O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

1.
 
Tarbiyachining oilani borib ko’rishi. 
1.
 
U.Otavalieva ―Bola tarbiyasida bog’cha va oila hamkorligi‖ Toshkent 
―O’qituvchi‖ 1994 y. (34-35 betlar) 


191 
Bola yashab to’rgan oilani, o’rganish, ota-onalar bilan yaqin aloqa o’rnatish 
va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo’llaridan biridir. Tarbiyachi 
oilaga tekshiruvchi sifatida emas, balki maslahatchi, do’st va bola tarbiyasiga 
yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. 
Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsadi bola tarbiyalanayotgan 
sharoitni ko’rish va zarur bo’lsa, ota-onalarga yordam ko’rsatishdir. Shuning uchun 
tarbiyachi ota-onalarga aytadigan takliflarini sinchiklab o’ylab ko’rishi kerak. 
Bolalarni uylariga borib ko’rish ishi ma`lum maqsad asosida tashkil etilganda
oilaviy tarbiya bilantanishish, bolaning oiladagi xulqining o’ziga xos 
xususiyatlarinigina aniqlashdan iborat bo’libgina qolmasdan, balki ota-onalar bilan 
yakkama-yakka va jamoa tarzida tashkil etiladigan ishlarning mazmunini, ularning 
turli shakllarini belgilab olishga ham imkoniyat tug’diradi. 
Tarbiyachi bolaning oilasida ko’rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda, ularni 
tahlil qiladi, ota-onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar 
haqida gapiradi. Ularga o’zining qimmatli maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi 
ijobiy ishlarni ota-onalar uchun tashkil etilgan, stendlarda aks ettirish ham 
mumkin. 
Oilani borib ko’rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odob 
bilan o’tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini 
ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo’lgan hurmati va ishonchi ortadi. 
Ba`zan ota-onalarga ularning bola tarbiyasidagi kamchiliklarini ko’rsatishga to’g’ri 
keladi. Masalan, bolaga oilada o’rgatilmagani uchun u hamma narsani yoyib, 
to’zg’itib tashlaydi va o’zi yig’ishtirmasdan unga to’liq xizmat qilishni talab qiladi. 
Tarbiyachi bolaning uyida biror mehnat topshirig’i bo’lishini, xo’jalik 
ishlarida kattalarga yordamlashishini. mustaqillikka o’rgatilishini tavsiya etishi 
kerak. Ba`zi ota-onalar bola baribir ishni yaxshi bajarmaydi yoki u hali kichkina, 
oldinda maktabga borganda tashvishi ko’p deb bunga ko’nishmaydi. Bunday ota-
onalar bilan yakka holda, alohida ishlarni chidam bilan olib borish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Eng avvalo ularga bolalar tarbiyasi haqidagi kitobchalarni tavsiya 
qilish, ko’chma papka materiallari bilan tanishish, guruxda bolaning navbatchilik 
qilishini ko’rishga, qanday mehnat topshiriqlarini bajarishi, mashq qilishlari, 
o’yinlarini ko’rishga taklif etish kerak. 
Ayrim vaqtda bunday hodisani ham kuzatish mumkin: oilada bolaga ko’p 
e`tibor beriladi va g’amxo’rlik qilinadi, oilada tartib to’g’ri o’rnatilgan, bolaning 
ovqatlanishi yaxshi, bolaga hech qanday topshiriq berilmagan. Bola o’z joyini va 
o’yinchoqlarini o’zi yig’ishtirmaydi, uning bu ishini ota-onasi yoki oilaning katta 
a`zolari bajaradilar. Tarbiyachi bu holda ota-onalar uyida bolaga alohida joy
burchak ajratishlari kerakligini maslahat beradi, bu tadbir oilada bola hayotining 
to’g’ri tashkil etilishiga imkon beradn. O’z burchagida bola yashaydi, o’ynaydi, 
rasmlar chizadi, o’yinchoqlar yasaydi va hokazo. 
Oilani birinchi bor borib ko’rish, ayniqsa mas`uliyatlidir. Maktabgacha ta`lim 
muassasasi bilan oila orasidagi tarbiya bir-birini tushunish, ishonch va ijobiy 
aloqani o’rnatilishida bu ishning qanday o’tishiga bog’liqdir. Oilaga tashrif 
buyurishdan avval uning a`zolari, ota-onalarning kasblarini, ularning ish joylarini 
va hokazolarni ifodalovchi ma`lumotlarni o’zlari aniqlashlari zarur. Agar 


192 
tarbiyachi oilaii borib ko’rishdan avval o’zi uchun bolaning rivojlanish va 
tarbiyalanganlik darajasi xarakteristikasini tuzib olsa, oilani borib ko’rish yanada 
samarali bo’ladi. Bu holda, ota-onalar bilan aniqlash va muhokama qilishni talab 
qiluvchi jihatlarini ajratib olish kerak. Birinchi bor borib ko’rish tarbiyachiga 
oilaning hayot tarzi haqida, oilaviy «vaziyat», bolaning oiladagi tarbiyasi haqida 
umumiy tasavvur berishi kerak. Keyingi tashriflar tarbiyachiga bola tarbiyasining 
aniq masalalarini mufassal fahmlab olishga imkon beradi. Oilani takror borib 
ko’rishda tarbiyachi uning maslahat va takliflari bajarilgan yoki bajarilmagani 
bilan qiziqadi. 
Tarbiyachi do’stlik vaziyatida o’tayotgan suhbat davomida shaxsiy 
kuzatishlar, ota-onalarga, oilaning boshqa a`zolariga va bolaga berilgan savollar 
orqali bolani, uning oilasini yana ham yaxshiroq bilib olishga imkon beruvchi 
o’ziga zarur ma`lumotlarni oladi. Bularning hammasi bola tarbiyasiga ancha 
samarali ta`sir ko’rsatadi. Bunday tashriflarning natijasi tarbiyachiga bola bilan 
yakkama-yakka ish olib borish rejasini tuzishga imkon beradi. 
Oilalarni borib ko’rib, ularda bola hayoti bilan tanishishda tarbiyachilar 
ma`lum qoidalarga rioya qilsalar foydadan xoli bo’lmaydi. 
Tashrif buyurish haqida ota-onalarni oldindan ogohlantirish kerak, bunda o’zi 
uchun va oila uchun qulay kun tanlanadi; aytilgan kunda kelysh, oila a`zolarini 
kutishga majbur qilmaslik va oila rejalarini buzmaslik zarur; suhbat vaqtida hech 
qanday yozuv olib bormaslik keraq ota-onalar bilan keskin, nasihatgo’ylik 
ohangida gapirishmaslik zarur, faqat maslahat, tilak, taklif kiritish mumkin; oilani 
borib ko’rishda olnngan taassurotlarni kalendar rejaning «Tarbiyaviy ishlarni 
hisobga olish» ustuniga yozib qo’yish lozim. 
Tarbiyachi biror bolaning oilasiga borib tanishgani haqida guruhdagi hamma 
bolalarga gapirib berishi (bordi-yu tarbiyachining rejasi shunday bo’lsa), bunday 
hikoyalarga, masalan, «Qiziqarli hikoyalar» deb nom berishi ham mumkin. Bolalar 
bunday hikoyalarni tinglashni va uning «qahramonlarini» bilib olishni yaxshi 
ko’rishadi. Bu hikoyalar bolalarga yaxshi narsani aniqlashga va o’z 
tengdoshlarining kamchiligiga tanqidiy qarash va o’z-o’ziga tanbeh berish 
imkoniyatini yaratadi. 
Oiladagi suhbatlarning mazmuni bolalarning yoshiga bog’liq. Bolalarning ota-
onalari bilan suhbatlashganda mustaqillikni, gigienik ko’nikmalarni tarbiyalash, 
nutqni o’stirish va hokazolar haqida gap boradi; maktabgacha katta tarbiya 
yoshidagi bolalarning ota-onalari bilan o’yinni, mehnatni boshqarish, kitoblardan 
foydalanish, ma`naviy-iroda sifatlarini shakllantirish haqida suhbat o’tkaziladi. 
Oilani borib ko’rishning maqsadi va mazmuni tarbiyachining rejasida, 
hisobida va maxsus kundaligida aks ettirilishi kerak. Oilani yiliga kamida ikki 
marta borib ko’rish tavsiya etiladi. Oilaga tashrif buyurishlar, anketa 
ma`lumotlarini tahlil qilish, ijobiy tajribaning umumiy manzarasini va oilaviy 
tarbiyadagi o’ziga xos qiyinchiliklarni ochib beradi. Bu esa mudiraga va 
tarbiyachiga turli yoshdagi guruh ota-onalarining pedagogik madaniyatini 
oshirishga, tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan ishini ma`lum tizimda 
yo’naltirishga yordam beradi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish