Maktabgacha ta`lim muassasasilarda bolalar hayotiki tashkil etishning




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 
10.1. Maktabgacha ta`lim muassasasilarda bolalar hayotiki tashkil etishning 
asosiy printsiplari 
 
Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`lim tizimidagi boshqa o’quv 
tarbiyaviy muassasalaridan bolalar hayoti va tarbiyasini o’ziga xos tashkil etishi 
bilan ajralib turadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning tarbiyasi maqsad va vazifalarini 
amalga oshirish ular hayotini tashkil etishning asosiy xususiyatlarini belgilab 
beradi. 
Yasli - maktabgacha ta`lim muassasasilarda bolalar hayotini tashkil etish har 
tomonlama tarbiyalash vazifalariga kompleks yondoshish asosida, ta`lim - tarbiya 
mazmuni, shakli va metodlari birligi asosida quriladi. 
Hayotni tashkil etish bu hayot faoliyatining asosiy jarayonlarini turli yosh 
guruhlaridagi bolalarning yakka, kichik guruhlar va umumiy guruhlar shaklidagi 
faoliyati va ta`limini maqsadga muvofiq joriy etish, birga qo’shib olib borish
shuningdek, har bir bolani har tomonlama va garmonik tarbiyalash hamda 
rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratishdir. 
A. S. Makarenko bola hayotini to’g’ri tashkil etishning uning tarbiyasi va 
rivojlanishidagi rolini ta`kidlab shunday degan edi: «Tarbiyaviy ishning haqiqiy 
mohiyati umuman, sizning bola bilan qo’rgan suhbatlaringizda, bolaga 
ko’rsatadigan bevosita ta`sirda emas, balki oilangizning, shaxsiy va ijtimoiy 
hayotimizning va hamda bola hayotining tashkil etilganligidadir». 
Hozirgi paytda maktabgacha ta`lim muassasasilarida o’quv - tarbiya jarayoni 
sifatini oshirish va bolalar hayotini tashkil etish zarurati vujudga keldi. 


102 
Bolalar hayotini tashkil etish va sog’lomlashtirish ishining barcha 
bosqichlarida bolalarning yosh guruhlaridagi hayotini tashkil etish takomillashib 
kelgan va bunga fiziologlar, psixologlar, pedagoglar, (E. I. Tixeeva, E. A. Flerina, 
A. P. Usova, N. M. Shelovanov, N. M. Aksarina va boshqalarning) tadqiqotlari 
asos bo’lgan. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi bolalar hayoti va faoliyatini tashkil 
etishning quyidagi umumiy printsiplarini ishlab chiqqan: 
Bolalarning har bir yosh guruhidagi birgalikdagi hayot tarzi. Bu printsip 
asosida guruhdagi barcha bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni
jamoachilik ruhida tarbiyalagani uchun bir xil sharoitni ta`minlash ko’zda to’tiladi. 
Guruhlarni komplektlashning yosh printsipi bolalarning har bir guruhida bir 
yoki ikki yoshning bo’lishini taqozo etadi va ularning yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda ta`lim va tarbiya jarayonini ta`minlaydi. 
Guruhning bolalarning har tomonlama faoliyati va muloqoti uchun zarur 
moddiy muhitini yaratish. Bu printsipga ko’ra guruhlar xonalarini va maydonlarini 
pedagogik, gigienik va estetik talablarning yagona birligi asosida jihozlash va 
obodonlashtirish amalga oshiriladi. Turli maqsadlardagi keng - mo’l xonalar, 
yosh - o’sish me`yorlariga muvofiq yasalgan muayyan qolipdagi mebellar, ularni 
joylashtirish, o’yin va mashg’ulotlarga mo’ljallangan qurol va materiallarning rang 
- barangligi har bir yosh guruhi uchun bolalar imkoniyatlari va tarbiya vazifalarini 
hisobga olgan holda ko’zda tutiladi. 
Kun tartibining doimiyligi va yosh xususiyatiga bog’liqligi, ilk va 
maktabgacha ta`lim yoshda asosiy hayotiy faoliyat ritmi bir xil emas. Bolalarning 
o’z - o’zlarini tashkil etishdagi va xulqlaridagi nmkoniyatlari ham bir xil emas. Ilk 
yoshdagi birinchi va ikkinchi guruh bolalarining o’z xatti-harakatini idora etishdagi 
ixtiyoriy qobiliyatining mutlaqo yo’qligi, nochorligi ular hayotini tashkil etishda 
x.ar bir bolaga parvarish uchun ko’p vaqt ajratish zaruratini keltirib chiqaradi. 
YOsh o’ta borishi bilan paydo bo’ladigan mustaqillik, o’z xatti - harakatini 
o’zlashtirilayotgan qoidalarga muvofiq idora eta olish qobiliyati asosiy hayot 
faoliyatiga ketadigan vaqtni qisqartiradi va bolalar faolligini rivojlantirishga 
yordam beradi. Kun tartibini bajarishda o’z - o’zini tashkil eta olish ko’inkmasi 
tufayli mashg’ulotga, o’yinga, mehnatga vaqt qoladi. Har bir yosh guruhidagn kun 
tartibining o’ziga xosligi umumiy jihatni ham, kun tartibi jarayonlarining 
izchilligidagi barqarorlikni ham ko’zda tutadi. 
Bolalar hayoti - bu faqat kattalarning bo’lg’usi hayotiga taiyorgarlik emas, 
bolalik davri bolalarni qiziqtiradigaa va uni zavqli qiladigan, ular tomonidan 
ijtimoiy tajribaning o’zlashtirilishini ta`minlaydigan rang-barang faoliyat bilan 
qiziqarlidir. 
Turli faoliyat ko’rinishlarini (o’yin, mehnat, ta`lim) joriy etish: ularning kun 
tartibidagi o’rni, bolalarning rivojlanish darajasiga ko’ra bu faoliyat turlarini 
qo’shib va navbatlashtirib turish, bola shaxsining shakllanishidagi roli. 
Kun mobaynida o’yinlar, mehnat va ta`lim uchun vaqt ajratiladi. Ularning 
maktabgacha ta`lim muassasasisidagi turli guruhlardagi o’rni bolalarning yosh 
imkoniyatlariga yakka tarzda yoki guruh bo’lib harakat qila olish ko’nikmasiga, 
bir-birlari bilan muloqotda bo’la olish malakasiga bog’liq. O’yin faoliyati va 


103 
boshqa faoliyat turlarining asta - sekin kuchaya borishi ham ahamiyatga ega bo’la 
boradi. 
Yosh guruhlarida bolalar hayotini ular hayoti va sog’lig’iii muhofaza etishga
yo’naltirilgan holda tashkil etish. Mazkur printsip asosida yasli - maktabgacha 
ta`lim muassasasilardagi yosh guruhlari uchun xonalar ajratiladi, mebel va jihozlar 
tanlanadi, qo’llanma va meteriallar joylashtiriladi, ovqat tayyorlanadi, chiniqish 
tizimi va kundalik harakat faoliyati joriy etiladi. Tarbiyachilar, enagalar va bolalar, 
shuningdek, bolalar o’rtasidagi munosabatlarda vazminlik, olijanoblik, 
insonparvarlik ruhi hukm suradi. Ziddiyatlar oldi olinadi va odilona hal 
etiladi, bolalar asabiylignning payi qirqiladi. 
Bolalar hayotini tashkil etishda estetik talablarga rioya qilish ulardan faqat 
xonalarni jihozlashda foydalanishni emas, balki pedagogik jarayonda 
foydalanishni ham ko’zda tutadi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Maktabgacha ta`lim muassasasilarda bolalar hayotiki tashkil etishning

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish