O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

6.4.
 
Bolalarni mehnat faoliyatlarini rejalashtirish

 
Bolalarning mexnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish 
ma`quldir. 
Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqdan 
foydalaniladi. O’z mazmuniga ko’ra topshiriqlar turlicha bo’lishi mumkin. 
Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so’ngra uni 
bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu 
tarbiyachiga mazkur topshiriq bilan barcha tarbiyalanuvchilarni qamrab olish va 
ularni kerakli mehnat topshiriqlarini bajarishga o’rgatish, barcha bolalarning 


63 
qo’lidan keladigan bo’lib borishiga ko’ra tarbiyachi o’zining alohida e`tiboriga 
muhtoj bo’lgan bolalarning ismlarinigina ko’rsatib beradi. 
Bolalar navbatchiligiga raxbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mexnat 
hajmi va mazmunini, o’zi bolalarga navbatchilarning vazifalarini tanishtirishda 
foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko’rsatadi. 
Keyinchalik navbatchilik ishiga rahbarlik rejada mexnat mazmuni 
murakkablashgan, navbatchilikka jalb qilinayotgan bolalar tarbiyachining alox
4
ida 
e`tiboriga muhtoj bo’lgan hollarda ko’rsatiladi. Vaqti - vaqtida navbatchilik 
bolalarning birlaridan ikkinchilariga topshirilayotgan vaqtda (katta guruhda) 
bolalar bilan suhbat rejalashtirnladi. 
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mexnatlarini tashkil qilish mazmuni va 
tarkibi, o’tkazish vaqti ko’rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi. 
Navro’z va mustaqillik bayramlaridan avval uyushtiriladigan umumxalq 
xasharlari, bayramlari maktabgacha ta`lim muassasasisida bolalarda Vatanga 
muhabbat, baynalmilalchi xislatini tarbiyalash, ularga xalqning jangovor va 
mexnat an`analarini tanishtirish maqsadlarida nishonlanadi. 
Bayramlar tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirilishi lozim. 
Rejada muassasaning butun jamoasi, shu jumladan bolalarning 
ham 
tayyorgarliklari aks ettiriladi. 
Tarbiyachining joriy rejasida bolalarga u yoki bu bayram (yoki mashhur 
sana) ning ahamiyati haqida hikoya qilinadigan, bolalar katta yoshlilarning 
bayramga tayyorgarliklari bilan tanishish imkoniga ega bo’ladigan sayr - 
tomoshalar o’tkaziladigan turli mashg’ulotlar nazarda to’tiladi. Bolalarni bayram 
ertaliklarida qatnashishga tayyorlash: she`rlar, qo’shiqlar aytish, raqsga tushish, 
libos va boshqa atributlarni tikishi xam rejalashtiriladi. Pedagoglar kengashida 
bayram dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bolalarni bayramga tayyorlash 
jarayonida ham, bayramni o’tkazish kunida xam uyushtirish shakllari o’ylab 
chiqiladi va puxta rejalashtirnladi. 
Umumxalq bayramlariga bag’ishlangan ertaliklardan tashqari tarbiyachi 
bolalar bilan maishiy bayramlar va turli ko’ngil ochishlar: yangi yil bayrami, 
bolalarni maktabga chiqarish, bir oyda tug’ilgan bolalarning tug’ilgan kunlarini bir 
kunda nishonlash, shuningdek, qo’g’irchoq, soya teatrini, ko’ngil ochadigan 
videofilm va kinofilmlar, oynai jahon ko’rsatuvlarini ko’rsatish va shu kabilarni 
o’tkazishni rejalashtiradi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi ota - onalar o’rtasida ishlashni rejalashtirish 
pedagoglik targ’ibotini amalga oshirish rejalashtiriladi. Ularni oila va bolalar 
muassasasining bolalarga ta`sir ko’rsatishda hamkorlikni yo’lga qo’yish 
maqsadlarida ta`lim - tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi, bolalarni oilada 
tarbiyalashning ilg’or tajribasini o’rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish 
uzluksiz tarzida amalga oshiriladi va maktabgacha ta`lim muassasasisi mudirasi 
tomonidan ham (yillik rejada), xar bir guruh tarbiyachisi tomonidan ham 
rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari va ularning mazmuni quyidagilarni: ota - 
onalar majlislarini, maslahatlarini o’tkazishni, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar 
kunini, mashg’ulotlar o’tkazishni, bolalar ishlari ko’rgazmalarini tashkil etishni, 
ota - onalar burchaklarini yangilash va shu kabilarni nazarda tutadi. 


64 
Nazorat savollari: 
1.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim - tarbiyaviy ishlarning mazmuni va 
vazifalarini tushuntirib bering. 
2.
Bolalarda xulq-atvor malakalarini tavsiflab bering. 
3.
Guruxlarda bolalar o’yinlarini rejalashtirishga qo’yiladigan pedagogik 
talablarni qanday izohlash mumkin? 
4.
Dastur asosida bolalarni mehnat faoliyatlarini rejalashtirishning maqsadi va 
mohiyatini tushuntiring. 
Adabiyotlar: 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y 
2.
Ta`lim to’g’risidagi qonun. Toshkent 1997 y. 
3.
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi. Toshkent. 1997 y. 
4.
O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar 
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
5.
B.Ziyomuhamedov, Sh.Abdullaeva ―Pedagogika‖ ―O’zbekiston Milliy 
entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti‖. T.: 2000 y.
6.
Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y. 
7.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat 
talablari. Toshkent 2008 y. 
8.
J.G’.Yo’ldoshev. Ta`lim yangilanish yo’lida. Toshkent ―O’qituvchi‖ 2000y. 
9.
R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.
10.
R. Ishmuxamedov ―Ta`limda innovatsion texnologiyalar‖. Toshkent 
―Iste`dod‖. 2008 y 
11.
A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
12.
Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y. 
13.
―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y. 


65 
VII BOB. Mashg’ulotlarda o’qitishni rejalashtirish (amaliy) 
Reja: 
1.
Mashg’ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida o’qitishning asosiy va 
etakchi shakli sifatida. 
2.
Maktabgacha ta`lim muassasasi yosh guruxlarida ta`limning o’ziga hos 
hususiyatlari. 
3.
Ertalabki vaqt bo’lagi, sayr va kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. 
Mavzuning maqsadi: O’quvchilarning mashg’ulotlarni, ertalabki vaqt bo’lagi, 
sayr va kunning ikkinchi qismini rejalashtirish bo’yicha bilimlarini 
mustahkamlash.
Mavzuning vazifalari: Materiallar asosida mashg’ulotlarni rejalashtirish 
bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish. Mustaqil pedagogik jarayonlarni 
rejalashtirish. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish