Uslubchi tomonidan o’quv faoliyatini nazorat qilish




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

15.2. Uslubchi tomonidan o’quv faoliyatini nazorat qilish. 
 
Uslubchi pedagoglarga mashg’ulotlarda bolalar bilan olib boriladigan ta`lim 
- tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishning samarali shakl va usullarini topishlarida, 
uning izchil hamda asta-sekin bajarilishiga erishishlarida yordam beradi, buning 
uchun esa uslubchining o’zi har bir yosh guruxidagi bolalar mashg’ulotda 
egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi hamda sifatini 
belgilar ekan dasturi talablarini yaxshi bilishlari zarur. Uslubchi mashg’ulotlarga 
qo’yiladigan didaktik talablar: 
maqsad va dastur materialini belgilashdagi aniqliq ta`lim - tarbiyaviy 
masalalarning kompleks amalga oshirilishi; mashg’ulotlar uchun optimal 
mazmunni bolalarning rivojlanish va tayyorgarlik darajalariga muvofiq 
tanlanganligi; o’qitishning eng ratsional metod va usullari bolalarning bilish 
faolligini, ular fikrining mustaqilligini ta`minlovchi mashg’ulotning didaktik 
maqsadlarga ko’ra tanlanganligi; o’rganilayotgan materialning oldingi va keyingi 
materiallar bilan bog’lanishi; mashg’ulotning tashkiliy aniqligi; mantiqiy uyg’unlik 
va tugallanganlik, mashg’ulot uchun ajratilgan vaqtdan maksimal foydalanish; 
bolalarning dastur materialini o’zlashtirishlariga rioya qilingan-qilinmaganligiga 
e`tibor berishi kerak. 
Bu asosiy talablarning bajarilishi mashg’ulotlar samaradorligini ta`miilaydi. 
Ma`lumki, bolalarning mashg’ulotlarda bilim egallashlari birdan-bir maqsad 
emas. Tarbiyachilar oldidagi murakkabroq vazifa - egallanayotgan bilimlardan 
aqliy qobiliyatlarni, bilish faoliyatiga ehtiyojni rivojlantirish vositasi sifatida 
foydalanishdir. Shuning uchun uslubchining tarbiyachilar xarakterga ko’ra turlicha 
mashg’ulotlarni o’tkazishlarini kuzatib borishi muhimdir. 
1, Maqsadi bolalar oldiga bilish vazifalarini qo’yish, bolalarga predmetlar, ijtimoiy 
hayot va tabiat hodisalari haqidagi bilimlarni berish, ularni kengaytirish hamda 
aniqlashdan iborat bo’lgan yangi bilimlarni ma`lum qilish mashg’ulotlari. Bu yangi 
ob`ektlarni kuzatish, badiiy asarlarni o’qish, tarbiyachining hikoya qilishidir. 
Bunday mashg’ulotlar barcha yosh guruxlarida o’tkaziladi. 
2. Bolalardagi jamg’arilgan (uyushgan va stixiyali) tajribalarni mustahkamlash 
hamda tizimga solish mashg’ulotlari. Bu mashg’ulotlarning asosiy maqsadi idrok 
etilganni anglash va ilk umumlashtirishlarni tarkib toptirishdir. Bu tanish 
ob`ektlarni kuzatish, ikkita bir turdagi predmetlarni (xona o’simliklari, gulxona 
o’simliklari, daraxtlar, hayvonlarni) qiyosiy kuzatish, didaktik o’yinlar, 
suhbatlardir. Bunday mashg’ulotlarni rejalashtirar ekan, tarbiyachi bolalarning 
nimani yaxshi o’zlashtirgan, nimani etarlicha o’zlashtirmaganliklarini, nimani 
takrorlash kerakligini biladi. Tarbiyachi bolalarga ma`lum bilimlarni yangi detallar 
bilan to’ldiradi, bu esa ulardagi mavjud bilimlarni boyitadi, jonlantiradi hamda 


151 
yanada chuqurlashtiradi. Tarbiyachi bu mashg’ulotlarda bolalarning bilimlariii 
umumlashtiradi va tizimga soladi. 
3. Nazorat, tekshiruv mashg’ulotlari. Bu mashg’ulotlarning maqsadi - bolalarda 
tegishli tasavvur, ko’nikma, malakalarning mavjudligini aniqlash va shu asosda 
dastur talablarining bajarilishi, keyin qilinadigan ishlar va metodlar haqida xulosa 
chiqarishdir. 
4. Kompleks mashg’ulotlar — maktabgacha ta`lim muassasasi praktikasida eng 
ko’p tarqalgan mashg’ulotlar bo’lib, ularda bolalarga yangi materiallar ham 
beriladi, mavjud bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va tizimlashtirish ham, 
bilim, ko’nikma va malakalarni qo’llash ham o’rin oladi. 
Yuqorida aytib o’tilgan mashg’ulot turlarining har birini tahlil qilish jadvalsi 
turlicha, o’ziga xos bo’ladi. Tahlil jadvalsi mashg’ulotning maqsadi va vazifasiga 
hamda maktabgacha ta`lim muassasasining uslubchisi muayyan tarbiyachining 
ishini tekshirishga tayyorlanishda oldiga qo’yadigan maqsadiga bog’liq bo’ladi. 
Uslubchi ro’yxat - nazorat, tekshiruv mashg’ulotlarini tahlil qilish jadvalsini 
ishlab chidishga alohida e`tibor beradi. Bu jadval unga bolalarning Dasturni u yoki 
bu bo’limi bo’yicha materialni kvartal, yarim yil, yil davomida egallash sifatlarini 
tekshirishida yordam beradi. 
Dasturning turli bo’limlari bo’yicha mashg’ulotlar tahlilining jadvalsi o’ziga 
xos bo’ladi. Masalan, uslubchi tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni o’stirish 
mashg’ulotlarini kuzatar ekan, tahlil jadvalsiga quyidagi savollarni kiritadi: 
mashg’ulot bolalar lug’atining boyishi, aniqlanishi va mustahkamlanishiga yordam 
beradimi, bu maqsadda tarbiyachi qanday metod va usullardan foydalanadi 
(kuzatish, rasmlarni ko’rsatish, vidiofilmlarni namoyish qilish, badiiy adabiyotni 
o’qish va shu kabilar), bolalar lug’atini qanday faollashtiradi, bolalar nutqining 
grammatik va mantiqiy strukturasi ustida, nutqning intonatsion ifodaliligi ustida 
ishlash metodikasi qanday va boshqalar. 
Bolalarda 
elementar 
matematik 
tasavvurlarni 
shakllantirish 
mashg’ulotlarshsh tahlil qilish jadvalsi quyidagi asosiy masalalar: mashg’ulot 
bolalarda matematik tasavvurlar, zehnlilikni rivojlantirishga, bo’shliq va vaqtda 
muljal ola bilish, ko’z bilan chamalash malakalarini o’stirishga; oddiy matematik 
operatsiyalarni bajarish, shuningdek oddiy masalalarni echishgina emas, balki 
tuzish ko’nikmalariii rivojlantirishga yordam berish-bermasligi masalalarini 
qamrab oladi. 
Tasviriy san`at mashg’ulotlarini tahlil qilishda kuzatishlar jadvalsiga 
bolalardagi rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, konstruktsiyalash, 
applikatsiyaga doir texnik malakalar darajasini, bolalarda voqelik va san`atga 
estetik munosabatning rivojlanganligini, ijodiy qobiliyatlarning rivojlanganligini 
aniqlash va shu kabilar kiritilishi kerak. 
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini tahlil qilishda uning asosiy qismlari: 
kirish, tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlariga material tanlanishi; har bir bolaning 
harakat faolligini mashg’ulot boshidan to oxirigacha taqsimlanishi; bolalarning 
asosiy harakatlarni (yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, tirmashib 
chiqish va shu kabilar) egallashdagi malakalari; ko’p, o’rta va kam harakat talab 
qilinadigan harakatli o’yinlarning to’g’ri tanlanishi, o’yin qoidalarining bajarilishi; 


152 
sport ko’ngil ochish o’yinlarining o’rni, mashg’ulotlarning gigienik sharoitlariga 
alohida e`tibor berish kerak. 
Yuqorida aytilganlardan tashqari mashg’ulot bosqichlarining vaqtga ko’ra 
taqsimlanishiga (tarbiyachining tushuntirishi, topshiriqlarning bolalar tomonidan 
bajarilishi, bolalar ishlarining tahlili va boshqalar); mashg’ulotda foydalaniladigan 
metod 
hamda 
usullarning 
samaradorligi 
va 
o’qitish metodikasining 
takomillashtirilishiga; ko’rgazmalilikdan foydalanish va uning o’quv materialini 
bolalar tomonidan egallanish sifatiga ta`siriga; mashg’ulotda axloqiy va estetik 
tarbiya masalalari qanday hal etilayotganligiga; oldindan qanday ish 
o’tkazilganligi, izchillik va mashg’ulotlarning boshda turlari bilan boglanish 
bo’lgan-bo’lmaganligiga; 
bolalarda 
uduv 
faoliyati 
elementlari-ning 
shakllantirilishiga; turli yosh guruxlarida uduv faoliyatining amalga oshirilishi 
hamda shakllantiri-lish xususiyatlariga e`tibor berish kerak. Keykngisini biroz 
mufassalrod kurib chidamiz. 
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar tafakkurining ko’rgazmali-amaliy va 
ko’rgazmali-obrazli xarakterini hisobga olib, tarbiyachi atrofidagi o’ta xilma - xil 
murakkab taassurotlardan bolalarning o’zlashtirishlari uchun eng aniq va 
tushunarli o’quv materialni ajratib olishga harakat qiladi. Uslubchi bu murakkab 
masalani turli hal qilishda tarbiyachiga har tomonlama yordam beradi. Tarbiyachi 
kichkintoylar mashg’ulotlarining mazmuniga aylanib, bolada sensor tajribaning va 
atrof-muhitda amaliy yo’l topa bilishning shakllanishiga yordam beradigan eng 
yordin predmet va hodisalarni ajratib oladi. Bunday mashg’ulotlar tizimi tarbiyachi 
umumlashtiruvchi xarakterdagi ilk tushunchalarni o’yinchoqlar, kiyimlar, idishlar 
va shu kabilarni shakllantirishda tayanishi mumkin bo’lgan kerakli hissiy asosni 
asta-sekin yaratadi. Kichik gurux mashg’ulotlarida o’qitishning xarakterli 
xususiyati uning o’yin, jonli va emotsional xarakterda bo’lishidir. O’qitish 
bolalarga sezdirmay olib boriladi. Bu o’rinda tarbiyachining nasihatomuz toni xech 
bir o’rinli emas. O’yin usullaridan, xilma - xil qiziqarli va ular uchun tushunarli 
didaktik materiallardan, o’yin harakatlarndan foydalanish mana shunday o’qitish 
vazifalarini dal qiladi. 
Bolalarni o’rta guruxda o’qitish dam deyarli shunday xarakterda bo’ladi. 
Bu yoshdagi bolalarda dam dali etarli tajriba juda kam, abstrakt tafakkur 
qobiliyati hali zaif, u eng asosiyni doimo ham o’zlashtira olmaydi, shuning uchun 
bu gurux mashg’ulotlarida ham aniq bevosita idrok etiladigan materialdan 
foydalanish lozim. 
Va nihoyat, tarbiyachi katta guruxdagi mashg’ulotlarda yil davomida 
bolalarga 
predmet 
yoki 
hodisalarning 
muhim 
bo’lmagan belgilaridan 
abstraktsiyalash, asosiy, muhim belgilarni topa bilishni o’rgatadi. Bu guruxda 
mashg’ulotlarni ko’rgazmali materialdan foydalanib suhbat shaklida o’tkazish 
maqsadga muvofiqdir. Izchil va muntazam tarzda o’qitilganda katta gurux bolalari 
egallanayotgan bilimlarni baholay boshlaydilar, ularning o’zlari uchun ahamiyatini 
anglab eta boshlaydilar. Kechagina bolalar uchun qiyin tuyulgan narsa bugun 
egallanilgan va oddiy narsaga aylanadi. Mashg’ulotlarda katta gurux bolalari tabiat 
hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari o’rtasidagi oddiy sabab bog’lanishlarini 
aniqlash ko’nikmasini egallaydilar. 


153 
Katta gurux tarbiyachisi bolalar bilan ishlashning o’quv faoliyati 
malakalarining yuqoriroq darajasi; tahlil va sintez qilish, umumlashtirish va 
xulosalar chiqarish, o’qishga qiziqish va ishtiyoqning paydo bo’lishini 
rivojlantirish, topshiriqlarni bajarishda o’zini - o’zi baholash va o’zini-o’zi nazorat 
qilishni rivojlantirish; tarbiyachining aytishi bilan mashg’ulotga, to’rejash, kerakli 
materialni tez tayyorlash va mashg’ulotda ulardan keragida shovqin - suronsiz 
foydalanish, uni tez almashish, mashg’ulot tugagandan so’ng o’z joyiga olib qo’ya 
bilish; mashg’ulotda jim o’tirish, diqqat-e`tiborli va faol bo’lish, o’rtoqlariga 
xalaqit bermaslik, ishni hamma birga, orqada qolmay bajarish shakllanadigan qilib 
uyushtirishni ta`minlaydi. 
Shunday qilib, tarbiyachi katta gurux bolalarida ularning maktabda o’qish 
qobiliyatlarini ifodalovchi xususiyatlarini shakllantiradi. Keyinchalik o’qituvchi 
mana shu xususiyatlarga tayana oladi: o’qishga ongli yo’llanma va ishda zo’r 
berish odati; qiziquvchanlik va bolaning uni qoniqtirishga faol intilishi; 
tafakkurning faolligi va mustaqilligi, ongli harakat dila bilish. Tarbiyachi yangi 
bilimlarni beribgina qolmay, balki bolalarga ularni topishni, mustaqil holda kichik 
«kashfiyotlar» qilishni o’rgatadi; kuzatuvchanlik, zehnlilik, kuzatilayotgan hodisa 
ma`nosini tushuna bilish. Zehnlilikni rivojlantirish, atrofdagi voqelik oddiy 
hodisalarini tushuna bilish va uni o’z tasavvurlari, tushunchalari, nutqida to’g’ri 
aks ettira bilishga o’rgatish - tarbiyachining asosiy vazifasidir, Bo’larni hal qilishi 
bolalarga turli vaziyatlarda to’g’ri yo’l tutishlarida yordam beradi va maktabda 
muvaffaqiyatli o’qitishning poydevoriga aylanadi; og’zaki nutqni rivojlantirish; 
o’zini-o’zi nazorat qilish, katta yoshlilarning bergan ko’rsatmalari asosida o’zining 
va o’rtoqlarining ishini baholay bilish. Mashg’ulotlardagi o’qitish jarayonida 
bolalar faqat bilim, ko’nikma va malakalarining hajmini kengaytirish emas, balki 
shaxsning sifatlarini shakllantirish xam sodir bo’ladi, chunki o’qitish jarayoni 
tarbiya bilan uzviy bog’langandir. «Fan — deb yozgan edi. N. I. Pirogov — faqat 
ma`lumotlar olish uchungina kerak emas, unda ba`zan chuqur va shuning uchun 
dam yuzaki qaralganda sezilmaydigan boshda muxim element— tarbiyaviy 
element yashirinib yotadi. Kimki undan foydalana olmas ekan, u fanning barcha 
xususiyatlaridan hali bexabar bo’ladi va og’ir yuklarni osongina ko’tarishida 
yordam beradigan vositani qo’lidan chiqaradi. 
O’qitishning butun jarayoni bolalarga tarbiyaviy ta`sir ko’rsatadi va bu 
ta`sirda hal qiluvchi rolni tarbiyachi uynaydi. O’qitish jarayonida bolalarda axloqiy 
sifatlar shakllantiriladi, aqliy, jismoniy va estetik tarbiya amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasida o’tkaziladigan barcha mashg’ulotlarning 
mazmuni eng yaxshi axloqiy sifat va estetik tushunchalarni shakllantirish hamda 
rivojlantirishning barcha imkoniyatlarini qamrab oladi. Masalan, bolalarni 
hayvonlar, o’simliklar, odamlarning faoliyatlari bilan tanishtiradigan mashg’ulotlar 
ularda jonli ob`ektlarga muhabbatni, ularga g’amxo’rona munosabatni, qiziqishni, 
odamlarga hurmat hamda muhabbatni tarbiyalaydi, SHu nuqtai nazardan etik 
temalardagi mashg’ulotlar: «Do’stlik va o’rtoqlik haqida», «Xushmuomala bo’l!», 
«Vijdonlilik va to’g’ri so’zlilik haqida» va boshqalar katta qimmatga egadir. 
Tabiatga ekskursiya, ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish bolalarda 
xayrixohlik hissiyotlarini uyg’otadi, badiiy didni tarkib toptiradi. 


154 
Mashg’ulotlarda o’qitish bolalarda uyushqoqlikni, qat`iylikni, mustaqillikni, 
qiyinchiliklarni engish, jamoada ishlash ko’nikmasini, vijdonlilik va to’g’ri 
so’zlilikni, kamtarlik, muloyimlik, go’zallikni tushunish va baholay bilish 
malakasini tarkib toptiradi. To’g’ri uyushtirilgan o’qitish tabiat va jamiyatdagi 
hodisalarning tabiiy o’zaro aloqasi hamda o’zaro bog’langanligini ochib beradi, 
kuzatilayotgan hodisalarning bolalar uchun tushunarli ichki sabablarini aniqlaydi, 
shuning uchun xam maktabgacha yoshdagi bolalarda boshlang’ich materialistik 
dunyoqarashni shakllantirish asosi hisoblanadi. Bu esa shaxsning kelgusidagi 
e`tiqodi va dunyoqarashining dastlabki poydevoridir. 
Uslubchining guruxlardagi o’quv faoliyatiga ob`ektiv, ishbilarmonlik 
munosabati, uning aniq takliflari, hayrixohligi tarbiyachilarga mashg’ulotlarga 
puxtaroq tayyorlanishlarida, uning guruxga kirishiga osoyishta munosabatda 
bo’lishlariga, olingan maslahat, tavsiyalarni keyingi ishlarida nazarda tutishlarida, 
kamchiliklarni tuzatishlarida yordam beradi. 
Tarbiyachilar 
ishining 
tahliliga 
ularning 
individual 
xususiyatlari, 
tayyorgarlik darajalarini hisobga olib o’ta xushmuomalalik bilan yondoshish zarur. 
Bahsli vaziyatlarda qat`iy fikr bildirishga shoshmaslik, o’z fikrini majburan qabul 
qildirmaslik, balki maktabgacha ta`lim muassasasining mudiri, tajribali 
tarbiyachilar bilan maslaxatlashish, javobni maxsus adabiyotlardan izlash va ana 
shundan keyingina tarbiyachilar bilan birga umumiy to’g’ri xulosaga kelish zarur. 
Kuzatilgan mashg’ulotlarni tahlil qilar ekan, uslubchi tarbiyachiga o’z 
mashg’ulotini: maqsadga erishish, foydalanilgan metodlar samaradorligi, olingan 
natijalar, qiyinchiliklarni baholash huquqini beradi. So’ngra mashg’ulotni o’zi 
tahlil qiladi. U qo’yilgan maqsadga ko’ra mufassal tahlil qiladi, tarbiyachi ishidagi 
barcha qimmatli tomonlarni, muvaffaqiyatli metod va usullarni qayd etadi, dastur 
materialining bolalar tomonidan o’zlashtirilishi sifatini, shuningdek aniqlangan 
kamchiliklarni tahlil qiladi, ularning sabablarini ularni bartaraf qilish yo’llarini 
ustalik va xayrixohlik bilan ko’rsatadi, ba`zan tarbiyachiga u yoki bu kamchilik 
ustida fikr yuritishni va uni o’zi to’g’rilashini taklif qiladi. 
Uslubchi o’z kuzatishlarini tekshiruv daftariga yozib, unda sana, gurux, 
tarbiyachining 
familiyasini, 
mashg’ulot nomi, uning dastur mazmuni, 
mashg’ulotga kirishdan maqsadini so’ngra mashg’ulotning qisqacha tahliliii ijobiy 
tomonlari va nuqsonlarini belgilab qayd etadi. Oxirida o’qitish jarayonini 
takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni yo’qotish bo’yicha o’z maslahat va 
tavsiyalarini yozib qo’yadi. 
Keyingi kirishlarda uslubchi guruxdagi ta`lim - tarbiyaviy jarayonni 
yaxshilash bo’yicha tarbiyachiga berilgan tavsiya va takliflarning bajarilishini 
tekshiradi, ijobiy o’zgarishlarni rag’batlantiradi, zarur bo’lsa, yaxshi tajribani 
umumlashtirashi va jamoaga tarqatadi. 
Nazorat savollari: 
1.
O’quv jarayonining turlarini yoritib bering. 
2.
Uslubchi tomonidan o’quv jarayonini nazorat qilishga qanday talablar 
qo’yiladi? 


155 
3.
Mashg’ulotning turlarini qanday tamoyillar asosida almashinib turadi? 
4.
YOsh guruxi bo’yicha mashg’ulot ishlanmasi jadvalsini bayon eting. 
Adabiyotlar: 
1.
O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar 
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
2.
SH.K.Tashpulatova ―Maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tashkil etish va 
boshqarish usullari‖ TDPU.T.: 2001 y.
3.
Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y. 
4.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat 
talablari. Toshkent 2008 y. 
5.
A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
6.
Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y. 
7.
―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y. 
8.
M.Sh.Nurmatova, Sh.Xasanova, D.Azimova ―Ustaxonada amaliy 
mashg’ulot‖ T., ―Cho’lpon‖ 2010 y.
9.
M.Sh.Nurmatova, Sh.Xasanova ―Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga 
o’rgatish metodikasi. T.., ―Musiqa‖ 2010 y. 


156 
XVI BOB. Pedagogik kengash.
Reja: 
1.
Pedagogik kengash – jamoa pedagoglar fikrini ifodalovchi metodik ish 
shakli. 
2.
Pedagogik kengash to’g’risidagi Nizomning maqsadi va vazifalari. 
3.
Pedagogik kengash o’tkazish metodikasi. 
4.
Pedagogik kengash bo’yicha ish xujjatlarini yuritish. 
Mavzuning maqsadi: O’quvchilarni pedagogik kengashning mazmuni, vazifalari, 
uni o’tkazish metodikasi bo’yicha nazariy bilimlar bilan qurollantirish. 
Mavzuning vazifasi: Pedagogik kengash to’g’risidagi Nizom va boshqa tegishli 
xujjatlarni o’rganish va ularni amaliyotga joriy eta olish kabi ko’nikma – malakalar 
hosil qilish. 
Tayanch tushunchalar: 
Metodist – maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi, metodik ishlarga rahbalik 
qiladi. 
Operativ masalalar – kechiktirib bo’lmaydigan masalalar. 
Tahlil – tahlil qilish, ta`lim
_
tarbiyaviy, metodik va boshqa jarayonlarni kuzatish va 
muhokama qilish. 
Qiyosiy nazorat – solishtirma nazorat. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Uslubchi tomonidan o’quv faoliyatini nazorat qilish

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish