Guruxlar bo’yicha bolalar mehnatining turlari va uni tashkil etish




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

14.2.Guruxlar bo’yicha bolalar mehnatining turlari va uni tashkil etish 
shakllari 
 
Maishiy-xo’jalik mehnati. Stol va stullarni to’g’ri qo’yib chiqish, changni 
artish, stollarga idishlarni va priborlarni qo’yib chiqish, echinishdan so’ng 
shkafdagi kiyimlarning qanday osilganligini tekshirish» to’kilgan suvni artib olish, 
axlatni yig’ib chelakka solish, oshpazdan nonushtaga nima tayyorlanganligini 
so’rash, o’rtog’iga tugmachalarinn qadashida yordamlashish, 
Tabiatdagi mehnat. Xona o’simliklariga suv qo’yish, baliqlarni boqish
dushlar suvdonini yuvish, o’simliklarning yirik barglarini artish, piyoz ekish, yirik 
egatdagi o’simliklarga suv quyish. Qo’l mehnati. O’yinchokni tuzatish, kitobni 
elimlash, xatcho’p, sanoq materiali, kichkintoylar uchun o’yinchoqlar yasash va 
shu kabilar. 
Bajariladigan topshiriqlarni hisobga olib borish maqsadga muvofiqdir. Bu 
bolalarni mehnatni uyushtirishning murakkabroq shakllalariga tayyorlashni, ularni 
ishda bir tekisda qatnashishlarini ta`minlaydi, bolalarning mehnat malakalarini 
egallash darajalarini, mehnatga munosabatni, qo’yilgan vazifani hal qilish 
yo’llarini mustaqil uylab topish kunikmalarini aniqlash va shunga ko’ra bolalar va 
ota-onalar bilan olib boradigan individual ish belgilashni ta`minlaydi. 
Topshiriqlarning bajarilishini hisobga olish shakli boshqacha xam bo’lishi 
mumkin. Ammo katta tarbiyachining vazifasi ana shunday shaklni ishlab chiqish 
hamda ish praktikasiga joriy qilishdir. 
Bolalarning topshiriqlarni bajarishlari hisobotining tahlili hamda guruxda 
ularni kuzatish uslubchiga topshiriqlarning samaradorligini baholash imkonini 
beradi. 
Uslubchi navbatchilar ishini kuzatish va tahlil qilishda bolalarni juftlarga 
birlashtirish printsiplariga, ular o’z ishlariii qanday kelishib olishlariga, vazifalarni 
o’zaro qanday taqsimlashlari va unga qanday qarashlariga, yuzaga keladigan 
tushunmovchiliklarni qanday hal qilishlariga, bir-biriga qanday muomala 
qilishlariga, 
bolalar 
tomonidai 
navbatchilikning 
qanchalik 
muntazam 


140 
bajarilayotganligiga, har bir bolaga to’g’ri kelayotgan yuklamaning hisobga olish-
olinmasligiga, tarbiyachi navbatchilar ishi ustidan nazoratni qanday amalga 
oshirayotganligiga, ish hajmini belgilashda bolalarning individual xususiyatlari 
xisobga olinish-olinmasligiga, navbatchilar ishini baholash metodikasiga e`tibor 
berishi kerak. 
Bolalarning jamoa mehnatlarining tashkil etilishi hamda unga rahbarlik 
metodikasiga alohida e`tibor talab qilinadi. Bolalarning jamoa mehnatlari yonma-
yon ishlash, umuman va hamkorlikdagp mehnat tarzida tashkil etilishi lozim. 
Yonma-yon mehnat bolalar tomonidan murakkabligi va hajmi jihatidan bir xil 
topshiriqlarning bajarilishini nazarda tutadi. Mehnatning bu turidan kichik 
guruxlarda 
foydalanish 
mumkin 
(qo’g’irchoqlarning 
kiyimlarini 
yuvish, 
maydonchani barglardai tozalash, piyoz, nuxat ekish va shu kabilar). 
Tarbiyachining rahbarligi ishni bajarish usullarini, uning bajarilishizchilligini 
ko’rsatishga, bolalarning intilishlarini hamda ishni oxiriga etkazish ko’nikmalariga, 
ishning sifatiga; bolalarning bir-birlariga g’amxo’rlikni namoyon qilishlari va 
o’rtog’iga yordam berishiga qaratilishi lozim. 
Umumiy mexnat bolalarni bir zvenoga birlashtiradi. Ish natijalari 
umumlashtiriladi. 
Bolalarni birlashtirishning eng murakkab shakli hamkorlikdagi mehnatdir. 
Hamkorlikdagi mehnatning o’ziga xos xususiyati unda bir qator izchil 
bosqichlarning mavjudligi va bolalarning mehnat jarayoniga ayni bir vaqtda 
qo’shilmasliklaridir. 
Jamoa mehnatni uyushtirishda uchta bosqich ajratiladi: bajarilishi lozim 
bo’lgan ishni qatnashchilar o’rtasida taqsimlash, topshiriqlarning bolalar 
tomonidan bajarilish jarayoni va mehnat faoliyati natijalarini muhokama qilish. Bu 
bosqichlar tahlilida nimalar hisobga olinishi kerak? 

Download 2,1 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruxlar bo’yicha bolalar mehnatining turlari va uni tashkil etish

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish