O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

5.1.
 
Maktabgacha ta`lim muassasasi yillik ish rejasini tuzish
 
Kirish qismi. 
I. 
Maktabgacha ta`lim muassasa ishining asosiy vazifalari. 
II. 
Tashkiliy - pedagogik ish. 
III. 
Kadrlar bilan ishlash. 
IV. 
Ta`lim - tarbiyaviy ishga rahbarlik va uni nazorat qilish. 
V. 
Ota - onalar bilan ishlash. 
VI. 
Ma`muriy - xo’jalik ishi. 
Rejaning har bir bo’limi mazmunini ko’rib chiqamiz. 
Kirish qismida maktabgacha ta`lim muassasaning o’tgan davr - dagi 
ishining quyidagi yo’nalishlari bo’yicha qisqacha, ammo har tomonlama 
tahlili beriladi; 
bolalarning hayotini saqlash va sog’lig’ini mustahkamlash bo’yicha 
ishning samaradorligi; 
Ta`lim - tarbiya jarayonining va natijalarining umuman va yosh 
guruxlari bo’yicha darajasi hamda samaradorligi, bolalarning maktabga 
tayyorlanganlik, darajasi; 
Ota - onalar bilan ishlash darajasi va samaradorligi; 
metodik bo’linmalar: pedagogik kengashlar, seminarlar, pedagogik 
maslahatlar, ochiq ko’riklar va shu kabi faoliyatining samaradorligi; 
maktabgacha ta`lim muassasa o’quv - moddiy bazasining holati; 
maktabgacha ta`lim muassasani kadrlar, bolalar bilan komplektlashda 
yuz bergan o’zgarishlar; 
pedagoglar jamoasi ishida qanday qiyinchiliklar qayd etilgan, qanday 
kamchiliklar aniqlangan. 
Maktabgacha ta`lim muassasasining o’tgan davrdagi fabliyatini mana 
shunday har tomonlama tahlil qilishgina keyingi o’quv yili uchun 
mazmunliroq kompleks reja tuzish va shu orqali butun ish samaradorligini 
oshirish imkonini beradi. 


50 
1. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi ishining asosiy vazifalari. 
Tarbiyalash va o’qitishning asosiy vazifalarini aniqlashda tarbiyachilarning 
pedagoglik mahorati darajasini, maktabgacha ta`lim muassasa tipini, undagi 
ta`lim - tarbiyaviy ishning holatini hisobga olish zarur. 
Bir yilga 3—5 vazifani mo’ljallash tavsiya etiladi: vazifalardan 1-2 tasi 
yangi, maktabgacha ta`lim muassasaning o’sish istiqbollarini aks ettiradigan, 
2—3 tasi oldingi o’quv yilida boshlangan ishni davom ettiruvchi vazifa 
bo’lishi mumkin. Mo’ljallangan vazifalar yillik reja bo’limlarida aniq 
tadbirlar bilan tasdiqlanishi kerak. 
Masalan: 
1. Pedagoglar jamoasining g’oyaviy - siyosiy va ilmiy - metodik darajasini 
davlatimiz tomonidan jamiyatning iqtisodiy va siyosiy sohalarida qabul 
qilingan materialar, psixologiya pedagogika fani va amaliyotining eng yangi 
yutuqlari, ta`lim tarbiya sohasida qo’llanilayotgan pedagogik va innovatsion 
texnologiyalar, maktabgacha ta`lim sohasi bo’yicha ishlab chiqilgan va 
amaliyotga tadbiq etilgan barcha qonun xujjatlarini o’rganish asosida amalga 
oshirish. 
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta`lim muassasasida va 
oilada yangi dastur talablariga muvofiq mehnat tarbiyasini yaxshilash. 
2.
Oilaga 
yordamni 
ko’chaytirish, oila va maktabgacha ta`lim 
muassasasisining kelishib harakat qilishini ta`minlash. 
3.
Ilk yoshdagi bolalar guruxlarida jismoniy tarbiya bo’yicha ish 
shakllarini 
takomillashtirish, 
bolalarning 
kasallanishlarini 
kamaytirishga erishish. 
4.
YOsh tarbiyachilarga murabbiylnk tizimi orqali metodik yordam 
ko’rsatish. 
II. Tashkiliy - pedagogik ish. 
Bu 
bo’lim pedogogik kengash, nazariy seminarlar, seminar-
mashg’ulotlar, maslahatlar, pedagogik jarayonlarni, ilg’or tajribani o’rganish 
va umumlashtirish bo’yicha pedagogik kabinetining ishlarini jamoa bo’lib 
ko’rish va hokazolarni qamrab oladi. 
a) Pedagogik kengash ikki oyda bir marta o’tkaziladi. Pedagogik 
kengashlarda partiya - hukumat hujjatlari: Xalq ta`limi Davlat qo’mitasi va 
respublika Xalq ta`limi Vazirligi, xalq ta`lim bo’limlarining buyruq va 
ko’rsatmalari, buyruqlari, yo’l – yo’riq xujjatlarini o’rganish va bajarish 
masalalari muhokama qilish uchun qo’yiladi; 
bolalarnint hzyotini saqlash va sog’lig’ini mustahkamlash, ularni 
jismoniy rivojlantirish va takomillashtirish masalalari; 
«Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`lim - tarbiya dastursi» ning 
faoliyat turlari, bolalar bilan olib boriladigan o’quv ishlari bo’limlari 
bo’yicha bajarilishi; 
ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish va bolalar maktabgacha 
ta`lim muassasasisi amaliyotiga joriy qilinishi; 


