O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

3-bosqich.
 
O’yinga tayyorgarlik (o’yin o’ynash uchun maxsus joy, o’yinchoqlar va 
o’yin materiallari): 
- tayyor o’yinchoqlarni tanlash; 
- qo’lda yasalgan o’yinchoqlar. Bunda bolalarning mustaqil shug’ullanishlari 
uchun o’yin zonasini tashkil etish. 
4-bosqich.
 
Bolalarni o’ynashga o’rgatish (o’yin jarayoni va boshqa narsalarni 
o’yinda aks ettirish): 
- o’yinchoq va uning o’rnini bosuvchi buyumlar ta`sirini o’rganish; 
- o’yinda xayoliy tasavvurlarni aks ettirishga o’rgatish; 
- o’yinda so’zlardan foydalanishga o’rgatish; 
- o’yinda harakatlarni hisobga olish malakalarini shakllantirish; 
- so’z va harakat; 
- harakat va o’yin materiali (so’z, harakat va o’yin materiali o’yinning tili 
hisoblanadi). 
5-bosqich.
 
O’yinda axloqiy munosabatlarga ta`sir etish, bolalar jamoasi, xulq-
atvor, madaniyat, o’yin faoliyatida o’yin madaniyatini shakllantirish: 
- ma`lum o’yin mavzuyiga nisbatan bolalarning his-tuyg’ularini uyg’otish; 
- bolalarga o’yinni avvaldan rejalashtirish elementlarini o’rgatish; 
- o’yinda rol va o’yinchoqlarni oqilona taqsimlashga o’rgatish; 
- tengdoshlari bilan ahil o’ynay olish madaniyatini tarbiyalash; 
- ahil jamoani shakllantirish: mustaqil o’ynash va o’yinni oxiriga etkazish, o’yin 
jarayonidagi kelishmovchilik, bahslarni oqilona hal eta olish malakalarini 
tarbiyalash; 
- kattalarning o’yinga ta`sir etishi - maslahat berishi, tushunchalarini to’ldirish, 
o’yinga to’laqonli yordam berish; 
- bolalarning o’yin faoliyatlarini, axloqiy munosabatlarni baholash. 


132 
Sahnalashtirish o’yinlarining o’ziga xos xususiyatlari. Saxmalashtirish 
o’yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o’yin turi bo’lib, unda badiiy asar va 
hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo’lib ijro etiladi. Bu o’yinlar bolalarda iroda, 
intizom va o’z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan 
hisoblashish kabi ijobiy ma`naviy xislatlarni shakllantiradi. 
Sahnalashtirish o’yinlarida bolalar o’yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va 
ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo’lgan qahramonlik, 
jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o’zlarida 
yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug’at boyligi, 
dunyoqarashi kengayib boradi. 
Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan 
bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish