139
Kichik maktabgacha yoshda mexnat faoliyati zaminlarini shakllantirish
topshiriqlar berish shaklsida amalga oshiriladi. Topshiriqlar berishdan barcha yosh
guruxlarida keng foydalaniladi, ammo ularning
xaraktera va mazmuni
murakkabligi, davomiyligi, xarakteri bolalarni uyushtirishiga ko’ra jiddiy
o’zgaradi. Topshiriqlarning mazmuni «Uchinchi mingyillikning bolasi dastursi»da
aniqlangan bo’lib, ular faoliyat va mehnatning asosiy turlari bilan bog’langandir.
O’yin. O’yinchodlarni qo’yib chiqish,
qurilish materialini taxlash,
qo’g’irchoq kiyimlarini yuvish, o’yinchoqlarni maydonchaga olib chiqish, qordan
qurilmalar qurishda ishtirok etish, o’yinni uyushtirish, kichkintoylar bilan uynash
va boshdalar.
O’qitish. Mashg’ulot uchun qalamlar, taxtalar va boshqa qo’llanmalarni
qo’yib chiqish, ularni mashg’ulotdan so’ng yig’ishtirish; qalamlarning uchini
ochish, qutichalardagi bo’yoqlar
naborini tekshirish, qog’ozni qirqib qo’yish,
bolalarning rasmlarini yig’ib olish.