|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rtaBog'liq Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishiGigienik
talablar.
O’yinchoq qanday materialdan va rangdan
tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi
tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar.
Shakl, bo’yoq va bezaklarning har tomonlama
uyg’unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to’ldirib, ta`kidlab, o’yinchoqning
badiiy ifodaliligini oshiradi. O’yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning
turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to’la mos kelmog’i lozim.
To’g’ri tanlangan o’yinchoq bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-
estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda
didaktik o’yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq
rivojiga ta`sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi. buyum va uning
xususiyatlariga, qurilishiga bo’lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari
boyib boradi.
O’yinchoq bolani quvontiradi. atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat
hosil qiladi. birgalikda o’ynash tuyg’usini uyg’otadi va ijobiy his - tuyg’ularni
tarkib toptiradi. Axloqiy his - tuyg’ularni shakllantirishda qo’g’irchoq muhim
ahamiyatga ega. Milliy qo’g’irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo’lgan
tengdoshlariga bo’lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi.
San`atning birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo’lgan o’yinchoq
estetik hislar va kechinmalami uyg’otadi, estetik tarbiyani to’plashga yordam
beradi va badiiy didni shakllantiradi. SHu o’rinda bolalarga yaqin va tushunarli
bo’lgan xalq o’yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta`kidlash lozim.
O’yinchoq bolalarni turli rang - barang harakatlarga undaydi va bolaning
faol harakatga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini,
harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo’ljallangan ko’p o’yinchoqlar (shaqildoqlar, rezina
koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko’rish.
|
| |