M a sh g’ u l o t n i n g b o r i sh i




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

M a sh g’ u l o t n i n g b o r i sh i.
Bolalar faoliyatiga rahbarlik qilish turli 
xil metodlar yordamida amalga oshiriladi. Ularni tanlashda mashg’ulotning 
maqsadi, ushbu bo’limga oid ish tizimidagi o’rni, bolalar yoshi hisobga olinadi. 
Maktabgacha 
tarbiya 
yoshidagi 
bolalar 
bilan 
olib 
boriladigan 
mashg’ulotlardagi o’qitishning asosiy bo’g’inlarining oilaviy zichligi bir 
mashg’ulotda rang-barang metodlarning qo’llanishi bilan izohlanadi: chunonchi:


69 
1) materialni dastlabki idrok etishga va o’zlashtirilganlar bilan aloqa 
o’rnatishga qaratilgan metodlar;
2) bilimlarni kengaytiradigan metodlar;
3) bo’limlar, ko’nikma va malakalarni umumlashtirishga, mustahkamlashga
va qo’llanishga qaratilgan metodlar.
Mashg’ulot davomida metod va usullarining almashinib kelishi mashg’ulot 
chog’ida ilgari suriladigan aniq o’quv vazifalarning izchilligiga bog’liq. 
Mashg’ulot chog’ida shakllanadigan bilimning u yoki bu mazmuni alohida 
qismlarga bo’linadi.. Chunonchi, tayyorlov guruhlarida qishlovchi qushlarpi 
kuzatish chog’ida shakllanadigan bilimlarni quyidagicha bo’lish mumkin:
a) qushlarning katta-kichikligi, tuzilishi, qanotlari,. uchib-qo’nish tarzi va 
uning xususiyatlari haqidagi tasavvurlar;
b) ovqati va ovqatlanish tarzi;
v) tabiatda yilning turli fasllaridagi hayot tarzi;
g) tabiat burchagidagi hayoti. 
Bunday izchillik xususan (bilish harakatining yakka tasavvurdan umumiyga, 
umumlashmaga tomon borishi) yoki umumiy (bolalarning mashg’ulot boshida 
olgan umumiy tasavvurlarini yoki elementar tushunchalarini aniqlashtirish) 
tabiatiga ega bo’lishi mumkin. 
O’quv vazifalari ularni bilimlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish o’rniga 
qarab guruhlanishi mumkin va shunga muvofiq vosita va metodlar tanlanadi. 
Shunday qilib, mashg’ulot davomida bolalar faoliyatiga rahbarlik qilish o’quv 
vazifalarini bolalar oldiga izchil qo’yishdan (bunda xilma - xil usul —topshiriq, 
savol, takliflardan foydalanib) va bolalarning ularni hal etishga qaratilgan
faoliyatini tashkil qilishdan iboratdir. 
Mashg’ulotlarni tashkil etishda barcha bolalarping o’quv vazifalarini hal 
etishdagi faol ishtiroki, shuningdek, tarbiyachining bevosita ishtirokida kechadigan 
faoliyatning bolalarning mustaqil faoliyati bilan qo’shib olib borilish» juda 
muhimdir. 
Bolalarning aqliy faolligini avvalo, ular bajaradigan vazifalarning 
murakkabligi, ularni qo’yishning izchilligi, elementar muammoli tabiatidagi 
vazifalardan foydalanish, bolalarda umumlashgan o’quv - bilish malakalar 
(kuzatish, taqqoslash, tavsiflash, umumlashtirish, isbotlash)ining shakllanishi 
tufayli yuzaga keladi. Aqliy faollik bolalarning shaxsiy tajribasini jalb etish bilan 
ham bog’liqdir. Tekshiruv va izlanish harakatlaridan va savollardan, taqqoslashga 
oid turli topshiriqlardan foydalanish aqliy faoliyatni faollashtiradi. 
Bolalarning mustaqil faoliyati bilimlarni mustahkamlash, ko’nikma va 
malakalarni hosil qilishga bag’ishlangan mashg’ulotlarda tashkil etiladi. Buning 
uchun eng yaxshi sharoit vazifalarni tarqatma materiallar asosida bajarish,. 
shuningdek, turli tabiatidagi mashqlarni bajarish chog’ida yaratiladi. Masalan, 
namoyish etilgan materialni idrok qilish chog’ida shakllantirilgan miqdor tarkibi 
haqidagi bilimlar tarqatma materiallar bilan ishlash paytida mustah-kamlanadi. 
Buning uchun ijodiy tabiatidagi turli topshiriqlardan (masalan, rasm asosida hikoya 
tuzish) ham foydalanish mumkin va hokazo. 


70 
Javobni to’ldirishni, uni aniqlashtirishni, baholashni talab qiladigan 
topshiriqlar aqliy faoliyatni faollashtirishga katta ta`sir ko’rsatadi. 
Katta yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulot so’ngida bilish 
faoliyatining 
umumiy 
yakuni 
chiqariladi. 
Bunda 
tarbiyachi 
yakuniy 
muhokamaning bolalarning o’z kuchlari bilan o’tishiga harakat qiladi, ularni 
mashg’ulotlarni 
ko’tarinki 
ruhda 
baholashga 
undaydi. 
Mashg’ulotni 
yakunlanyotganda bolalar olgan bilimarni keyingi bilimlar bilan bog’lash - shu 
asnoda bilishning yaqin istiqbollarini yoritish muhimdir. 
Mashg’ulotning so’nggi qismida butun guruhning va ayrim bolalarning 
o’quv faoliyatiga, o’quv ko’nikmalariga bahr beriladi. Bolalar o’zgalar va o’z-
o’zlarini baholashga jalb etiladilar. 
Kichik guruhlardagi mashg’ulotning so’nggi qismi mashg’ulotning mazmuni, 
bolalarning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ijobiy his - hayajonlarni kuchaytirishga 
qaratilgandir. Ayrim bolalar faoliyatini baholashni bir qadar tabaqalashtirish faqat 
o’rta guruhlardagina asta - sekin joriy etiladi. Tarbiyachi so’nggi xulosa 
chiqarishga va baho berishga bolalarni ham vaqti - vaqti bilan jalb qiladi. 
Katta va tayyorlov guruhlarining kun tartibida mashg’ulotlar vaqti
uzaytiriladi. 5 - 7 yoshli bolalarda bilish, ularning o’rni qiziqish ehtiyojlari 
kengayib, ular o’quv faoliyatining etakchi sabab (asos) laridan biriga aylanib 
boradi. Ularda boshlang’ich bilim, ko’nikma va malakalarni egallash 
imkoniyatlari, birgalikdagi mashg’ulotlarga intilish kuchayib boradi. Ular katta 
yoshlilar hikoyalarini bajonidil tinglaydilar, ko’pgina savollar beradilar, 
qiziquvchanlikni namoyon qiladilar. Ayrim bolalarda mashg’ulotlarning ayrnm 
turlari: rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish - yasashga alohida 
qiziqish paydo bo’ladi. Bu ishdagi bolalar tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot haqidagi 
ma`lum bilimlar doirasini egallagan, o’quv faoliyatiga oid eng oddiy ko’nikma 
hamda malakalarni o’zlashtirgan bo’ladilar. Bo’larning hammasi kun davomida 
bolalar o’quv faoliyatining davomiyligini ko’paytirish im-konini beradi. 
Katta guruh tarbiyachilari oldida quyidagn vazifalar turadi: 
1) 
mashg’ulotni kun tartnbiga ko’ra boshlash va yakunlash, ularga 
ajratilgan vaqtdan samarali foydalanish; 
2) 
«Uchinchi mingyillikning bolasi dasturi»ga amal qilib, barcha 
bo’limlarga doir mashg’ulotlarni ularning mazmun, usul va metodlarini 
rejalashtirib, hamma zarur jihoz va qo’llanmalar bilan ta`minlab o’tkazish. 
Kuz-qish davrida katta guruhda har kuni ertalab uchta mashg’ulot (to’rt kun) 
va ikkita mashg’ulot (bir kun) o’tkaziladi. Mashg’ulotlarning davomiyligi 10 
daqiqa tanaffus bilan 30 daqiqadir. Tayyorlov guruhida har kuni ertalab 10 daqiqa 
tanaffusi bilan 35 daqiqalik uchta mashg’ulot o’tkazi-ladi. 
Nonushtadan so’pg mashg’ulotlarga tayyorlanishga qisqa vaqt ajratiladi. 
Tarbiyachi navbatchilar ko’magida stol va stullarni qo’yib chiqadi, so’ngra 
navbatchilar har bir stolga zarur materiallarni qo’yib chiqadilar. Tarbiyachi 
iavbatchilar ishini kuzatib, ularning tirishqoqliklarini qayd etadi. Hamma narsa 
joyida ekanlignga ishonch hosil qilgan tarbiyachi «Navbatchilar mashg’ulot uchun 
hamma narsani hozirlab bo’ldilar, endi mashg’ulotni boshlaymiz» deydi. 


71 
Ish ana shunday uyushtirilganda mashg’ulotga o’tish osoyishta va uyushgan 
holda bo’ladi. 
Mo’ljallangan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalash uchun tarbiyachi 
mashg’ulot maqsadini aniqlashi va bolalar topshiriqni uddalab olishlariga ishonch 
hosil qilish kerak. Ishni bajarish jarayonida u bolalarnint faol va muvaffaqiyatli 
faoliyatlari uchun sharoit yaratadi, zarur sur`atni qo’llab-quvvatlaydi, qiyinchilikni 
bartaraf etish va natijaga erishishda yordam beradi. 
Mashg’ulotda tarbiyachining etakchilik roli rejalashtirish, mazmun va 
metodlarni to’g’ri tanlash, qo’llanma va mashg’ulotlarni puxta tayyorlash orqali 
ta`minlanadi. Mashg’ulotlarda bolalarni uyushtirishping xilma - xil shakllaridan 
foydalaniladi. Bir holatlarda maktabgacha tarbiya yoshidagilar bir turli yakka - 
yakka topshiriqlarni bajaradilar, boshqa holatda - topshiriq bolalarning kichik 
guruhiga yoki butun guruhiga beriladi. Uyushtirishning har xil shakllari stollarping 
ma`lum tartibda qo’yilishi va bolalarni ularning bilish hamda ko’nikmalarini 
hisobga olib taqsimlanishinn nazarda tutadi. 
Topshiriqni jamoa bo’lib bajarnshni tashkil etishda bolalarga, masalan, 
applikatsiya ishiga doir hamkorlik, o’zaro yordam, o’zaro javobgarlik o’rgatiladi. 
Mashg’ulotlarda bolalarni uyushtirishning turli metodlaridan foydalaniladi. 
Masalan, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida yalpisiga, guruh yoki yakka - yakka 
metodlaridan foydalaniladi. Mashqlarni bajarish tartibi bnr vaqtda yoki navbati 
bilan bajariladigan bo’lishi mumkin. 
O’tkazilayotgan mashg’ulotlar bolalarda topshiriqni aniq, tarbiyachi bergan 
ko’rsatmalarga muvofiq bajarish, ish vaqtida foydalaniladigan qo’llanma va 
materiallarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish odatini shakllantiradi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M a sh g’ u l o t n i n g b o r i sh i

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish