O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

13.1.
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishida – o’yinning tutgan 
o’rni va uning pedagogik talablarga javob berishi 
 
Ma`lumki, bolalarning asosiy vaqti o’yin bilan o’tadi. O’yin - maktabgacha 
yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi. ularning asosiy 
faoliyati bo’lib hisoblanadi. O’yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub`ekti sifatida 
shakllana boshlaydi. O’yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog - 
psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograllar va madaniyat arboblari diqqatini 
o’ziga qaratib kelgan. 
O’rta Osiyo madaniyati tarixiga nazar solsak, oilada farzand tarbiyasiga juda 
katta e`tibor qaratilgan. Mashhur allomalardan Abu Nasr Forobiy. Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Ahmad Yugnakiylar o’z asarlarida 
xalqimizga xos bo’lgan farzand tarbiyasi ustida fikr yuritganlar. Xalq 
pedagogikasini o’rganish davomida olimlarning farzand ta`lim - tarbiyasi va odob - 
axloqqa old asarlarida bolalarni tarbiyalashda tarbiyaviy ishning eng ta`sirchan 
uslubi - o’yin shaklidan juda keng foydalanilganligini ko’ramiz. 
O’tmish pedagog olimlaridan P.P. Lestgaft, K.D. Ushinskiy tomonidan o’yin 
nazariyasi ishlab chiqilgan. O’yinning mehnat jarayoni asosida paydo bo’lganligi 
va tarbiyachining yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi roli, o’yin 
mazmunining bola shaxsinishakllantirishdagi ahamiyatini K.D.Ushinskiy asoslab 
berdi. 
Rus olimlari san`atning kelib chiqishini tadqiq qilayotganlarida bolalar 
o’yinlariga e`tibor qiladilar. Ularning fikricha, kishilik tarixida o’yinlar san`at kabi, 
mehnat paydo bo’lgandan so’ng uning asosida vujudga kelgan. 


128 
Jamiyat hayotida mehnat jarayonida bolalar kattalar mehnatiga taqlid qilish 
orqali o’ynaydilar, xuddi shu o’yin keyinchalik lalarni mehnat faoliyatiga 
tayyorlashda muhim bosqich bo’lib isoblanadi. 
P.F. Lesgaft «Bola dastlabki o’yinida tevarak - atrofdagi voqea-odisalarga 
taqlid qiladi, o’yin ijtimoiy voqelikni aks ettiradi»,— izohlagan edi. 
Buyuk psixolog D.V. Elkonin o’yinning kelib chiqishiga oid yangi g’oyani 
ilgari suradi. Jamiyatning dastlabki taraqqiyotidayoq bolalarning kattalar hayoti va 
mehnatida ishtirok etishlari, bolalarning mehnat qilishlari uchun qulay o’yinchoq 
— mehnat qo’llari ishlab chiqilgan. O’yinchoq - qurollar paydo bo’lishi natijasida 
rolli o’yinlar paydo bo’ladi. D.V. Elkonin kattalar mehnatida ishtirok etish orqali 
bolada mehnat qilishga intilish hissini uyg’otish zarurligi g’oyasini ilgari surgan. 
Maktabgacha pedagogikada o’yin nazariyasi ijtimoiy faoliyat asoslanib, 
mehnatning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo’ladi. O’yin doimo hayotni aks 
ettiradi. SHuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o’zgarib turadi. O’yin - 
maqsadga qaratilgan o’ylangan jarayondir. O’yin jarayoni asosida o’quv faoliyati 
rivojlanadi. Bola yoshligida qancha ko’p o’ynasa, bu maktabda yaxshi o’qishiga va 
keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish