Maktabgacha ta`lim muassasasining oila bilan hamkorlik ish shakllari




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

19.1.Maktabgacha ta`lim muassasasining oila bilan hamkorlik ish shakllari. 
 
Maktabgacha ta`lim muassasasining oila bilan ish-lash tizimida aniq maqsad, 
mazmun bo’lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq 
va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma - xil va o’zaro bog’liq bo’lgan shakl 
va usullar yordamida rejali va izchil ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ota-onalar bolalarini birinchi marta maktabgacha ta`lim muassasasisiga olib 
boradigan kun ko’pgina hissiy tuyg’ular bilan bog’liq, SHuning uchun ham har yili 
avgust oyi-ning ikkinchi yarmida ota-onalar uchun maktabgacha ta`lim muassasasi 
bo’yicha ekskursiya, uchrashuv hamda umumiy majlislar o’tkazish mumkin. 
Bunda maktabgacha ta`lim muassasasining kun tartibi, ish mazmuni, ta`lim - 
tarbiya jarayoni va hokazolar haqida so’zlab beriladi. Tarbiyachilar, enagalar, 
hamshiralar bilan tanishtiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasisining mudirasi, 
tarbiyachilar va barcha xizmatchilari ota-ona larda yaxshi taassurotlar qoldirishga 
intiladilar, ota-onalar esa-ularning bolalari o’z kasbini, ishini sevuvchi 
tarbiyachilar qo’lida bo’lishini ko’rib qanoat hosil qiladilar. 
Bolalarni har kuni kuzatuvchi, ularning rivojlanishida ijobiy va salbiy 
tomonlarini sezuvchi va ota-onalarga bolaga ta`sir qilishning eng samarali 
usullarini maslahat beruvchi tarbiyachilar oila bilan juda ko’p xilma - xil ishlarni 
olib boradilar. Ayrim tarbiyachilar oila bilan aloqani bolaning maktabgacha ta`lim 
muassasasidagi davridan boshlab, uning maktabga o’tganiqan keyin ham davom 
ettiradilar. Maktabgacha ta`lim muassasasining tibbiyot xodimlari esa bolalarning 
sog’lig’i va jismoniy o’sishining ahvolini muntazam nazorat qilib borishadi. Ota-


190 
onalarga sanitariya va gigiena, bola hayoti, to’g’ri ovqatlanish va jismoniy 
tarbiyani tashkil etish masalalari bo’yicha maslahatlar berib boriladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasalarining ota-onalar bnlan ishlashining jamoa 
tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo’shib olib 
borish, keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish 
tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlarining ota-onalar va oila bilan 
hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakl va usullaridan bir nechalarini 
keltiramiz: 
a) Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. 
Ilg’or pedagogik tajribalarning ko’rsatishicha, ishning bu turi katta 
ahamiyatga ega va kutilgan samaralarni beradi. Bunda tarbiyachi oila va bolaning 
shaxsiy xususiyatlarini o’rganib, ularni o’zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. 
Buning natijasida tarbiyachi bi-lan oila o’rtasida do’stlik munosabatlari, o’zaro 
hurmat va ishonch tezroq o’rnatiladi. Maktabgacha ta`lim muassasasilarimiz 
tajribasida ota-onalar va oila bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli 
xil shakllari aniqlangan, ya`ni oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun 
suhbat o’tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha 
ta`lim muassasasidagi hayoti bilan tanishtirish va shu kabilar.
1
b) 
Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. 
Bo’lar ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi
anjumanlar, shanbaliklar (bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlarining 
ota-onalar bilan birgalikdagi amaliy faoliyati), savol va javob kechalari. 
v) 
Ko’rsatmali ishlar. 
Ishning bu turi: ko’rgazmalar, fotomontajlar, bolalarning ishlarini namoyish 
qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari (ota-onalar burcha-gi), ota-
onalar uchun kutubxona, oilaviy tarbiyaning turli masalalari bo’yicha materiallar 
solingan papka va shu kabilarni qamrab oladi. 
Albatta bu shakllar boshqacha ham bo’lishi mumkin. 
Bu ishga ijodiy yondashish maktabgacha ta`lim muassasasi mudirasi, 
tarbiyachilar hamda ota-onalarning o’zlariga (ayrim hollarda tajribali ota-onalar
maslahat berishlari mumkin) ham bog’liqdir. 
g) 
Bolaning oilasini borib ko’rish va oila a`zolari bilan yaqindan 
tanishish. 
d) 
Ota-onalarga pedagogik ta`lim berish va boshqalarni ko’rsatish 
mumkin. 
Bular orasida bolaning oilasiga borish va oila a`zolari bilan yaqindan tanishish 
hamma uchun ham oddiygina oson ish hisoblanmaydi. 
Ota-onalar va oila bilan hamkorlikda olib boriladigan ish shakllarining 
ayrimlarini qanday tashkil qilish usullarini ko’rsatishni maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta`lim muassasasining oila bilan hamkorlik ish shakllari

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish