158
talablarining bajarilishini ta`minlash, tarbiyalanuvchilarga bilim berish sifatini
oshirish bo’yicha
chora-tadbirlar belgilash;
ta`lim jarayoniga bilim berishning ilg’or shakllarini, yangi pedagogik
texnologiyalarni va texnik-axborot qo’llanmalarni joriy qilish;
tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan
ma`naviy-axloqiy xislarni singdirish,
bola shaxsini shakllantirish, uning Vatanga
bo’lgan muhabbatini o’stirish;
uzluksiz ravishda pedagogik kadrlarning nufuzini, mas`uliyatini va kasbiy
mahoratini, ilmiy-metodik salohiyatini oshirish va ularning tashabbuskorligini
rivojlantirish bo’yicha maqsadli yo’naltirilgan ishlarni tashkil etish;
bolalarni samarali ta`lim - tarbiya olishidapsixologik-pedagogik yordamni
ko’rsatish bo’yicha masalalarni ko’rib chiqish.
Pedagogik Kengash tarkibiga muassasa mudirasi,
metodisti, pedagoglar,
muassasa shifokori va tibbiy hamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar qo’mitasi
raisi, vasiylik kengashi raisi, mahalla fuqarolar yig’ini a`zolari kirishi mumkin.
Pedagogik Kengashning raisi muassasa rahbari hisoblanadi.
Pedagogik Kengash o’z tarkibidan bir o’quv yi li muddatiga kotibani saylaydi.
Pedagogik Kengashda muassasaning ish rejasi, tarbiyachilarning metod
birlashmalardagi ish lari, malaka oshirish
rejasining bajarilishi, nazorat turlari
bo’yicha tekshiruv xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning
o’zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigienik ahvoli
va tarbiyalanuvchilarning
sog’lig’i va muassasa faoliyatining boshqa masalalari ko’rib chiqiladi.
Pedagogik Kengash muassasada qo’shimcha ta`lim xizmatlarini joriy etish,
ko’rik-tanlovlar tashkil etish, ota-onalar, mahalla, maktab bilan hamkorlik ish
larini tashkil etish bo’yicha qarorlar qabul qiladi.