51 
psixologik - pedagogik adabiyotda va vaqtli nashrlarda e`lon qilingan 
maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o’qitish masalalariga doir 
dolzarb ilmiy - nazariy va metodik muammolarni muhokama qilish; 
ilmiy - amaliy anjumanlar, yig’ilishlar materiallarini ularda qabul 
qilingan tavsiyalarni. bajarish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqib muhokama 
qilish; 
tarbiyachilar tomonidan bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisi ichida 
foydalanish va metodik birlashmalar, anjumanlar, pedagogik o’qishlar va shu 
kabilarda, chiqish uchun tayyorlangan metodik materiallar va ma`ruzalarni 
muhokama qilish;
b) 
seminarlar, 
seminar 

mashg’ulotlar. Nazariy muammoli 
seminarlar tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va 
o’qitishning psixologik - pedagogik muammolari. bo’yicha ilmiy - nazariy 
darajalarini oshirish maqsadlarada o’tkaziladi. Seminarlarni o’tkazishga 
pedagogik kabinetlari, o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari yuqori 
malakali mutaxassislari, pedagogika ilmiy tekshirish institutining ilmiy 
xodimlari, pedagogika institutlarning o’qituvchilari jalb qilinadi. 
v) 
maslahatlar barcha tarbiyachilar uchun ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o’qitishning ayrim masalalari bo’yicha, 
yosh mutaxassislar, ayrim pedagoglar uchun ularning tayyorgarliklariga, 
xodimlar toifalariga ko’ra - (tarbiyachilar, muzika rahbarlari, logopedlar) 
rejalashtarilishi mumkin. 
g) 
pedagogik jarayon (mashg’ulotlar, kun tartibi, sayrlar, o’yin va 
mehnat faoliyati va shu kabilar) ni jamoa bo’lib ko’rish. Ularning tematikasi 
pedagogik kengashlar, seminarlarda muhokama qilinadigan masalalar, 
pedagogik tajribani o’rganish va joriy qilishga bog’liq tarzda yuzaga 
keladigan vazifalarga ko’ra aniqlanadi. Ochiq ko’riklar uchun pedagogik 
jarayonning eng murakkab masalalarini tanlash, faqat mashg’ulotlarni emas, 
bolalar faoliyatining barcha turlarini, bo’sh vaqtlar, sport ko’ngil ochishlarini 
kuzatish va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir; 
d) 
ilg’or tajribani o’rganish, umumlashtirish, tarqatish va joriy 
qilish. Bu o’rinda tarbiyachilar, muzika rahbarlari va shu kabilar tajribasini 
o’rganish rejalashtiriladi. Bu maqsadda ko’riklar, ayrim masala, bir - 
birlarining mashg’ulotlarga kirishlar amalga oshiriladi; 
e) 
pedagogik kabinetining jihozlanishi - maktabgacha ta`lim 
muassasasisidagi metodik ishni rejalashtirishning eng muhim qismidir. 
Rejada bolalarni tarbiyalash va o’qitishning ayrim masalalari bo’yicha 
metodik 
ishlanmalarni, 
rejalar, 
ishlanmalar, 
ma`ruzalar, 
tematik 
ko’rgazmalar, o’quv - ko’rgazmali qo’llanmalar, atributlarni tayyorlash va 
jihozlash nazarda tutilishi mumkin. 
III. Kadrlar bilan ishlash. 
Quyidagilar rejalashtiriladi:
a) kadrlarni tanlash va joylash;
b) xodimlarning g’oyaviy - siyosiy darajasini oshirish;
v) yashga doir malakani oshirish. 


52 
Pedagog va texnik xodimlardan iborat kadrlarni tanlash hamda 
joylashtirish ularning kasb tayyorgarliklari, ish tajribalari, ishchanligi, 
individual - psixologik hususiyatlari, qiziqishlar va mahoratlariga ko’ra 
amalga oshiriladi. Shuningdek xodimlarning psixologik bir - birlariga 
mosliklarini ham hisobga olish kerak (psixologik bir - biriga mos kelmaslik 
faktlarini etarlicha baholamaslik jamoada nizolarning kelib chiqishiga, 
ma`naviy - psixologik muhitning buzilishiga olib keladi). 
Rejada boshqaruv apparati (mudira, uslubchi, katta meditsina 
hamshirasi, xo’jalik ishlari mudiri va boshqalar) ning vazifalari aniq 
ko’rsatilgan va faoliyatlari koordinatsiya qilingan bo’lishi kerak. 
Xodimlarning g’oyaviy - siyosiy saviyasini oshirish. Bu bo’limda 
maktabgacha ta`lim muassasasisi har bir xodimining siyosiy o’qishi, qaysi 
to’garak, seminarlarda qatnashishi rejalashtiriladi. Pedagoglarning siyosiy 
o’qishlarida asosiy o’rnini I.A.Karimov asarlarini, Davlatimizning barcha 
sohalarda qabul qilgan materiallarini, xalqimiz va boshqa mamlakatlar 
xalqlari hayotidagi yorqin siyosiy hodiralarni-o’rganish egallashi kerak. 
Bo’lar milliy istiqlol g’oyasini chuqurroq egallashga va maktabgacha ta`lim 
muassasasidagi barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatliroq hal 
etishda foydalanish imkonini beradi. Xuddi shu bo’limda texnik xodimlar 
bilan o’tkaziladigan siyosiy o’qish: suhbat, ma`ruza, gazetalarni o’qish, 
siyosiy hodisalarni muhokama qilish rejalashtiriladi. 
Ish malakasini oshirish. maktabgacha ta`lim muassasasilarida bunday 
ishning shakllari xilma - xildir: seminarlar, pedagogik kengashlar, ochiq 
ko’riklar, maslahatlar, shuningdek tarbiyalash va o’qitishning eng yaxshi 
tajribasini o’rganish; 
maktabgacha ta`lim muassasadan tashqari o’qituvchilar malakasini 
oshirish kurslari orqali pedagoglarning malakalarini oshirish shakllari, 
metodik 
birlashmalar, 
ilg’or tajriba maktablari, muammoli ijodiy 
seminarlarda qatnashish; 
IV. Ta`lim - tarbiyaviy ishga rahbarlik va uni nazorat qilish. 
Mazkur bo’lim rejasida maktabgacha ta`lim muassasasi pedagoglari 
faoliyatini nazorat qilishning har xil turlari: frontal, tematik, qiyosiy, 
ogohlantiruvchi turlarini amalga oshirish mo’ljallanadi. Tarbiyachilar ishini 
o’rganish va uni nazorat qilishning asosiy maqsadi pedagoglarga yordam 
berish, xatolarning oldini olish va to’g’rilash, ilg’or tajribani umumlashtirish 
va tarqatnshdir. Rejada nazoratning asosiy yo’nalishlari, mazmuni va turlari 
belgilanadi, yakunlarni chiqarish muddat va shakllari ko’rsatiladi. 
Quyidagilarga rahbarlik va nazorat qilishda alohida e`tibor berish 
lozim: 
XTV va XTB ning maktabgacha ta`lim masalalariga doir qarorlarining 
bajarilishi; 
Xalq ta`limi Davlat qo’mitasi va respublika Xalq ta`limi Vazirligi, xalq 
ta`lim bo’limlarining buyruq va ko’rsatmalarining bajarilishi; 
maktabgacha ta`lim muassasasi va bola bilan to’ldirish bo’yicha xalq 
xo’jalik rejasning bajarilishi; 


53 
inspektorlik tekshiruvlarining takliflari, pedagogik kengashlar, ishlab 
chiqarish majlislarining qarorlari, maktabgacha ta`lim muassasasisi bo’yicha 
buyruq va ko’rsatmalarning bajarilishi; 
«Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`lim - tarbiya dastursi» ning 
bajarilishi; 
guruxlarda bolalar hayoti va ularni tarbiyalash uchun sharoitning 
yaratilishi. 
kadrlar bilan metodik ishning va ularning malakasini oshirishning 
tashkil etilishi va uning mazmuni; 
hujjatlar, o’quv - ko’rgazmali qo’llanmalar va o’yin materiallarining 
holatini; 
ota - onalar, maktab, korxona bilan ishlash; 
Xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, bolalar-travmatizmi 
va ular uchrashi mumkin bo’ladigan baxtsiz hodisalarning oldini olish 
ishining holati. 
Rejada har bir yosh guruxsidagi ishni frontal tekshirish nazarda tutilgan 
bo’lishi kerak. Frontal tekshirishlarning yakunlari pedagoglar kengashi va 
ishlab chiqarish majlisi muhokamasiga qo’yiladi. 
Har oyda pedagogik ishning alohida bo’limlarini tematik nazorat qilish 
rejalashtiriladi. Tematik nazoratni ilg’or tajribani o’rganish, tarqatish bilan 
birga qo’shib olib borvsh maqsadga muvofiqdir. Rejada xoh bir, xoh bir 
varakayiga bolalar byg’chasidagi bir necha yosh guruxlarida tematik 
nazoratdan foydalanish belgilanishi mumkin. 
Nazoratning qiyosiy va ogohlantiruvchi turlari ishni endi boshlayotgan 
yosh pedagoglar ishida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarni oldini olish 
maqsadida rejalashtiriladi. 
Amaliyot ko’rsatishicha, maktabgacha ta`lim muassasasi ichidagi 
nazoratni kompleks rejalashtirish juda yaxshi samara beradi. U jadval 
ko’rinishiga ega bo’lib, unda kim, qachon, kimning pedagogik jarayoni 
holatini, qaysi faoliyat turlarida o’rganishi, nazoratning qaysi turi, metodlari, 
axborot to’plashning qaysi usullari (kuzatish, kalendar rejalarining, bolalar 
faoliyatlari natijalarining tahlili va shu kabilar) ko’rsatiladi. 
VI.Ota - onalar bilan ishlash. 
Bu bo’limda: 
ota - onalarning pedagogik madaniyatlarini oshirish, pedagogik umumiy 
ta`lim (maslahatlar, pedagogik bilimlar universitetlari, oiladagi tarbiya 
bo’yicha tajriba almashish anjumanlari, savol va javob kechalari, pedagogik 
mavzulardagi disputlar, munozaralar) ni ta`minlash; 
keng ota - onalar faoliyatini maktabgacha ta`lim muassasa ishlarida 
qatnashishiga, umumiy va guruxiy ota - onalar majlislarini o’tkazishga jalb 
qilish; 
turli yosh ona, ota, buvi, buvalar to’garak va maktablarning faoliyati; 
oilaviy tarbiya tajribasini o’rganish, nobob oilalar bilan ishlash; 
oilaviy tarbiyaning dolzarb masalalari bo’yicha ota-onalar uchun 
maslahat; 


54 
ko’rgazmali propaganda oilaviy tarbiyaning dolzarb tematikasi, oiladagi 
tarbiyaning eng yaxshi tajribasini propaganda qilish bo’yicha ko’rgazmalarni 
bezash; 
pedagog va ota - onalarning mahalliy matbuot, radio, va televideniya 
orqali chiqishlari; 
otaliqqa olgan korxonalarga, ota - onalarga pedagogik bilim berishda 
yordam ko’rsatish (maslahatlarni tashkil qilish va ma`ruzalar o’qish) 
rejalashtiriladi. 
VI. Ma`muriy - xo’jalik ishi. 
Bu bo’limda: 
maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini, ularni tarbiyalash va o’qitish 
uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga (xonalarni ta`mirlash, mebellar 
olish, maydoncha va boshqa joylarni jihozlashga) yo’llangan byudjet 
mablag’laridan ratsionalroq foydalanish tadbirlarini; 
xona va maydonchadagi sport zonalarini jihozlash; 
maktabgacha ta`lim muassasasisi territoriyasini obodonlashtirish va 
ko’kalamzorlashtirish; 
maktabgacha ta`lim muassasasining - yoritish, isitish va havo iqlimini, 
yong’in xavfsizligiki yaxshilashta doir tadbirlarni nazarda tutish lozim. 
Yillik reja barcha bo’limlarining mazmuniga qo’yiladigan muhim talab 
bu ularning aniqligidir. Faqat ana shundagina u mudir, uslubchi va butun 
pedagoglar jamoasining amaliy ishida foydali qo’llanma bo’lishi mumkin. 
Shu bilan birga reja juda katta va o’ta mufassallashtirilgan bo’lmasligi 
kerak. Rejaga o’z - o’zidan tushunarli bo’lgan kundalik ishlarni yozmaslik 
kerak. Bu uning hajmini oshirib yuboradi va undan asosiyni aniqlashni 
qiyinlashtiradi. 
Yillik rejaga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri uni barcha bo’lim 
va bandlarining to’liq muvofiqlashganligi va
 
bir - birini to’ldirishidir. 
Tabiiyki, maktabgacha ta`lim muassasaning o’ta mufassal tuzilgan yillik 
rejasi ham maktabgacha ta`lim muassasasisi faoliyatining butun xilma - 
xilligini qamrab ololmaydi, hayotning taqozosi yuzaga keltiruvchi ob`ektiv 
sabablar tufayli bo’lishi mumkin o’zgarishlarni nazarda tutolmaydi. 
Yillik rejaning dastlabki qoralamasini mudira va uslubchi maktabgacha 
ta`lim muassasasisining o’tgan yilga ishini tahlil qilish asosida tuzadi. 
So’ngra yillik rejaning mazmunini jamoa bilan ishlab chiqarish majlisida, 
pedagogik kengashda va individual; suhbatlarda keng muhokama qilada. 
Shunday qilib, yillik rejani tuzishga butun jamoa jalb qilinadi: yangi o’quv 
yilida qanday pedagogik masalalarni muhokama qilish lozimligin hal qiladi, 
qo’shimchalar, o’zgartirishlar kiritadi. Bu yillik rejaning realligi va 
amaliyligini ta`minlaydi. Shundan so’ng yillik reja o’quv yili boshlanishidan 
oldingi pedagogik kengashlarning birida batafsil muhokama qilinadi va 
tasdiqlanadi. 
Yillik reja xodimlar uchun qulay joyda, masalan, pedagogik kabinetda 
saqlanishi kerak, bu mo’ljallangan - tadbirlarni amalga oshirish uchun mas`ul 
bo’lgan har - bir kishi kerak bo’lganiqa uni olib ko’rishini ta`minlaydi. 


55 
Nazorat savollari:
1.
Maktabgacha ta`lim muassasasining yillik ish rejasining kirish qismiga 
qanday masalalar rejalashtiriladi? 
2.
Yillik ish rejasining metodik ishlar bo’limida qaysi masalalar 
rejalashtiriladi? 
3.
Maktabgacha ta`lim muassasasida qanday to’garaklar faoliyat ko’rsatadi va 
bo’lar qaysilar? 
4.
Yillik rejadagi vazifalarini bajarilishini nazorati kim tomondan olib boriladi? 
Adabiyotlar: 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y 
2.
Ta`lim to’g’risidagi qonun. Toshkent 1997 y. 
3.
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi. Toshkent. 1997 y. 
4.
O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, SH.K.Tashpulatova va boshqalar 
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
5.
B.Ziyomuhamedov, Sh.Abdullaeva ―Pedagogika‖ ―O’zbekiston Milliy 
entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti‖. T.: 2000 y.
6.
Sh.K.Tashpulatova ―Maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tashkil etish va 
boshqarish usullari‖ TDPU.T.: 2001 y.
7.
A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
8.
Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y. 
9.
Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y. 
10.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat 
talablari. Toshkent 2008 y. 
11.
J.G’.Yo’ldoshev. Ta`lim yangilanish yo’lida. Toshkent ―O’qituvchi‖ 2000y. 


56 
VI BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi yosh guruxlarida ta`lim - tarbiyaviy 
ishlarni rejalashtirish mazmuni. 
Reja:
1.
Ta`lim tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish mazmuni. 
2.
Yosh guruxlar bo’yicha bolalarda hulq-atvor va madaniy-gigienik 
malakalarni tarbiyalash ishini rejalashtirish. 
3. Bolalar o’yinlarini rejalashtirish. 
4. Bolalarni mehnat faoliyatlarini rejalashtirish. 
Mavzuning maqsadi: Maktabgacha ta`lim muassasasiga ta`lim - tarbiyaviy 
ishlarni, bolalarda hulq-atvor, o’yin, mehnat va madaniy – gigienik malakalaini 
rejalashtirish bo’yicha bilim va tushuncha berish. 
Mavzuning vazifalari:
1.
Yosh guruxlar bo’yicha tarbiyachi tomonidan ta`lim tarbiyaviy 
ishlarni rejalashtirish. 
2.
Bolalarni hulq-atvor, madaniy-gigienik malakalarni tarbiyalash 
ishlarini rejalashtirish, o’yin, mehnat faoliyatlarini rejalashtirish 
bo’yicha malakalarni shakllantirish. 
Tayanch iborolar: 
-
syujetli – rolli – mazmunli – rolli.
-
bilvosita ta`sir ko’rsatish – bilimlar tizimi orqali ta`sir ko’rsatish. 
-
bevosita ta`sir ko’rsatish – pedagogik jarayonlarda ta`sir ko’rsatish. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish