57
faoliyati, bolalar nutqini o’stirishning oddiy asoslari va shu kabilarni hal etishning
asosiy vositasi hisoblanadi.
Bu mazmun dasto’rning tevarak - atrof bilan tanishtirish va nutqni o’stirish,
oddiy matematik
tasavvurlarni rivojlantirish, rasm solish, loy va plastilindan
narsalar yasash, applikatsiya, qurish - yasash, musiqa ta`limi, jismoniy tarbiya
singari asosiy bo’limlarida berilgan. Tegishli yo’nalish
metodikalarida ishlab
chiqilgan mashg’ulotlar tizimi maktabgacha ta`lim muassasasisi va yosh
guruxidagi muayyan ish sharoitlarini, bolalarning ilgarilash daraja va sur`atlarini,
ularni u yoki bu mazmunni egallashlarini xisobga olib rejalashtirishda
foydalaniladi. Masalan, bolalarni tabiat bilan tanishtirishga doir mashg’ulotlar
tizimi qishloq joy yoki katta shahar markazida, shimoliy va markaziy mintaqada va
boshqa respublikalarda joylashgan maktabgacha ta`lim muassasasisida turlicha
bo’ladi.
O’qitishning har bir bo’limiga doir mashg’ulotlarni rejalashtirishda
bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari (boshlang’ich idrok,
bilim va
ko’nikmalarni kengaytirish va umumlashtirish, ulardan hayotda foydalanish
bilimlarni yangi sharoitlarga ko’chirish) xisobga olinadi. Rejada bilimlar
mazmunining takrorlanishi va ularni asta - sekin murakkablashtirilishi nazarda
to’tiladi. Istalgan bo’limga doir mashg’ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo’lim
bilan bog’langan asosiy ta`lim - tarbiyaviy masalalardan tashqari dasto’rning
boshqa bo’limlaridan ayrim masalalarni xam kiritish kerak. Mashg’ulotlarni
bunday yaxlitlash ularning rivojlantiruvchi samarasini ancha oshiradi. Ammo
rejalashtirishda ta`limiy ishni qisman birlashtirish ishning butun mazmunini
jamlovchi yagona mavzu tusini olmasligi kerak. Maktabgacha ta`lim muassasasisi
tarixida o’rin
tutgan mavzuviy rejalashtirish, «tashkiliy momentlar» ga oid
rejalashtirish bilimlarning tizimliligi va bolalarning aqliy rivojlantirishni talab
darajasida ta`minlamagan edi.
Bolalarni atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini
bolalarga nutq o’stirish mashg’ulotlari bilan, shuningdek tasviriy faoliyat
mashg’ulotlari bilan aloqasini o’rnatish ayniqsa muhimdir.
Ta`limiy ish mashg’ulotdan tashqarida: kundalik turmush, o’yin, mehnatda
ham davom ettiriladi. Kunning turli vaqtlarida (ertalab, sayrda) tarbiyachi tabiat va
ijtimoiy hayotning turli xrdisalarini kuzatishni tashkil etadi.
Bu kuzatishlar xam rejalashtiriladi. Ular butun guruh bolalari bilan yalpisiga,
bolalarning, kichik guruhlari bilan va yakka tartibda o’tkaziladi.
Tarbiyachi mashg’ulotlardan tashqari bilimning u yoki bu bo’limlariga doir
ayrim bolalar yoki bolalarning kichik guruhlari bilan ta`limiy ishni rejalashtiradi va
tashkil qiladi. Bu maqsadda didaktik o’yinlar, didaktik
materialli mashqlar
(masalan, nutqning tovush madaniyatiga doir, matematik tasavvurlarini
rivojlantirishga oid ish va boshqalar) dan foydalaniladi.
Shunday qilib, rejada bolalar bilan ta`limiy ishning mazmuni ham, uni
tashkil qilish shakllari xam aks etadi.
Shaxsning ma`naviy fazilatlarini tarbiyalash ta`lim - tarbiyaviy ish
jarayonida: mashg’ulotlar, o’yinlar, mexnat va shu kabilarda hal qilinadi.
Shuning
uchun
ma`naviy
tarbiya
ishining
mustaqil
bo’limi sifatida
58
rejalashtirilmaydi.
Bu ishning vazifa, mazmun va metodlari bolalarning asosiy
faoliyat turlariga rahbarlikni rejalashtirishda ochib beriladi. Ammo xulq-atvor
malakala-rini shakllantirish (masalan, atrofdagi kishilarga muloyim va g’amxo’r
munosabat, narsalarga tartibli va tejamkorlik munosabati, madaniy-gigienik
malakalar, o’yin, kitob bur-chaklarida tozalik va tartibni saqlash malakalari,
o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish malakalari va shu kabilar) bolalarning ma`lum
harakat usullarini egallab olishlarini nazarda tu-tadi.
Malakalarni tarbiyalash
bevosita ta`sir usullari: ha-rakat usullarini ko’rsatish, mashq qilishlar, ya`ni
o’rgatish, odatlantirish orqalts amalga oshiriladi, shuning uchun madaniy - gigienik
malaka va madaniy xulq-atvor malakalarini rejalashtirish mumkin va lozim.
Malakalar hajmi, ularni shakllantirish izchilligi shuningdek, tarbiyachi
foydalanadigan o’rgatish usullari rejalashtiriladi.
Malakalarni shakllantirish - uzoq davom etadigan jarayon. SHunga ko’ra
ayni bir vazifalar ko’p karra takrorlanishi mumkin. Madaniy xulq - atvor
malakalarini egallashda bolalar jiddiy o’ziga xos alohida farqlarni namoyon qiladi-
lar, shuning uchun rejada bolalar bilan yakka tartibda ish-lash xam nazarda
to’tiladi.