O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

8.1.
 
Maktabgacha ta`lim muassasasining bir kunlik ish rejasini 
tuzish. 
 
Quyidagi talablar asosida gurux tarbiyachisining bir kunlik ish rejasini tuzing. 
Turli yoshdagi bolalar guruxidagi ish rejasi umumiy talab va chizma 
bo’yicha tashkil qilinadi. Ammo uning turli yoshdagi bolalarni birgalikda 
tarbiyalash xususiyatlaridan kelib chiquvchi ayrim o’ziga xosliklari bor. Bolalar
faoliyatining har xil turlarini tashkil etish alohida e`tiborni talab qiladi, chunki 
bolalarning yosh imkoniyatlari aynan faoliyatda yorqin namoyon bo’ladi: turli 
yoshdagi bolalar turli bilim hajmiga, zarur ko’nikma, malakalarga egadirlar, 
ularning mustaqillik va uyushganlik, ishlash qobiliyatlari, chidamliliklari va shu 
kabilar turlichadir. Bolalarning bu xususiyatlari kundalik hayotini qaror toptirishda 
hisobga olinadi. Ular bolalar faoliyatining mazmuni, tashkil etish shakllari, bolalar 
bilan bo’ladigan barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllarini belgilaydi. Turli 
yosh guruhlarda ta`lim - tarbiyaviy ishning xilma - xil shakllari: yalpisiga kichik 
guruxlar bilan (yoshlarga oid) va yakka tartibdagi shakllardan foydalaniladi. 
Ish yalpisiga tashkil etilganda faoliyatning barcha uchun yagona bo’lgan tur 
aniqlanadi, ammo uning aniq mazmuni, bolalarga tushadigan yuklama, raxbarlik 
usullari yosh guruxlariga tatbiqan tabaqalanadi. Bunda turli yoshdagi bolalarning 
o’zaro munosabatlariga katta e`tibor beriladi. 
Ish kichik guruhlar bilan tashkil etilganda guruxlar turli yoshdagi yoki bir xil 
yoshdagi bolalardan tuzilishi mumkin. Birinchi holatda bolalar faoliyatiga ishni 
yalpisiga tashkil etishga qo’yiladigan talablar bilan bir xil talablar qo’yiladi. 
Ikkinchi holatda bolalarning faoliyatlari yagona mazmunda tashkil etiladi va unga 
rahbarlik umumiy talablardan kelib chiqadi. 
Yakka tartibdagi ish yoshidan qat`iy nazar tashkil etiladi. Uning mazmuni, 
metodi va usullari bolalarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning bilim, malaka va 
ko’nikmalarni egallash darajalaridan kelib chiqib aniqlanadi. 


86 
Bolalar faoliyatini tashkil etishning xilma - xil shakllaridan foydalanish 
tarbiyaviy ishda bolalarning yosh imkoniyatlari va xususiyatlarini to’liqroq 
xisobga olishni, ularni tarbiyalash va rivojlantirishni qulaylashtirishni ta`minlaydi. 
Turli yosh guruxlaridagi ishning kalendar rejasi bolalar bilan vaqtning asosiy 
bo’laklarida olib boriladigan ta`lim - tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlarini 
qamrab oladi. 
Ertalab. Ertalabki gimnastika rejalashtiriladi (10 - 12 kunga bir marta). 
Muayyan sharoitlarga ko’ra u har bir yosh guruhiga yoki barcha bolalar bilan bir 
xil bo’lishi nazarda to’tiladi. Birinchi holatda har bir kichik yosh guruhi uchun 
alohida mashqlar majmui tuziladi. Ikkinchi holatda mashqlar majmui umumiy 
bo’lishi mumkin, ammo ayrim mashqlarni har bir yosh guruhida takrorlash 
miqdori aytib o’tiladi. Kichkintoylar uchun mashqlar ro’yxati ham qisqartirilishi 
mumkin. Bundan tashqari, katta bolalar uchun mashqlarni murakkablashtirish va 
yuklamani oshirish maqsadlarida gimnastika tayoqchalari, obruch, jismoniy tarbiya 
jihozlaridan foydalanish nazarda to’tiladi. 
Ertalabki vaqt bo’lagida bolalar bilan yakka tartibda bo’ladigan, shuningdek 
bir yoshdagi kichik guruhdagi bolalar bilan ishlash (dasto’rning turli bo’limlari 
bo’yicha: nutqni o’stirish, matematik tasavvurlarni shakllantirish va boshqalar) 
rejalashtiriladi. Ertalab tabiat burchagida yashovchilarni yakka tartibda va kichik 
guruxlar bo’lib kuzatish o’tkaziladi. Navbatchilar ishiga (katta bolalar) rahbarligi 
rejalashtiriladi. Ayni shu bilan birga katta bolalarga yordam berish yoki ularning 
mexnatini kuzatishga kichkintoylardan qaysi birini jalb qilish ko’rsatiladi. Xo’jalik 
- turmush ishlari ham xuddi shunday tashkil etiladi. 
Ertalab bolalarga didaktik o’yinlarni taklif etish mumkin. Tarbiyachi rejada 
bolalarni u yoki bu o’yinlarga jalb qilish usullarini, o’yinlarni boyitish usullarini 
ko’rsatadi (kichkintoylar uchun didaktik o’yinchoqlar bilan o’ynashning yangi 
usullarini ko’rsatish, katta yoshdagi bolalarni stol - bosma o’yinning yangi turi 
bilan tanishtirish va shu kabilar) . 

Download 2,1 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish