tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlarini 
qamrab oladi.
Ertalab. Ertalabki gimnastika rejalashtiriladi (10 - 12 kunga bir marta). 
Muayyan sharoitlarga ko’ra u har bir yosh guruhiga yoki barcha bolalar bilan bir 
xil bo’lishi nazarda to’tiladi. Birinchi holatda har bir kichik yosh guruhi uchun 
alohida mashqlar majmui tuziladi. Ikkinchi holatda mashqlar majmui umumiy 
bo’lishi mumkin, ammo ayrim mashqlarni har bir yosh guruhida takrorlash 
miqdori aytib o’tiladi. Kichkintoylar uchun mashqlar ro’yxati ham qisqartirilishi 
mumkin. Bundan tashqari, katta bolalar uchun mashqlarni murakkablashtirish va 
yuklamani oshirish maqsadlarida gimnastika tayoqchalari, obruch, jismoniy tarbiya 
jihozlaridan foydalanish nazarda to’tiladi. 
Ertalabki vaqt bo’lagida bolalar bilan yakka tartibda bo’ladigan, shuningdek, 
bir yoshdagi kichik guruhdagi bolalar bilan ishlash (dasto’rning turli bo’limlari 
bo’yicha: nutqni o’stirish, matematik tasavvurlarni shakllantirish va boshqalar) 
rejalashtiriladi. Ertalab tabiat burchagida yashovchilarni yakka tartibda va kichik 
guruxlar bo’lib kuzatish o’tkaziladi. Navbatchilar ishiga (katta bolalar) rahbarligi 
rejalashtiriladi. Ayni shu bilan birga katta bolalarga yordam berish yoki ularning 
mehnatini kuzatishga kichkintoylardan qaysi birini jalb qilish ko’rsatiladi. Xo’jalik 
- turmush ishlari ham xuddi shunday tashkil etiladi. 
Ertalab bolalarga didaktik o’yinlarni taklif etish mumkin. Tarbiyachi rejada 
bolalarni u yoki bu o’yinlarga jalb qilish usullarini, o’yinlarni boyitish usullarini 
ko’rsatadi (kichkintoylar uchun didaktik o’yinchoqlar bilan o’ynashning yangi 
usullarini ko’rsatish, katta yoshdagi bolalarni stol - bosma o’yinning yangi turi 
bilan tanishtirish va shu kabilar) . 
Mashg’ulotlarni rejalashtirish: Rejada mashg’ulotni o’tkazish shakli 
ko’rsatiladi. Yalpisiga shaklidan dasto’rning ayni bir bo’limidagi mashg’ulotlarni 
rejalashtirishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda dastur mazmuni yosh 
guruhlari asosida tabaqalashtiriladi. Agarda mashg’ulot boshi yoki yakunida kichik 
bolalar ishtirok etmasalar, bu rejada ko’rsatib o’tiladi (masalan, rasm tahliliga faqat 
katta bolalar jalb qilinadi). U yoki bu kichik guruhlarga nisbatan qo’llaniladigan 
asosiy metod va usullar ko’rsatib o’tiladi. Masalan, jonivorlarni kuzatishda 
tadqiqotchilik xarakatlariga ko’proq kichik bolalar jalb qilinadi, kattaroq bolalar 
uni ko’rib ancha tushunadigan bo’lib qolgan bo’ladi. Kichkintoylarga idrokni 


45 
aniqlashtirishga kattalariga qiyoslash va umumlashtirishga yo’llangan savollar 
beriladi. Rejada mashg’ulotlarning turlicha davomiyligi nazarda to’tiladi; Katta 
yoshdagi bolalar uchun zaruriyat bo’lsa, beriladigan ish oldindan nazarda to’tiladi 
(masalan, suxbat oldidan kuzatish yoki tasviriy faoliyat oldidan). 
Alohida kichik guruhlarga o’tkaziladigan mashg’ulotlar odatdagidek 
rejalashtiriladi. Shningdek, topshiriqlar izchilligi va mashg’ulotlarni yakunlash 
ko’rsatib o’tilishi kerak. 
Sayr jarayonini rejalashtirish: Bu jarayonda sayrlarda tabiat va ijtimoiy 
hayot hodisalari kuzatiladi. Rejada ularning mazmuni va asosiy usullari qisqacha 
bayon kilinadi. Ko’pincha ular mazmuni tabaqalashtirilgan yalpi kuzatishlar 
tarzida rejalashtiriladi. Ayrim kichik yosh guruhlari bilan kuzatishlar qo’shimcha 
rejalashtirilishi mumkin. Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalar mehnatini 
tashkil etishda sayr jarayonidan unumli foydalanish lozim. Chunki bunda bolalar 
maydonchalari va gulzorlarda jamoa mehnatni (tozalash, gul va ko’chatlar ekish, 
parvarishlar kabilar) tashkil etadi. 
Tarbiyachi harakatli o’yinlarni mavsumga, ob - havoga qarab, oldingi 
mashg’ulotlardan kelib chiqib tanlaydi va ish rejasiga kiritadi. Sayrlarning 
davomiyligi harakatli o’yinlarni turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan alohida 
o’tkazish imkonini beradi, bu ularning harakatlarini rivojlantirishda muhimdir. 
Ammo ba`zan birgalikdagi harakatli o’yinlarni ham rejalashtirish kerak: ular 
bolalarni birlashtirishga, do’stlik his - tuyg’ularini tarbiyalashga yordam beradi. 
Ayniqsa xalq milliy o’yinlaridan keng foydalaniladi. 
Rejada bolalarning mustaqil o’yinlari, ayniqsa tabiiy materiallar bilan 
o’ynaladigan o’yinlariga rahbarlik nazarda to’tiladi. Sayrlar vaqtida dasto’rning 
barcha bo’limlariga doir bolalar bilan yakka tartibda ishlash albatta rejalashtiriladi. 
Harakatlarni rivojlantirishga doir yakka tartibdagi ishga alohida e`tibor beriladi. 
Uni har kuni (turli bolalar bilan o’tkazish) nazarda to’tiladi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Guruxning xaftalik kalendar ish rejasi va unga qo’yiladiga talablar

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish