Ertalabki vaqt bo’lagi va sayrni rejalashtirish




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

7.3. Ertalabki vaqt bo’lagi va sayrni rejalashtirish 
 
Sayr - tomoshaga mashg’ulotning o’ziga xos turi sifatida qarash mumkin.
Mashg’ulotlarda bo’lgani kabi sayr - tomoshada ham dastur mazmunida
aniqlashtiriladigan ta`limiy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy vazifalar qo’yiladi hamda 
hal etiladi. Mashg’ulotlarda bo’lgani kabi sayr - tomoshada barcha yosh guruhidagi 
bolalar ishtirok etadilar. Biroq sayr - tomoshani tashkil etishning o’ziga xos 
xususiyati, bolalar faoliyatining mazmuni, shuningdek, uning ta`limiy ish 
tizimidagi o’rni, sayr - tomoshani maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`limni 
tashkil etishning o’ziga xos yalpi shakli sifatida qarab chiqishga ehtiyoj uyg’otadi
(E. I. Tixeeva). 
Sayr - tomosha bolalar bilan olib boriladigan ta`limiy ishning tashkiliy shakli 
sifatida paydo bo’lgan va maktablarda tabiiy fanlarni o’rganishda (jug’rofiya, 
botanika, zoologiya, keyinroq tabiatshunoslikni) keng qo’llanilib kelingan. Biroq 
bolalarning sayr - tomoshadagi bilish faoliyati tabiati hayotiy hodisalarni bevosita 
idrok etishi, kuzatishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ham xosligi 
isbotlandi. Sayr - tomoshada turli umumlashganlik darajasidagi tasavvurlar 
shaklida shakllantiriladigan buyumlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan 
olib boriladigan ta`limiy ishlar dasturi talablariga javob beradi. Bo’larning barchasi 
sayr - tomoshani bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisidagi tashkil etiladigan 
ta`limning muhim shakliga aylangirgan. Sayr - tomoshadan bolalarni tabiat bilan 
tanishtirishda keng foydalaniladi. U yilning turli mavsumida o’rmonda istirohat 
bog’ida, o’tloqda, suv havzasida o’tkaziladi. Sayr - tomosha bolalarni kattalarning 
xilma - xil mehnati, ularning mehnat natijalari bnlan tanishtirish, arzirli ijtimoiy 
voqea va hodisalar bilan tanishtirish uchun ham uyushtiriladi. Sayr- 
tomoshalarning muhim ahamiyati shundan iboratki, ular bolalarda atrof-muhitdagi 
hayot haqida aniq tasavvur va taassurotlarning shakllanishini ta`minlaydi. SHunga 
muvofiq sayr - tomoshada foydalaniladigan asosiy metod kuzatish hisoblanadi, 
sayr - tomosha davomida unga bir kecha marta ehtiyoj tug’iladi. YAlpi kuzatish 
sayr tomoshaning asosiy tuzilish qismini tashkil etadi. Sayr - tomosha maqsadi va 
aniq mazmunga qarab tabiiy narsalarni yig’ish va mustaqil kuzatishga vaqt 
ajratiladi. Unga kuzatiladigan ob`ektlarning sifati haqidagi tasavvurlarni 
aniqlashga yoki mustahkamlashga yordam beradigan o’yin mashqlari ham 
kiritiladi. Sayr - tomosha davomida tarbiyachn izohlar beradi, ba`zan esa, bolalarga 
kuzatilayotgan narsalar haqida hikoya qilib ham beradi. Bolalarni kattalar mehnati 
bilan tanishtirilayotganda ular bilan odatda, mehnati kuzatilayotgan xodim 
suhbatlashadi. Agar imkoniyat ko’tarsa, sayr-tomosha paytida bolalarni ozgina 
muddat bo’lsa ham kattalar mehnati bilan shug’ullantirish (mollarga ovqat berish, 
narsalarni tashish va hokazo) foydadan holi bo’lmaydi. 
Sayr - tomoshaga bolalarga beriladigan xilma - xil topshiriqlarning kiritilishi, 
u yoki bu metodlardan foydalanish asosiy vazifa - kuzatiladigan ob`ektlar haqidagi 
yorqin ko’tarinki va tiniq tasavvurlarni ta`minlash talabiga javob berishi lozim. 
Sayr - tomoshada asosiy ob`ektlarni idrok etish bolalardan diqqatlilikni, 
uyushgan xulk - atvorni talab qiladi. Zotan bolalar rang - barang ob`ekt va 
xodisalar, ba`zan tanishtirish uchun rejalashtirilmagan narsalarga duch keladilar. 


81 
Bo’larning barchasi sayr - tomosha o’tkazishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi 
va tarbiyachidan uni o’tkazishga puxta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. 
Sayr - tomoshani o’tkazish uchun odatdagi mashg’ulotdan keng ko’lamli 
ta`limiy vazifa tanlab olinadi, u kuzatuvchanlikni, qiziqishni, ijobiy munosabatni 
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi mazmunga ega bo’lishi mumkin va hokazo. 
Ta`limiy vazifalarning aniq mazmuniga qarab sayr - tomosha yo’nalishi, 
tuzilishi ishlab chiqiladi, metodlari belgilanadi. Sayr - tomosha o’rnini 
belgilayotganda uning bolalar muassasasida uzoq - yaqinligini ham hisobga 
olinishi kerak. Sayr - tomosha joyiga olib boradigan yo’l toliqtiradigan bo’lmasligi 
lozim. 
Sayr - tomoshaga tayyorgarlik ko’rishda bolalar to’plashi mumkin bo’lgan 
narsalar belgilanadi, materialni tashib yurish uchun ham, uni keyin joylashtirish 
uchun ham tegishli anjomlar hozirlanadi. 
Bolalarning sayr - tomoshaga qiziqishini uyg’otish maqsadida oldindan xabar 
qilinadi. Bolalar bilan suhbatlashish chog’ida bo’lajak sayr - tomoshaning maqsadi 
yoritiladi, uning taxminiy mazmuni («nimalarni ko’rishimiz mumkin») muhokama 
etiladi. Bolalar kerakli anjomlarni tayyorlashga jalb etiladi. Sayr - tomoshadan sal 
oldin qisqacha suhbat o’tkazilib, unda bolalarning kuzatilajak ob`ektlar haqidagi 
tasavvurlari jonlantiriladi, maqsad aniqlanadi, anjomlar taqsimlanadi. Bolalarga 
sayr - tomoshada o’zni tutish qoidalari aytiladi yoki eslatiladi. 
Sayr - tomoshaning borishiga aniq rahbarlik qilish uni o’tkazish jarayonida 
foydalaniladigan metodlar bilan bog’liqdir. Bunda bolalarni uyushtirish alohida 
e`tiborni talab qidadi. Tarbiyachi har gal kuzatish o’tkazar ekan, kuzatish ob`ektini 
bolalarga barobar ko’rinadigan qilib joylashtiradi. Tarbiyachi tomonidan xilma - 
xil usullarning qo’llanilishi aqliy faollik uyg’otadi va kuzatishga qiziqishni 
oshiradi. Bolalarga alohida - alohda topshiriqlar ham beriladi. Ob`ektlarni turli 
sharoitlarda ko’p martalab idrok qilish, topshiriqlarni uncha katta bo’lmagai 
hajmdagi mazmunda almashlab turish sayr- tomoshaning muvaffaqiyatini 
ta`minlaydi. 
Sayr - tomoshada olingan tasavvurlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga 
oid keyingi ishlar mashg’ulotlar tizimida va kundalik hayotda: tasviriy faoliyatda, 
qurish - yasashda, hikoya qilib berishda, bolalar mehnatida amalga oshiriladi. 
Mashg’ulot so’ngida yakuniy suhbat o’tkaziladi. 
Sayr - tomosha o’qitishni tashkil etishning murakkab shakli sifatidagi tabiati 
uni faqat o’rta va katta tarbiya yoshndagi guruhida qo’llanishni taqozo etadi. 
Kichik tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan o’ziga xos sayr- tomoshalar 
xona ichida va maktabgacha ta`lim muassasasisi xududida o’tkaziladi. Ular 
tarbiyachi rahbarligida yalpi kuzatishdan iborat bo’ladi. Ularning davomiyligi va 
mazmuni juda qisqa bo’lishi lozim. 
Tarbiyachi kun bo’yi o’qitishni bolalarni tashkil etishning xilma - xil
shakllaridan foydalangan holda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Sayr 
vaqtida tabiat hodisalarini, kattalar mehnatini bolalar bilan yalpi kuzatish 
o’tkaziladi. Vaqt - vaqti bnlan kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarga 
ularga ma`lum, ular sevib qolgan adabiy asarlarni o’qib beradi. Kundalik hayotda 
bolalar bilan turli metodlardai foydalanib olib boriladigan ta`limiy ishlar barcha 


82 
hollarda uning asosiy shakli - mashg’ulot bilan uzviy bog’liqdir. Bunda ikki vazifa 
hal etiladi: keyinroq mashg’ulotlarda qo’llaniladigan tasavvurlar yoki harakat 
tajribasining oldindan to’plalishi yoki ko’nikma va malakalarni ishlab chiqish, 
mashg’ulotlarda oliigan tasavvurlarni mustahkamlash. 
Shu maqsadlarda kundalik pedagogik jarayonda o’qitishning bolalarning 
uncha katta bo’lmagan miqdorini qamrab oluvchi guruhli shakli qo’llaniladi. 
Bunda avtodidaktik o’yinlardan ko’proq foydalaniladi (aqliy ko’nikma va 
malakalarni ishlab chiqish, bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirish uchun). 
O’qitishning guruhli shaklida o’sha bolalar yoki boshqalari bilan xilma - xil 
alohida - alohida mashqlar olib boriladi. O’qitishning alohida va guruhlash 
shakllaridan foydalanish uning tabaqalanishini bolalar o’quv - bilish faoliyati 
rivojlanishining darajasini birmuncha aniqroq hisobga olishni va ularning 
mashg’ulotlardagi o’qitish jarayoniga faol kirishishini ta`minlaydi. 
Ta`lim shakllaridan biri didaktik o’yin hisoblanadi. U avvalo kundalik 
hayotda bilimlar, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash uchun ham, yangi 
mazmunini o’zlashtirish chog’ida ham foydalaniladi. Biroq qator hollarda ayniqsa, 
maktabgacha ilk va maktabgacha kichik yoshdagi guruhlarda mashg’ulotlar 
didaktik o’yin shaklini kasb etadi. 
Muloqot 5 - 7 yoshli bolalar hayotida katta o’rin egallaydi; bolaning
kayfiyati, faolligi va faoliyati uning tengqurlari bilan muloqotdagi ehtiyojlari 
qanday qondirilishiga bog’liq bo’ladi. maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun 
muloqotning kengligi, tashabbuskorlik, muloqotning ishga va shaxsga oid tabiati 
xosdir. Ammo shu bilan birga nizolar ham bo’lib turadi. Tarbiyachi har bir bola 
jamoani tarkpb toptirish vositalaridan biri bo’lgan muloqot madaniyatini egallab 
olishi uchun bolalarning o’zaro munosabatlariga rahbarlik qilishi kerak. 
Bolalarning guruhdagi faoliyatining jamoa shakl.idagi faoliyatiga aloqador 
hayotlarini tashkil etish muloqotning har xil ko’rinishlari ish va shaxsga oid 
shakllarini rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar suhbatga kirishadilar, taassurot 
va fikr almashadilar, rollarni taqsimlashni, o’yin mazmunini, ishlarini muhokama 
qiladilar va shu kabilar. Bolalarning katta yoshlilar bilan muloqotlari xilma - 
xildir. 
Katta maktabgacha tarbiya yoshidagilarnnng tarbiyaviy vazifalari quyidagi 
xulq madaniyatini: katta yoshlilar va tengqurlar bilan osoyishta va xolisona 
muloqotda bo’lish, nizoli vaziyatlarda o’zini to’g’ri tutish madaniyatini 
shakllantirishni birinchi navbatda ilgari suradi. Tarbiyachi muloqot madaniyatini 
shakllantirishda etakchi o’rinni egallaydi. U bolalarni muloqot qoidalari va 
xushmuomala muloqot qilish usullari bilan tanishtiradi. 
Ertalab va kechki paytlarda bolalarning muloqotda bo’lishi uchun eng qulay 
sharoitlar yaratiladi. Tarbiyachi avvalo yolg’iz o’ynayotgan bolalarga murojaat 
kiladi va ularga nima qilish va nima deyish kerakligini aytib, birlashishni taklif 
etadi: «Olyani oldiga borganda, uni o’zing bilan «maktab-maktab» o’ynashga 
taklif et, unga o’yinchoqlarni qaerdan olishni ayt». 
Pedagog o’z guruhidagi bolalarning o’zaro munosabatlarini hisobga olib, 
muloqotga oson kirishadigan faol bolalar ham, uyatchan bolalar ham o’zlarini 
yaxshi his qiladigan bolalar jamoasini tashkil etadi. Masalan, u uyatchan va 


83 
tortinchoq bolalarga ularni tengqurlari va katta yoshlilarga ko’proq murojaat 
qilishga undab, so’rash, tushuntiring, o’z kuzatishlarini gapirib berish qabilidagi 
topshiriqlarni beradi. Muloqotga rahbarlik qilishda tarbiyachi bolalarning faqat 
ularni o’zlarigagina xos bo’lgan xususiyatlarini ham hisobga oladi. Muloqot 
madaniyatini tarbiyalashning muhim vositasi katta va kichik guruh bolalari 
faoliyatining jamoa shakllarini tashkil etilishidir. 
Katta va tayyorlov guruh bolalarining turmushini tashkil etish barqaror 
tabiatga egadir. U turli bayram ertaliklari, sayr - tomoshalar va yozda turistik 
safarlarni o’tkazishda qismangina o’zgaradi. 
Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. Kechki mashg’ulotlar faqat ilk yosh 
guruxlar bilan o’tkaziladi. Ularni didaktik o’yinlar shaklida o’tkazishni ko’proq 
rejalashtirish kerak. Mazmun, odatda, bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash 
maqsadida takror beriladi. 
Kunning ikkinchi yarmidagi rejaning asosiy mazmuni turli o’yinlar, bolalar 
mehnati va mustaqil badiiy faoliyatlariga rahbarlikdir. Bu ish, odatda, kichik yosh 
guruhlari bilan yoki yakka tartibdagi ish tarzida rejalashtiriladi. Faoliyatga 
rahbarlik vazifalari, uyushtirish shakllari, ayrim usullar ko’rsatiladi. 
Kunning ikkinchi yarmida vaqti - vaqti bilan ko’ngilochar o’yinlar, 
bolalarning tug’ilgan kunlari, o’yin - dramalashtirishlarni o’tkazish va qo’g’irchoq 
teatrini qo’yish va ko’rish, shuningdek, qo’l mehnati, kitoblarni elimlash, 
o’yinchoqlar yasash rejalashtiriladi. 
Nazorat savollar:
1.
Mashg’ulot jarayoni va unga qo’yiladigan talablarni siz qanday izohlaysiz? 
2.
Ta`limning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntiring. 
3.
Guruxlar bo’yicha ertalabki vaqt bo’lagini rejalashtirishga qaysi jarayonlar 
asos qilib olinadi va ularni izohlab bering. 
4.
Sayrni rejalashtirishga qaysi jarayonlar asos qilib olinadi va bo’lar qaysila? 
Adabiyotlar: 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y 
2.
Ta`lim to’g’risidagi qonun. Toshkent 1997 y. 
3.
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi. Toshkent. 1997 y. 
4.
O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar 
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
5.
B.Ziyomuhamedov, Sh.Abdullaeva ―Pedagogika‖ ―O’zbekiston Milliy 
entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti‖. T.: 2000 y.
6.
Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y. 
7.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat 
talablari. Toshkent 2008 y. 
8.
J.G’.Yo’ldoshev. Ta`lim yangilanish yo’lida. Toshkent ―O’qituvchi‖ 2000y. 
9.
R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.


84 
10.
R. Ishmuxamedov ―Ta`limda innovatsion texnologiyalar‖. Toshkent 
―Iste`dod‖. 2008 y 
11.
A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
12.
Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y. 
13.
―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y. 


85 
VIII BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachilariga bir kunlik ish 
rejasini tuzish bo’yicha ko’rsatmalar (amaliy) 
Reja:
1.
Maktabgacha ta`lim muassasasining bir kunlik ish rejasini tuzish. 
2.
Maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, uslubchisi va gurux tarbiyachisining 
ish xujjatlarini o’rganish. 
Mustaqil ish. Guruxning bir kunlik ta`lim - tarbiyaviy ish rejasini mustaqil tuzish. 
Mavzuning maqsadi: YOsh guruxlar bo’yicha ta`lim - tarbiyaviy ish rejasini 
mustaqil tuzishga o’rgatish. 
Mavzuning vazifalari: Maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, uslubchisi va gurux 
tarbiyachisining ish xujjatlarini o’rganish. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ertalabki vaqt bo’lagi va sayrni rejalashtirish

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish