Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

2.
Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar 


193 
Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo’llanadigan 
suhbat - bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun jo’natish vaqtida o’tkazilishi 
mumkin. Ular tarbiyachilar va ota-onalartsing bir-biri bilan yaqinroq 
tanishishlariga, bir-birlarini bolaning hayoti haqidagi ma`lumotlar bilan xabardor 
qilishlariga, uning muvaffaqiyatlari va kamchiliklari, hulqi va sog’lig’idagi 
o’zgarishlarni kuzatishga yordam bsradi. 
Ota-onalar bilan shaxsan ishlashning bu shaklini tarbiyachilar ayrim 
bolalar bilan ishlashda keng foydalanishlari kerak. CHunki bir oila uchun muhim 
va qiziqarli bo’lgan narsa, boshqa oila uchun umuman kerak bo’lmasligi mumkin. 
SHuning uchun oilaviy tarbiya shartlarini bilish individual ish mazmunini 
aniqlashga yordam beradi. Tarbiyachi shu suhbatlarning tashkilotchisi bo’ladi. 
Shaxsny suhbatlarni shoshilmasdan, tashqaridan tinglovchilarni jalb 
qilmasdan olib borish hamda unga faqat suhbatdoshnigina jalb qilish kerak. 
Tarbiyachining ota-onalar bilan ertalab o’tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli 
bo’ladi, lekin bolaning kayfiyatini aniqlab olishda, shuningdek, uning yaqinlarida 
yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo bo’lishida katta ahamiyatga ega. 
Ota-onalardan bola kechqurun yoki kechasi qanday kayfiyatda bo’lganini, qanday 
uxlaganligi, bola o’zini qanday sezishini so’rash foydali. Tarbiyachi ota-onalarga 
bolalarni bugun guruhda nimalar kutishi haqida qisqacha axborot beradi (biror 
ekskursiya uyushtirilishi, musiqiy mashg’ulot o’tkazilishi, qo’g’irchoq teatri 
kelishi va hokazo). Bu narsa bolaning kayfiyatini ko’taradi, ota-onalarni xotirjam 
qiladi. 
Ota-onalar bilan kechki suhbatlar ham vaqt jihatidan cheklangan. Tarbiyachi 
ulardan ba`zilariga bolaning guruhda kuni qanday o’tgani, u nima bilan mashg’ul 
bo’lgani, o’zini qanday tutgani, nimaga e`tibor berish kerakligi haqida axborot 
beradi. Masalan, ota-onalarga ularning bolasi bugun navbatchilikni yaxshi 
bajargani, unga bayramga she`r yodlab kelish topshirilganligi va shu boisdan unga 
yordam berish kerakligi xaqida gapiradi. Ota-onalarga bolasi haqida ko’p shikoyat 
qilaverish ham yaxshi natija bermaydi. Chunki ularning aks ta`siri pedagogik 
jihatdan asossiz bo’lishi mumkin. Ko’p shikoyat qilish tarbiyachining pedagogik 
ojizligini anglatadi. 
Ota-onalar bilan kechki suhbat vaqtida tarbiyachi bolaning tashqi ko’rinishiga 
taalluqli kamchiliklar (mavsumga mos kiyim, tor oyoq kiyim, sochi olinmaganligi 
va hokazo) aytilishi mumkin. Buni odob bilan, o’z maslahatlarini kichkintoy 
haqidagi g’amxo’rlik sifatida asoslash kerak. 
Bir-birini tushunish sharoitini yaratish uchun suhbat vaqtida ota-onalarga
faqat u yoki bu talablarni qo’ymasdan, balki ularni nima tashvishga solishini yoki 
aksincha, nima xursand qilishini diqqat bilan tinglash kerak. Onda-sonda suhbat 
o’tkazish mavzui bolaning uydagi va maktabgacha ta`lim muassasasidagi hayoti 
bilan taqozo qilinadi. Oilaga yanada maqsadga muvofiq ravishda ta`sir ko’rsatish 
uchun tarbiyachi muntazam suhbatlar o’tkazish rejasini tuzishi mumkin. Bu 
suhbatlarning mavzui bolalarning xususiyati, xulqiga qarab belgilanadi. Bunday 
suhbatlar savol-javob, mulohaza va eslatma shaklida do’stona vaziyatda 
o’tkaziladi. Buning natijasida bolani oilada tarbiyalashni yaxshilashga qaratilgan 
takliflar va talablar ifodalanishi kerak. 


194 
Shaxsiy maslahatlar suhbatga ancha yaqin keladi. 
Ota-onalarning bola tarbiyasida yo’l qo’ygan biror kamchilik va xatosini tahlil 
qilish uchun ular bilan yanada mufassal suhbat o’tkazish zarurati tug’ilganda va 
ularga vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat hamda tavsiya berish kerak 
bo’lgapda maslahatlar o’tkaziladi. 
Maslahatlar ancha tor masalalarni chuqur yoritishga imkon beradi. Ular uchun 
mavzu tanlash bolalarni kuzatish natijalaryga yoki tarbiya muammolariga qarab 
belgilanadi. («Bolalarga nimani o’qish va nimapp aytib berish kerak», 
«Bolalarning savoliga qarab qanday javob berish kerak», «Bayramni qaerda va qay 
tarzda o’tkazish kerak», «Teleko’rsatuvlarning foyda va zarari» va hokazo.) 
Masalan, tarbiyachi bolaning injiqliklari sabab uning oilada noto’g’ri 
tarbiyalanishi ekaniga ishonch hosil qilib, bolaning otasi yoki onasini «Injiqlik va 
o’jarliklar, ularning sabablari va engish yo’llari» mavzusidagi maslahatga taklif 
etadi. 
Pedagog maslahatni o’tkazishga oldindan tayyorgarlik ko’radi, zarur adabiyot 
va ko’rsatmali material tanlaydi, e`lon osib qo’yadi (guruhiy maslahat). 
Ota-onalar uchun maslahatlarni tarbiyachi, shifokor, muassasa mudiri, 
logoped o’tkazadi. Bunda osoyishta, ishchan vaziyatni tashkil etish lozim, shunda 
ota-onalar maslahat beruvchini diqqat bilan tinglashadi, savollar berishadi, ba`zi 
maslahatlarni yozib olishadi. 
Maslahat o’tkazishda tarbiyachi ham, ota-ona ham tashabbus ko’rsatishi 
mumkin. Uning ijobiy natija berishi pedagogning mazkur oilada bola tarbiyasi 
tizimini bilishiga, maslahat va tavsiyalar qanchalik malakali bo’lishiga bog’liq. 
Maslahat o’tkazilgandan biroz vaqt o’tgach, tarbiyachi ota-onalar olgan 
bilimlaridan bolalarini tarbiyalashda qanday foydalanayotganlari bilan qiziqadi. 
Ota-onalar bilan ishlash shakliga ota-onalar bilan bo’ladigan yozishmalarni 
ham kiritish mumkin. Bu usuldan ba`zp sabablarga ko’ra ota-ona bilan bevosita 
muloqot qiyinlashganda (bolalar dala hovliga yoki sanatoriyga ketganda, ota-
onalar dam olishga yoki xizmat safariga ketganda va hokazo) amalga oshiriladi. 
Tarbiyachi o’z xatlarida ota-onalarga bolaning sog’lig’i, uning o’sishi va xulqi, 
tarbiyadagi yutuq va kamchiliklar haqida yozadi, ota-onalarni qiziqtirgan 
savollarga javob beradi. Oila bilan aloqa qilishning bu shakli bolalar bilan 
tarbiyaviy ishni engillashtiradi, ularga ota-onalar orqali ijobiy ta`sir ko’rsatishga, 
ularning bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etishga, ular kim bilan do’stlashganini, uy 
ishida ishtirok etish-etmasligini bilishga yordam beradi va hokazo. Xat yozishib 
turish maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlari bilan ota-onalar o’rtasida yanada 
yaqin, do’stona o’zaro munosabatlar o’rnatilishiga imkon beradi. 
Ota-onalar bilan shaxsan ish bajarishdan tashqari, tarbiyachi o’z guruhidagi 
ota-onalar jamoasi bilan ham ish tashkil etadi. 
3. Guruhiy maslahatlar va majlislar 
Agar tarbiyachiga aynan bir masala bir nechta ota-onani qiziqtirayotgani 
ma`lum bo’lsa, ular uchun umumiy maslahat tashkil etadi. 
Guruhiy maslahatlar ota-onalarga mavjud ma`lumotlarpi ma`lum qilishnigina 
nazarda tutmay, balki oilaviy tarbiya tajriba almashinuvini ham ko’zda tutadi. Ota-
onalar bilan oilaviy sharoit haqida bevosita muloqot qilish ham ota-onalarga jamoa 


195 
bo’lib, guruh bo’lib maslahatlar uyushtirishning mazmunini aniqlashga yordam 
beradi. 
Pedagog maslahatga oldindan tayyorlanadi: zarur adabiyotni va ko’rsatmali 
materialni tanlaydi, maslahat o’tkaziladigan aniq vaqt haqida e`lon qiladi, u haqda 
ota-onalarni ogohlantiradi. Bunday maslahatlar onda-sonda va muntazam 
o’tkazilishi mumkin. Muntazam maslahatlar ota-onalarning butun bir guruhi uchun 
o’tkaziladi, uning tarkibi muhokama qilinayotgan mavzuga qarab o’zgarib turadi. 
Albatta, guruhiy maslahatlarning mavzui turli-tuman bo’lishi mumkin. Ota-
onalar bilan ishlashning bu yo’lini amalga oshirishda pedagog ota-onalarning 
talablariga ijodiy yondoshadi. Ularni rejalashtirishda ota-onalarning tarkibini, 
ma`lumotini, pedagogik tayyorgarligini hisobga olish kerak. Maslahatlar tarbiyaviy 
ishni, bolalar ijodini, amaliy usullarni (o’yinchoq, bayramga kostyum, kiyim 
tikishni yoki bolalar ovqatini tayyorlash va hokazo yaqqol ko’rsatish bilan birga 
o’tkazilishi mumkin. 
Mudir, shifokor, logoped, musiqa rahbari ham ota-onalarning o’zlariga 
taalluqli masalalar bo’yicha maslahatlar berishadi. 
Ota-onalar jamoasi bilan ishlash guruhiy va umumiy majlislar shaklida 
o’tkaziladi. 
Guruhiy va umumiy majlislar ota-onalar o’z vazifalarini chuqurroq 
tushunishlariga va bolalar tarbiyasida rilaning ahamiyatini anglashlariga, 
pedagogik bilimlarni egallashlariga qaratiladi. 
Bu 
majlislar 
bolalarning 
jamoa 
tarbiyasi 
ahamiyatini 
ta`kidlash, 
tarbiyachilarning 
obro’sini 
mustahkamlash 
va 
ota-onalarda 
ularning 
ko’rsatmalarini bajarishga tayyor bo’lish hissini uyg’otishi lozim. 
Ota-onalarning guruhiy majlislari zaruriyatiga qarab yil choragida bir marta 
o’tkaziladi. 
Bupday majlislardan maqsad ota-onalarni aniq pedagogik masalalar bilan 
tanishtirishdir. Ularda mazkur guruhdagi bolalarni tarbiyalash masalalari 
muhokama qilinadi, guruh ishi bilan bog’liq tashkiliy masalalar qarab chiqiladi
ota-onalarning bayramda ishtirok etishlari haqida, ekskursiyalar haqida gapiriladi 
va hokazo. 
Majlisning mavzusini belgilashda va unga tayyorgarlik ko’rishda ota-onalari 
taklif etilayotgan bolalarning yoshini hisobga olish zarur. Shu munosabat bilan 
o’yin, o’quv yoki mehnat faoliyatlari haqida masalalar ko’proq o’rin egallashi 
mumkin. 
Majlis vaqtida hammaning oldida ba`zi bolalar va ularning ota-onalari haqida 
salbiy fikr bildirish kerak emas; bunday gaplarni ota-ona bilan begona 
tinglovchilar ishtirokisiz do’stona shaklda olib borish o’rinli. 
Pedagogik ta`limni tashkil etishdan tashqari «Yosh ota-onalar maktabi» kabi 
ish shaklidan ham foydalaniladi. Bu «maktabga» bolalari birinchi marta 
maktabgacha ta`lim muassasasiga kelgan onalar va otalar taklif etiladi. 
Ko’pchilik ota-onalar maktabgacha ta`lim muassasasisida kichkintoylar uchun 
qanday sharoitlar yaratilganini, u erda bolalar qanday tartib bo’yicha yashashi bilan 
tanishadilar, ammo bolani oiladan «ajratish» davri bolalar uchun ham, ota-onalar 
uchun ham murakkab ekanini hamma ham tushunavermaydi. Bu davrni qanday 


196 
qilib engil o’tkazishni tashkil qilish, «Yosh ota-onalar maktabi»ning vazifalaridan
biri hisoblanadi. 
Bunday maktabni tashkil etib, ota-onalarning istaklarini e`tiborga olgan holda 
o’quv yiliga oid ish rejasini tuzish, bolalarning maktabgacha ta`lim muassasasiga 
ko’nikish davrida maktabgacha ta`lim muassasasisida va uydagi hayotini tashkil 
etish haqida hikoya qiladigan adabiyotni tanlash, pedagogik jarayonni bevosita 
kuzatish uchun ota va onalarni taklif qilish zarur. 
Ota-onalarning hayajonlanishlari asta-sekin bosiladi, chunki bolalari 
maktabgacha ta`lim muassasasida o’zini yaxshi sezishlarini ko’rishadi. Ular 
pedagoglarning maslahatlariga quloq solishadi, birgalikdagi faoliyatga bajonidil 
kirishishadi,. zarur o’yinchoq va qo’llanmalar tayyorlashga yordamlashishadi, 
maydonni ko’kalamzorlashtirishda ishtirok etishadi va hokazo. 
«Maktabning» mashg’ulotlarida ona ham, ota ham katnashsa, maqsadga 
muvofiq 
bo’ladi, 
chunki 
bolaga 
ota-onaning 
va 
tarbiyachilarning 
muvofiqlashtirilgan ta`siri natijasidagina maqsadga erishish mumkin. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish