Pedagogik kengash o’tkazish metodikasi




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

16.3. Pedagogik kengash o’tkazish metodikasi. 
 
Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni 
qiziqtiruvchi mavzu tanlanishi, mavzuning dolzarbligi, muammoli xarakterga ega 
bo’lishi lozim. Shundagina pedagogik kengashda yaxshi ish muhiti hukm suradi, 
masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo’ladi. Pedagogik kengash tarkibiga 
mudira uslubchi tarbiyachi va pedagoglar, psixolog, vrach, xamshira, kasaba 
uyushmasi raisi kiradi. Shuningdek jamoa tashkilotlarining vakillari, maktab 
o’qituvchilari, ota-onalarni taklif etish mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha 
ta`lim muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengash 
tomonidan tasdiqlangan reja bo’yicha ishlaydi. Pedagogik kengash ishining 
muvaffaqiyati ko’p jihatdan pedagoglar jamoasiga qo’yiladigan masalaning 
muhimligi savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bog’liq bo’ladi. Pedagogik 
kengashga tayyorlanish shakllari xilma - xil bo’lishi mumkin. Masalan, 
tarbiyachilarning biriga o’z ish tajribasidan ―Hulq-atvor madaniyati‖ xaqida 
axborot berish, boshqasiga shu masala bo’yicha ―Psixologiya-pedagogika‖ 
fanining so’ngi yutuqlari haqida axborot tayyorlash topshirilsa, qolgan boshqa 
tarbiyachilarga tajriba almashinayotgan guruxda bo’lish topshiriladi. Uslubchi 
mazkur mavzuning chuqurligini mohiyatini ochib berishga yordam beradi. (bu 


159 
masalalar barcha tarbiyachilarga pedagogik kengash boshlanishidan ancha oldin 
ma`lum bo’lishi kerak). Savollar ro’o’yxatini tayyorlaydi. Nazariya, metodikaning 
eng qiyin masalalarini tarbiyachi navatorga topshiradi yoki o’yin tayyorlashni o’z 
zimmasiga oladi. Pedagogika universiteti ―Maktabgacha ta`lim‖ kafedrasining 
professor - o’qituvchilarini, metodistlarini, instruktorlarini ma`ruza bilan chikish 
uchun taklif qilish kerak. 
Ma`ruzada chuqur mazmun, aniq-mantiqiy bayon, masalaning nazariy 
asoslanishi, g’oyalarning ijodiy tushuntirilishi, asosan dalilllar bo’lishi shart. 
Ma`ruza uchun ajratilgan vaqt 20-30 daqiqadan oshmasligi kerak, aks xolda 
masalani muxokama qilish va karorlar qabul qilishga vaqt qolmaydi. 
Pedagogik kengashning yig’ilishi, agarda u faol, ijodiy o’tkazilsa, tarbiya 
ishining g’oyaviy-siyosiy va kasb-xunar darajalarini oshirishga yordam beradi, 
pedagogik tafakkurni, metodik ishga qiziqishni rivojlantiradi. O’quv yili davomida 
deyarli xar bir tarbiyachi ma`ruzaga va qo’shimcha ma`ruzadagi rolida chiqish 
imkoniga ega bo’ladi. Bundan tashqari, tarbiyachilar pedagogik kengashga 
qo’yilgan masalalarni muxokama qilishda doimo faol qatnashishlari kerak. 
Pedagogik kengash yig’inlarida vaqti-vaqtida tarbiyachilarning «Uchinchi ming 
yillikning bolasi» Dasturi talablarini bajarilishi bo’yicha ishlar xaqida xisobotlarini 
tinglash maqsadga muvofiqdir. O’z faoliyatlarini taxlil qilar ekanlar, tarbiyachilar 
fakat yutuqlargagina emas, balki xatolarini xam qayd qiladilar, o’z axborotlarini 
belgilangan maksadlariga erishishlarida yordam bergan muvaffaqiyatni metod va 
usullardan namunalar keltirib yoritadilar, xar bir bolaga xarakteristika-tavsiyanoma 
beradilar, ularga pedagogik ta`sir etishning samarali yo’llarini ko’rsatadilar. 
Xamkasblarining ishlarini muxokama qilishda ishtirok etayotgan barcha 
tarbiyachilar ishtirok etadilar. Pedagogik kengash yig’ilishi yakunida maktabgacha 
ta`lim muassasasining mudira yoki katta tarbiyachisi ishni mufassal va chuqur 
taxlil qiladi. Tarbiyachilarning bunday saboqlari ularning guruxlaridagi ta`lim - 
tarbiyaviy ishlar sifati uchun ma`suliyatni oshiradi. Ma`lumki, bolalar muassasi 
jamoasida tayyorgarlik, tajriba darajasi xar xil bo’lgan xodimlar ishlaydi. Ularning 
xar birining imkoniyat va qobiliyati xar xil, bilimlarining darajasi va o’z oldilariga 
qo’ygan vazifalarini tushunishlari turlicha, shuning uchun navbatdagi pedagogik 
kengash ishini tayyorlashda katta tarbiyachi yordamga muhtoj bo’lganlarga 
ko’proq yordam ko’rsatadi. Tarbiyachi, o’z ishining moxir ustasi tajribalarni 
umumlashtirish yuzasidan so’zga chiqishga qiynalsa, bunday tarbiyachiga o’z 
axborotlarining rejasini tuzishga yordam berish kerak. Mana shu (ma`ruza) reja 
asosida u ma`ruza uchun qoralama qo’lyozma tayyorlaydi, unga qiziqarli 
misollarni tanlashda, kerakli xulosalar chiqarishda, o’rganishni va xal qilishni talab 
qiladigan savollarni ajratib ko’rsatishda yordam berish kerak. Tajribali 
pedagoglarga faqat ayrim maslaxatlar va tavsiyalar beriladi. 
Malaka oshirish kurslaridan qaytib kelgan yoki pedagogika Oliy ukuv 
yurtlarida o’qiydigan tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagilarga ta`lim va 
tarbiya berishning dolzarb ilmiy-nazariy muammolari xamda ilg’or ish tajribaning 
metodik tomonlari xaqida ma`ruzalar bilan chiqishlari majburiy qoidaga aylanishi 
lozim. Bir yoki bir necha yosh guruxlardagi ta`lim - tarbiya ishlarining xolati taxlil 
qilinayotgan va bolalarning bilim, ko’nikma, malakalarining darajasi dastur 


160 
talablariga ko’ra baxolanadigan pedagogik kengashlar barcha tarbiyachilarda katta 
qiziqish uyg’otadi. Masalan: bolalarning mashg’ulot va kundalik xayotdagi 
tafakkur faolligi xamda mustaqilligining rivojlanish darajasini baxolash yoki 
bolalarini syujetli-rolli o’yinlarining xolatini va tarbiyachining ularga raxbarlik 
qilish metodlarini baxolash. Bunday masalalarni muxokama qilar ekan, pedagoglar 
e`tiborini bolalarning mustaqil tafakkurini faollashtirishning eng qimmatli 
usullariga, bolalar o’yinlariga raxbarlik usullariga, mavjud kamchiliklar bularni 
bartaraf qilish yo’llariga qaratadi. Faol muxokama natijapsida jamoa nuqsonlarni 
bartaraf qilishga doir xarakatlarining aniq dasturini, bolalarning bilish faoliyatlarini 
rivojlantirishga raxbarlik, ularda tafakkur mustaqilligi va moyilligini tarbiyalashga 
doir tavsiyalarni ishlab chikadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlariga 
raxbarlikning eng samarali usullarini tavsiya etadi. 
Pedagogik kengashlarda tarbiyachilarni guruxlarga o’zaro kirishlarining 
natijalari muxokama qilinadi, bu jarayonda pedagoglar ishlaridagi kamchilik, 
muvaffakiyatsizlik va xatolarning amaliy tanqidini to’g’ri qabul qilishni 
o’rganadilar. Bo’lajak kengashdan 2-3 xafta oldin e`lon osilib, unda sana,oy, kun 
tartibi, ma`ruzadagi va qo’shimcha ma`ruzachilarning ism-familiyalari, adabiyotlar 
ro’yxati, ba`zan muxokama qilinadigan mavzuga oid savollar ko’rsatiladi. 
Pedagogik 
kengashlardagi 
ma`ruzalar, 
qo’shimcha 
ma`ruzalar, 
tarbiyachilarning axborotlari, xisobotlarining mavzularini taqsimlash o’quv 
yilining boshlanishidan oldin o’tkaziladi va rejalashtiriladi. Bu tarbiyachilarga 
kerakli adabiyotlarni oldindan tanlash va o’rganish, olingan bilimlarini o’z shaxsiy 
tajribasida sinab ko’rish xamda narsani o’ylab chiqish, matnini yozish imkonini 
beradi. Pedagogik kengash ishining unumligi ko’p jixatdan raxbarlarning 
yig’ilishni olib bora bilishlariga bog’liq bo’ladi. Mudira yoki katta tarbiyachining 
qisqa kirish nutqi jamoa diqqatini muxokama qilayotgan muammoning 
muximligiga, dolzarbligiga jalb qiladi. Yig’ilish vaqtida xodisaning moxiyatini 
chuqurrok tushunish, sabablarini bilish uchun tarbiyachilarning fikrlarini yo’llab 
borish lozim. Yakun chiqarar ekan, muxokama qilinayotgan masalaning eng 
muxim tomonlarini-xolatlariga qisqa to’xtalishi, ma`ruzachilar va so’zga 
chiqqanlarning foydali takliflariga baxo berish zarur. 
Pedagogik kengash muxokamasiga ko’pi bilan 2-3 masala qo’yiladi. 
Pedagogik kengash karorining loyixasini ma`ruzachi oldindan tayyorlaydi. 
Pedagogik 
kengash 
qatnashchilari 
o’z 
qo’shimchalarini, 
aniqliklarini, 
o’zgartirishlarini kiritadilar. Pedagogik kengash qarorida tekshirilishi mumkin 
bo’lgan aniq muddat va ishlar bo’lishi kerak. Ijro uchun mas`ullar tayinlanadi. 
Pedagogik kengashning qarori bog’cha jamoasining barcha a`zolari uchun 
majburiydir. Pedagogik kengashning qarori kengash raisi va kotibi tomonidan 
imzolanadi va bolalar muassasasining ish xujjati sifatida saqlanadi. Xar bir 
pedagogik kengash oldingi kengash qarorlarining ijrosini tekshirish masalasi 
bo’lishi kerak, chunki masalalarni muxokama qilishni istalgan shaklining yakuniy 
bosqichi aynan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tekshirish xisoblanadi. 
Xayotga tadbiq qilinmagan eng yaxshi qarorlar jamoa ish obro’siga putur 
etkazadi, ma`suliyatsizlik, rasmiyatchilikni keltirib chiqaradi. Pedagogik kengash 
muxokama qilingan xar bir masala bo’yicha ko’pchilik ovoz bilan qaror qabul 


161 
qiladi. Bunda kengash yig’ilishi a`zolarinish kamida 3/2 qismi qatnashishi kerak. 
Ovozlar teng bo’lgan xollarda kengash raisi-bolalar muassasasi mudirining ovozi 
xal qiluvchi ovoz xisoblanadi. Qarorlar tadbirlarini o’tkazish muddatilari va 
ularning bajarilishi uchun mas`ullar ko’rsatilgan aniq xarakter kasb etishi kerak. 
Pedagogik kengashlar qarorlarining ijrosi xaqidagi axborotni odatda, maktabgacha 
ta`lim muassasa mudiri yoki katta tarbiyachi beradi. Tarbiyachilarga xam bunday 
axborotni joriy etish kerak. Birinchi navbatda bo’lar ma`suliyatli va vijdonan 
ishlaydigan xodimlar bo’lishi kerak. 
Maktabgacha ta`lim muassasalarida pedagogik kengash ishini KVN usulida 
o’tkazish maksadga muvofikdir. Bu usuldan keng foydalaniladi: 
1) Tabriklash: Tarbiyachi shaxsi va faoliyati bizning shiorimiz. 
2) Kapitanlar tanlovi: «O’z guruxingiz bolalarini yaxshi bilasizmi?» Xar bir 
bolaning xulqi, qiliqlari, xarakteri. 
3) Mutaxassislik tanlovi: 
a) «Moxir qo’llar» tez, sifatli, chiroyli milliy o’yinchoqlar va atributlar tayyorlash. 
b) siz bolalar adabiyoti va musiqasini bilasizmi? (shularni atroflicha va nomini 
eslash); 
v) bolalar bilan ishlashda badiiy asarlarni qo’llash, she`r, tez aytish, maqollarni 
yoddan aytish. Qaysi jarayonlarda qo’llay olishni izoxlash? 
g) sizning bilimdonligingiz bolalar tomonidan beriladigan turli savollarga javob 
berishda as qotadimi? 
d) bolalar bilan ishlash va muloqotga kirishish ko’nikmalari. Fiz. daqiqalarni, 
qoidali -xarakatli o’yinlarni bolalar ishlarini taxlil kilish. 
3. «Tarbiyachi xamma narsani bilishi va qila olishi kerak»-tanlovi: 
a) Siz dam olishni bilasizmi? Dam olish kunini o’tkazish stsenariysini, tematik 
bayramlar, ko’ngil ochishlarni tuza olish; 
b) xar bir tarbiyachi - bu artist-xayvonlar ovoziga taqlid qilish, tez aytish, 
qo’shiqlar kuylash, raqsga tushish, birorta narsani o’xshatish va hakozo. 
v) «Beka» tanlovi. Bunda tugma qadash,tikish yoki birorta ovqat, salat tayyorlash. 
Metodik ishlarning keng tarqalgan usullaridan biri-pedagogik jarayonlarni jamoa 
bo’lib ko’rish. Bu usulni kamchilik tomoni shuki, tarbiyachilar kuzatuvchi bo’lib 
qolaveradilar. 
Buning 
uchun 
tarbiyachilar 
tomonidan 
o’tkazilayotgan 
mashg’ulotlarning ishlanmasini tuzish va shu orqali taxlil kilinsa, mashg’ulot 
o’tkazgan tarbiyachilar faollashadilar, o’z ustida ko’proq ishlashga majbur 
bo’ladilar. Bu usul orqali yangi yo’nalishlar, metod-usul, bolalar bilan ishlashning 
yangi uslublari namoyon bo’ladi. Taxlil kilishda esa-jamoa pedagoglari faol 
ishtirok etishlarini ta`minlaydi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan pedagogik jamoa bilan olib boriladigan ish 
shakl-usullari metodik ishlarning asosiy mag’zini tashkil etadi. U pedagoglarning 
ish staji, pedagog xodimlarning tayyorgarlik darajasini takomillashtirishga yordam 
beruvchi bir vosita xisoblanadi. Pedagog xodimlarning imkoniyatlari va talablarini 
quyidagi diagnostika jadvali orqali aniqlash mumkin: 
1. Qaysi ilg’or ish tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va amaliyotga qo’llash 
mumkin? 
2. Asosiy ish yo’nalishlari: 


162 
a) ta`lim - tarbiyaviy ish jarayonida xar qanday to’siqlarni enga olish; 
b) an`anaviy va yangi yo’nalish, javobgarlikni o’z bo’yniga olish, tavakkal ish 
yuritish elementlarining soni; 
v) yangi g’oyalarni o’zlashtirish qobiliyati, uni boshqarishga nisbatan yangicha 
yo’nalish; 
g) umumiy va pedagogik madaniyatni egallash; 
d) yangi ish ob`ektini, ko’rinishlarini, pedagogik jarayonlarga bilim, ko’nikma, 
malakalarini olib kirish, ishlab muxokama qila olish. 
3. Maktabgacha ta`lim muassasasidagi jamoaga qaysi muammo, ish metodlari 
bo’yicha yordam ko’rsatish kerak? Aloxida olingan tarbiyachilar uchun xam. 
Asosiy ish yo’nalishlari: 
a) Tajribali va javobgarlikni xis qiladigan tarbiyachilarga ishonch
bildirish; 
b) ilk ish boshlayotgan tarbiyachilarga amaliy ish shakllarini ochiq ko’rsatib 
berish; 
v) ustoz-shogird yo’nalishi; 
g) aloxida olingan tarbiyachilarning ishlarini nazorat kilish. Muassasadagi 
guruxlarni metodik jixatdan to’g’ri jizoxlanishi katta axamiyatga ega. Guruxlardagi 
burchaklarni metodik jixatdan to’g’ri jixozlash, metodik materiallarni, 
o’yinchoqlarni to’g’ri joylashtirish, maydonchalarni qanday bezashni mudira va 
uslubchi tomonidan tushuntirilib boriladi. Pedagogik jarayonni kerakli materiallar 
bilan jixozlash, ta`minlash, bu qo’llanma va ko’rgazma qurollarni tarbiyachilar 
tomonidan tayyorlab boriladi. Gurux va maydonchalarni bezashda estetik did va 
katta maxorat talab qilinadi. 
Pedagog xodimlarning badiiy didi, madaniyat darajasi, pedagogik 
tayyorgarlik darajasi xuddi kuzgudek aks etadi. Maktabgacha ta`lim 
muassasalarining binolarini to’g’ri bezatilishi bolalarning badiiy didlarini 
tarbiyalashga, ularda madaniy-gigienik malakalarini shakllantirishga yordam 
beradi. Yaxshi kayfiyat, quvnoqlik xissini uyg’otadi, barcha kun tartibi 
jarayonlarini muvaffaqiyatli o’tkazishga yordam beradi. 
Bezashning muxim printsipi-bu bolalar yosh xususiyatlarini xisobga 
olishdir. «Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi asosida gurux xonalarini 
metodik jixatdan to’g’ri jixozlash, kerakli qo’llanmalar bilan boyitish, zal, kiyinish 
xonalarini metodik talablari darajasida bezatilishi, mashg’ulotga kerakli bo’lgan 
atributlar, mashg’ulotlar ishlanmalarini ishlab chiqish maktabgacha ta`lim 
muassasa oldida turgan muxim vazifalardan biridir. 
Maktabgacha ta`lim muassasalarning guruxlarida ota-onalar majlisi bo’lib 
o’tadi. Shuning uchun, biz tarbiyachilarga metodik tavsiya sifatida «Ota-onalar 
majlisi» o’yinini tanladik. 
Mavzu: «Biz va bizning bolalarimiz». 
Maqsad: Bolalar bilan muloqot malakalarini shakllantirish, mustaxkamlash, bir-biri 
bilan o’zaro munosabat, umumiy til topisha olish kabi xususiyatlarni tarbiyalash, 
kelishmovchilik jarayonida ogoxlantirish qo’shimchalarini tarbiyalash. 
Rollar: tarbiyachi, mudira, ota-onalar, buvi, katta ona, ota-onalar qo’mitasi 
a`zolari, pedagoglar. 


163 
Referent: ish kuzatib boruvchi va baxolovchilar. Bular bir necha bo’lishlari 
mumkin. Referent o’yinni kuzatib boradi va tegishli kuzatish xaritasiga qayd 
qiladi. 
1. Tarbiyachining ota-onalar bilan suxbati, suxbat jarayonini taxlil kilish: 
a) bir nechta tarbiyachilar savolning nazariy va amaliy jixatlarini egallagani; 
b) ota-onalar majlisi mavzusidagi suxbat qay darajadaligi; 
v) suxbat mavzusi guruxlardagi bolalarning xolati bilan bog’liqligi; 
g) suxbatda ota-onalarning qiziqishlarini xisobga olish, ularning bu mavzu 
bo’yicha bilim saviyalari darajalari; 
d) tarbiyachi tomonidan o’rganilayotgan muammoga qiziqish xislarini xosil qilish, 
savollar bera olish, so’zga chiqish, tarbiyachining mantiqiy, birin-ketin, asta-
sekinlikda, asosli ravishda o’z fikri nuktai-nazarida bayon etish; 
j) qo’shilmagan tarbiyachilarga nisbatan tarbiyachi tez, to’g’ri kirishib keta 
oladimi? 
Referentning kuzatish xaritasi. 
- ularni bartaraf etish choralarini, usullarini ishlab chiqish, izlash; 
- pedagogika va psixologiya fanining yutuqlarini bolalar ta`lim - tarbiyasiga olib 
kirish; 
- «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturi asosida bolalarni maktab 
ta`limiga tayyorlash masalalari; 
- tarbiyachilarning pedagogik maxoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini 
rivojlantirish; 
- ilg’or ish tajribalarini joriy etish; 
- bola tarbiyasiga oid eng dolzarb dolzarb muammolarni xal etish; 
- muassasa ish amaliyotiga maktabgacha soxa bo’yicha qabul qilinayotgan 
yangiliklarni joriy etish kabi masalalar kiritiladi. 
Pedagogik kengash-O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi, Xalq Ta`limi 
Davlat qo’mitasining maktabgacha ta`lim bo’yicha buyruq, instruktsiya, Nizom, 
Kontseptsiya, «Ta`lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi 
va boshqa xujjat, me`yor-me`yoriy xujjatlarni: 
- maktabgacha ta`lim muassasaning yillik ish rejasini, bolalar sog’lig’ini 
mustaxkamlash tadbirlarini, xar bir yosh gurux bo’yicha «Uchinchi ming yillikning 
bolasi» dasturining sifatli bajarilish jarayonini, ish jarayoniga-amaliyotga joriy 
qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg’or ish tajribalarini, maktabgacha yoshdagi 
bolalarga ta`lim va tarbiya berishning muxim masalalarini, tarbiyachilarning 
nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta`lim 
muassasa faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.

Download 2,1 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Pedagogik kengash o’tkazish metodikasi

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish