171
O’quv ekskursiyalari
Maktabgacha ta`lim xodimlarning dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida,
shahar va tumanning diqqatga sazovor yodgorliklariga ekskursiya tashkil etiladi.
Bir yilda 3-4 o’quv-ekskursiyalari tashkil etiladi.
Muzeylarga ekskursiya
tashkil etilsa nur ustiga a`lo nur bo’ladi, chunki bundan
olgan taassuratlarini
asosida bo’lim, katta muassasalariga ekskursiyaga borish tavsiya etiladi. Bu bo’lim
bilan ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maslahatlar yakkama yakka va jamoa
bo’ladi.
Shu maslahatlar
_
vaziyat tug’ilganda metodist tomonidan o’tkaziladi.
Uzoq joylardagi xodimlarga yozma ravishda beriladi.
Jamoa maslahati 1 oyda 1 marta o’tkazilib, oylik rejada aks etadi. Tumandagi
barcha tarbiyachilarni oldindan ogohlantiriladi, o’tkazish muddatini belgilab tuman
shart sharoitidan kelib chiqilgan holda tuziladi.
Ma`ruzalar
Maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarning g’oyaviy-siyosiy, ma`naviy-
mafkuraviy, madaniy va ishlash malakalarini o’stirish
uchun turli mavzular
bo’yicha o’tkaziladi. Bular - siyosiy yoki pedagogik mavzularda bo’lishi mumkin.
Bu xodimlar dunyoqarashlarini kengaytiradi
va ularni yuksalishlariga
imkoniyat beradi. Muhimi uning yuqori g’oyaviy-professional
saviyada
o’tkazilishidadir.