134
Didaktik o’yinlar
Didaktik o’yinlar ta`limiy o’yin sifatida bolalarning
yosh xususiyatlariga
mos keladigan o’yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o’yinlarning muhim belgisi undagi
qoidalarning mavjudligidir. O’yinda o’yin niyati, o’yin qoidalari, o’yin harakatlari
o’rtasida uzviy aloqa mavjud. O’yin niyati o’yin harakatlarining tabiatini
belgilaydi. O’yin
qoidasi esa, o’yin harakatlarini,
vazifasini hal etishga va
o’yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik o’yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi.
Bu o’yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi,
bilim jarayoni, sensor
madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O’yin qoidasiga rioya
qilish, unga amal qilish o’yin mazmunini boyitadi.
Didaktik o’yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi.
Bolaning kun tartibida didaktik o’yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak.
Bunday
o’yinlar mashg’ulot jarayonida va o’yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-
yakka o’tkaziladi. Bunda o’yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi.
Didaktik
o’yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta`sir etish.
2. So’ralganda javob berish.
3. O’rtoqlari fikrini eshita olish.
4. O’yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. O’yin qoidasini bajarish.
6. O’z xatosini tan olish.
Didaktik o’yinlarda bolalarning yosh, individual
xususiyatlarini hisobga
olish lozim. O’yinda o’yin tempi va ritmi katta rol o’ynaydi, juda sekin va bir
tekisdagi temp bolani ko’p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi,
turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o’yin
ishtirokchilarini
to’g’ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o’yinlarning quyidagi turlari mavjud:
a) buyum va o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan;
b) stol-bosma;
d) og’zaki so’z o’yinlari.