O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

13.2.
 
Turli yosh guruxlarda bolalar o’yinlariga raxbarlik qilishni tahlil 
qilish. 
 
O’yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab ish. Bu o’yinning 
maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, bolalar 
muassasasida olib boriladigan ta`lim - tarbiya jarayonida olib boriladigan o’rni, 
o’yin turlarining xilma - xilligi va ularni rivojlantirish xususiyatldari bilan 
bog’liqligi tufaylidir. 
Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o’yin faoliyatini chuqur tahlil qilishni va 
uslubchi tomonidan tarbiyachilarga o’z vaqtida yordam ko’rsatishni ta`minlaydi. 
Bolalarning o’yinlari xilma - xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo’lgan butun 
bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o’yinda bolaning faolligini namoyon 
qilish xarakteriga ko’ra, ularning bolalarga ko’rsatadigan ta`siri va nihoyat kelib 
chiqishiga ko’ra katta o’zgarishlarni boshidan kechiradi. 
Uslubchi ishni o’yin turlarini tanlashga qaratadi. Mashg’ulotdagi didiktik 
o’yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakatli, musiqaviy didaktik o’yinlari, stol ustida 
o’ynaydigan o’yinlar, tinch o’yinlar va ijodiy o’yinlar tarbiyachi tomonidan 
rejalashtirishning maqfsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini nazorat qilib borib, 
tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy maslahatlar berdi. Turli yosh 
guruhlardagi o’yin tizimini ―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ dastur asosida ishlab 
chiqadi va o’yin jarayonini kuzatish jadvalini tuzadi. 
1.
O’yin faoliyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun sharoitlarning 
ta`minlanganligi (o’yin uchun berilgan vaqtning etarliligi, o’yin faoliyatini 
kengaytirish uchun joyning, zarur o’yinchoq va qo’llanmalarning mavjudligi va 


137 
xonada ularni to’g’ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va yaxshi 
kayfiyatlari); 
2.
O’yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi-bolalarning emotsional ijobiy
holatlarini qo’llab-quvvtlash va yaxshilashga yo’llangan metod va usullar,
o’ynovchilarning faolligini ta`minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o’z 
vaqtida o’tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi? O’yin faoliyatini 
uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning ilk yoshida o’yindan uning nutqini 
tushunishni rivojlantirish va faolligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, 
ijobiy o’zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash. 
3.
Uslubchi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi. 
1.
O’yinni faoliyat tarzida rivojlantirish; 
2.
O’yindan bolalarga ta`lim - tarbiya berishda foydalanish. 
Guruhda to’laqonli o’yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga:
a) tarbiyachining o’yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi; 
b) o’yin muhitini yaratish; 
v) kundalik hayotda o’yin uchun vaqtning etarliligiga alohida e`tibor berib 
bordi. 
Tajriba shuni ko’rsatdiki, bolalarningt o’yin jarayonidagi hatti- harakatlari, 
ularning katta yoshlilarga taqlid qilish istagidan dalolat beradi. Bolaning o’yini 
odamlarning hatti-harakatlari, hulq-atvori, o’zaro munosabatlarini o’yin roli 
vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo’ldi.
Nazorat savollari: 
1.
Qanday o’yin turlarini bilasiz? 
2.
Milliy xarakatli o’yinlardan misollar keltiring. 
3.
O’yinlarning bola shaxsini rivojlanishiga ta`sirini tushuntirib bering. 
4.
Musiqali – didaktik o’yinlardan misollar keltiring.
Adabiyotlar: 
1.
O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar 
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
2.
R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.
3.
Sh.K.Tashpulatova ―Maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tashkil etish va 
boshqarish usullari‖ TDPU.T.: 2001 y.
4.
A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
5.
Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y. 
6.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat 
talablari. Toshkent 2008 y. 
7.
Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y. 
8.
―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y. 


138 
XIV BOB. Mehnat tarbiyasiga raxbarlik. (amaliy)
Reja: 
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari jadvalini 
tuzish. (Dastur asosida) 
2.
Mehnat turlari jadvalini tuzish (maishiy – xo’jalik, tabiatdagi, qo’l mehnati)
Mustaqil ish: Mehnat turlariga oid o’yin namunasini tuzing. 
Mavzuning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat tarbiyasi 
to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash. O’quvchilarni dastur bilan ishlashga 
o’rgatish. 
Mavzuning vazifalari:
1.
Dasturda belgilab berilgan mehnat turlarini turkumlash. 
2.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama tarbiyalashda mehnatning 
axamiyati to’g’risida ilmiy bilimlarini kengaytirish. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish