Mashg’ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida o’qitishning asosiy va




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

7.1. Mashg’ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida o’qitishning asosiy va 
etakchi shakli sifatida. 
 
O’qitish shakli deganda, ta`lim beruvchining (pedagog, tarbiyachi) va 
o’quvchilarning belgilangan tartibda hamda muayyan tartibda kechadigan maxsus 
uyushtirilgan faoliyati tushuniladi. O’qitish shakllari o’quvchilarning miqdoriy 
tarkibiga ko’ra, o’quvchilar va o’qituvchilar o’rtasidagi o’zaro harakatning 
tabiatiga ko’ra (faollik va mustaqillik darajasi), faoliyat usullariga ko’ra (qaysi 
metod va usullar bilan) o’tkazilish joyi, shuningdek, yaxlit o’quv jarayonida tutgan 
mavqeiga ko’ra farqlanadi. Bu mavqe ta`lim jarayonining u yoki bu shaklida 
tashkil etishda hal etiladigan ta`lim - tarbiyaviy vazifalarning tabiatiga ko’ra 
belgilanadi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`limni tashkil etishning yalpi guruhli va 
alohida shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari bolalar bilan olib boriladigan 
ta`limiy ish ular hayoti va kundalik muloqotidagi rang - barang o’qishdan tashqari 
faoliyatini uyushtirish o’yinlarga rahbarlik qilish jarayoni bilan aloqadorlikda 
amalga oshiriladi. 
O’qitishning tashkiliy shakli bo’lmish mashg’ulotlar uchun quyidagi
qator xususiyatlar xos: 
1. Bolalar mashg’ulotda «Uchinchi mingyillikning bolasi dasturi» da 
ko’zda tutilgan ta`limning u yokn bu bo’limiga oid ko’nikmalarni o’zlashtiradilar. 
2. Mashg’ulotlar muayyan yosh guruhi bolalarning doimiy tarkibi bilan 
o’tkaziladi. 
3. Mashg’ulotlar pedagoglar tomonidan tashkil etiladi va o’tkaziladi. Ular 
mashg’ulotlarning mazmuni va vazifasini belgilaydilar, metodlar va usullarni 


66 
tanlaydilar, bolalarning bilish faoliyatini bilim, ko’nikma va malakalarni 
o’zlashtirishga yo’naltiradilar hamda tashkil etadilar (A. P. Usova). 
Mashg’ulotlarda 
dastur 
mazmunining 
barcha 
bolalar 
tomonidan 
o’zlashtirilishi amalga oshiriladi, shuning uchun ham ular o’qitishning asosiy 
shakli hisoblanadi, Boshqa o’qitish shakllaridan bolalarning mashg’ulotlar 
mazmunini o’zlashtirishga oid tajriba va tayyorgarliklarini boyitish yoki bilimlarni 
o’zlashtirish jarayonini alohida - alohida o’zgartirish vositasi sifatida foydalaniladi. 
Sabab o’tilgan xususiyatlar mashg’ulotlarni o’qitish shakli sifatida maktabdagi 
o’qitish shakli - darsga yaqinlashtiradi, bu bilan o’qitishdagi ketma - ketlik 
ta`minlanadi. Dars va mashg’ulot o’rtasidagi asosiy farqlar yuklamaning 
intensivlik darajasida o’qitish ishini olib borishda qo’llaniladigan tuzilish va 
metodlardadir. 
Mashg’ulotlar - maktabgacha ta`lim muassasasisida olib boriladigan ta`lim - 
tarbiyaviy ish tizimida alohida o’rin tutadi. Ular vaqt jihatdan chegaralangan 
bo’ladi. Sayrlarning mazmuni va tuzilishi (kuzatish, o’yin va mehnatni tanlash va 
navbatlashtirib turish, yalpi yoki guruhli faoliyatni mustaqil va alohida faoliyat 
bilan qo’shib olib borish) mashg’ulotdagi aqliy va jismoniy yuklamalarning tabiati 
bilan muvofiqlashtiriladi. Mashg’ulotlar mazmuni bolalarning’ ertalabki vaqtining 
bir qismi hajmida tashkil etish ko’zda to’tiladi. Mashg’ulotlar miqdori va ularning 
davomiyligi guruhdan-guruhga o’tgan sayin tobora ortib boradi. Mashg’ulotlarni 
qo’shib olib borishda bolalarning bu mashg’ulotlarning har biridagi faoliyatning 
murakkablik darajasi va tabiati hisobga olinadi. 
Mashg’ulotlarning mazmuni va tuzilishk. Mashg’ulotlar o’qitishning quyidagi 
bo’limlari bo’yicha olib boriladi: atrof - muhit bilan tanishtirish va bolalar nutqini 
o’stirish, elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish, tasviriy faoliyat va 
qurish - yasash, jysmoniy tarbiya musiqaviy tarbiya. 
Mashg’ulotning aniq mazmuni «Uchinchi mingyillikning bolasi dasturi» dagi 
muayyan bo’limlar talablari asosida bolalarning o’quv bilish faoliyatining 
shakllanganlik va dasto’rning oldingi mavzularini o’zlashtirganlik darajasini, 
shuningdek, 
turli 
yosh 
guruxlariga 
mansub 
bolalarni 
tarbiyalash 
va 
rivojlantirishning umumiy vazifalarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 
Mashg’ulot dasturi quyidagilarni ko’zda tutadi;
1) ob`ekt-larshing xususiyatlari va sifatlari (tasavvurlar va elementar 
tushunchalar), ularning tub o’zgarishlari, aloqalari, ha-rakat usullari va hokazolar 
haqidagi bilimlarning muayyan. hajmini, ularni dastlab o’zlashtirish, kengaytirish, 
mustahkamlash, umumlashtirish va tizimlash;
2) faoliyatning mahsuldor turlarida qo’llaniladigan amaliy ko’nikma va 
malakalar hajmini (ularning shakllanish darajasini ko’rsatgan holda); 
3) o’quv-bilish faoliyatining ko’nikma va malakalari hajmini, ularning dastlab 
shakllanishi yoki takomillashuvini, qo’llashga oid mashqlarini (vazifani qabul qila 
olish, rejalashtirish, faoliyat natijalarini nutqda qo’llay olish va boshqa umumiy 
hamda maxsus o’quv ko’nikmalari);
4) psixik va bilish jarayoni sifatlarini rivojlantirish vaznfalarini (diqqatning 
jamlanganligi va erkinligini, idrokning tabaqalashtirilgan-ligini, solishtirish va 
tavsiflash malakalarini o’stirishni va hokazolar);


67 
5) muayyan mashg’ulotda beriladigan (o’zlashtiriladigan) bilimlarga, voqea 
va hodisalarga bolalar munosabatini shakllantirish, o’z faoliyatiga munosabatni 
tarbiyalash, tengqurlari o’rtasida o’zaro munosabatlarni o’rnatish, shuningdek, 
o’qitish mashg’ulotlari sharoitida yurish - turish qoidalari va me`yorlarini 
o’zlashtirishni. 
Shunday qilib, mashg’ulotlar mazmuni ham ta`limiy, ham tarbiyaviy 
vazifalarni ular birligida va o’zaro harakatida hal etishga yo’naltirilgandir. 
Har bir mashg’ulotdagi o’quv mazmunining hajmi uncha katta bo’lmaydi. U 
turli yosh guruhlaridagi bolalarning xotira va diqqati hajmini, ularning aqliy ish 
qobiliyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Masalan, kuzatish chog’ida yangi 
ob`ektlar bilan tanishtirishda kichik tarbiya yoshi guruhidagi bolalar 2 - 3 yorqin 
belgini eslab qolish (o’zlashtirish), o’rta tarbiya yoshi guruhiga mansub bolalar 3 - 
4 tagacha, katta tarbiya yoshi guruhidagilar esa 5 - 6 tagacha belgini (rang, shakl, 
tuzilish, proportsiya, ko’lam, nimaga ishlatilishi) eslab qolishga qodirdirlar.
O’qitishning tashkiliy shakllaridan bo’lmish mashg’ulot uchun ko’proq ushbu 
jarayonning tugallanganligi xosdir: ya`ni, ta`limning asosiy bo’g’inlarining va 
bilimlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning bosqichlarining mavjudligi. 
Yangi materialni o’zlashtirish unga bevosita birikadigan eski materialni qayta esga 
tushirish asosida kechadi. Yangi material «kichik» miqdorlarda beriladi. Bir 
mashg’ulot davomida yangi materialni dastlabki idrok etish ham, uni tushunib 
olish va mustahkamlash ham amalga oshiriladi, bu mashg’ulot tuzilishida ham aks 
etadi. Takroriy mashg’ulotlarda bilimlar, ko’nikma va malakalarni yanada 
kengaytirish, tushunib olish va o’zlashtirish yuz beradi. Bilimlarni rang - barang 
faoliyatda va turli sharoitlarda xuddi shunday ko’p martalab idrok etishgina tarkib 
toptiriladigan tasavvurlarning to’laqonli bo’lishini ta`minlaydi. 
SHu bilan birga maktabgacha katta yoshdagi bolalar guruhlarida asosiy 
mazmuni ko’nikma va malakalarni ishlab chiqishdan yoki bilimlarni tizimlashdan 
iborat bo’lgan mashg’ulotlarni tashkil etish mumkin. SHunga muvofnq bolalarning 
o’quv 
faoliyati 
uyushtiriladi, 
metodlar 
belgilanadi 
(birinchi 
holda 
mashqlar,ikkinchi holda suhbatlar). Bunday mashg’ulotlarning tuzilishi odatdagi 
namunaviy mashg’ulotlardagidan farq qiladi: unda o’quv jarayoniga tegishli vazifa 
asosiy o’rin tutadi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasilaridagi mashg’ulotlarning tuzilishida bi-
limlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni tekshirish o’tkazilmaydi. Bu ish 
bolalarning mashg’ulotlardagi faoliyatini kuzatish jarayonida, bolalar faoliyati 
natijalarini tahlil qilishda, shuningdek, kundalik hayotda va bolalar yutuqlarini turli 
ilmiy metodikalar yordamida o’rganish chog’ida amalga oshiriladi. 
Mashg’ulotlarni tashkil etish va bolalar faoliyatiga rahbarlik qilish. 
Mashg’ulotlar barcha bolalar bilan yalpisiga olib boriladi. Bu uni tashkil etilishi va 
bolalar faoliya-tiga rahbarlik qilinishiga alohida e`tiborni talab qiladi. Avvalo, 
bolalarning umumin yuqori ish qobiliyatini ta`minlaydigan g’igienik sharoitlar 
yaratilishi lozim. Mashg’ulotlar toza, yaxshi shamollatilgan, bolalar bo’yiga mos 
mebellar bi-lan jihozlangan xonada o’tkazilishi lozim. 
Har bir aniq mashg’ulot uchun uyushtiriladigan vaziyat amalga oshiriladigan 
o’quv faoliyatining tabiatiga mos bo’lishi kerak. Bolalar xonada ularning faoliyat 


68 
ko’rsatishlari uchun imkoniyat juda yaxshi bo’ladigan tartibda loyixalashtirilishi 
zarur: bolalar stolda tarbiyachiga ro’para bo’lib yoki yarim doira yasab o’tirishlari, 
birlashtirilgan stollar atrofida o’tirib yoki tura olishlari kerak. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o’qitishda ko’rgazmali va amaliy 
metodlardan foydalanish buyumli, tasviriy, chizmali kabi xilma - xil ko’rgazmali 
materiallarni qo’llanish bilan bog’liqdir. Ulardan biri bolalarning birgalikdagi 
faoliyatida foydalaniladi, boshqalari tarqatma material sifatida ishlatiladi. 
Mashg’ulotni tashkil etishda materialning oqilona joylashishi ko’zda to’tiladi, 
undan foydalanish izchilligi, tavsiya etish usuli u bilan ishlash tabiati belgilab 
olinidi. 
Mashg’ulotning ichki mantig’i va tuzilishi uning asosiy qismlari, ya`ni, 
mashg’ulotning boshlanishi, davom etishi, yakunida aks etgan. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mashg’ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida o’qitishning asosiy va

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish