|
M a sh g’ u l o t n i n g b o sh l a n i sh iBog'liq Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishiM a sh g’ u l o t n i n g b o sh l a n i sh i.
Bolalarning o’yindan
mashg’ulotga o’tishi odatda bola psixikasining bir faoliyatdan osongina
ikkinchisiga o’tishi tufayli tezda amalga oshiriladi. Faoliyatni almashtirish
ko’nikmasi kichik maktab yoshidayoq shakllanadi, buning uchup tarbiyachining
og’zaki murojaati kifoya.
Mashg’ulotning boshida uni tashkil etishda tarbiyachi tomonidan qo’yiladigan
va hal etiladigan asosiy didaktik vazifasining mohiyatini ochishdan iboratdir. Bu
vazifalar turli yosh guruhlarida turlicha hal etiladi. Kichik guruhlarda bolalarning
mashg’ulotlarga qiziqishi materialning - rasmlar, o’yinchoqlar, buyumlar va
bolalar shug’ullanishi kerak bo’lgan ashyolarning bezakdorligi tufaylidir.
Mashg’ulotda o’yin usullari va o’yin vaziyatlaridan foydalaniladi. Bo’larning
barchasi kichkintoylarning ixtiyoriy diqqatini jalb qilishga qaratilgandir. Bilishga
oid qiziqish etarlicha rivojlangan katta tarbiya yoshidagi bolalar guruhlarida
mashg’ulot mavzui yoki uning asosiy maqsadini e`lon qilish kifoya. Katta tarbiya
yoshidagi bolalar zarur vaziyatni tashkil qilishga jalb etiladilar, bu ham
mashg’ulotga bo’lgan qiziqishning uyg’onishiga yordam beradi. Biroq katta
tarbiya yoshidagi bolalarning mashg’ulotga diqqati va qiziqishini uyg’otishda
o’quv vazifalarini qo’yishning mazmuni va tabiati asosiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Vazifani umuman (yoki faqat uning bir qismini) qo’yish mashg’ulot boshida
uni bajarish usulini ko’rsatish yoki tushuntirish yo’li bilan olib boriladi. Masalan,
tarbiyachi vazifani tushuntirayotib, shunday deydi: «Bugun siz bog’ning qishki
ko’rinishini chizasiz. Har bir kishi avval nimani qanday izchillikda chizishni o’ylab
olishi, so’ng chizishga kirishmog’i lozim». Ba`zan vazifani tushuntirish harakat
usulini bolalar ishtirokida bajarib ko’rsatish bilan olib boriladi.
Bolalar asta-sekin mashg’ulotlardagi muayyan harakat qoidalariga o’rgatiladi.
Tarbiyachi bolalarga bu qoidalarni mashg’ulotni tashkil etish chog’ida ham, uning
boshlanishida ham eslatadi.
|
| |