197
Ota-onalar qo’mitasining faoliyati samarali bo’lishi uchun uning a`zolarining
pedagogik madaniyatini oshirish doimo diqqat-e`tiborda bo’lishi zarur. SHu
maqsadda shahar va nohiyalarda rejali o’qyashning turli xil shakllari o’tkaziladi.
Ota-onalarning bola tarbiyasi sohasidagi ilg’or tajribalarini almashinishga
bag’ishlangan kechalarni tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu erda uch
avlod vakillari - katta, o’rtacha va kichik avlod vakillari uchrashadi va fikr
almashinadi. Ularni bolalar tarbiyasining ko’pgina masalalari qiziqtirganligi
uchun bunday bevosita aloqa juda ham foydalidir.
Ota-onalar qo’mitasining faoliyati maktabgacha ta`lim muassasasining yillik
rejasiga mos holda rejali ravishda olib borilishi kerak. Qo’mitaning
ishini mudira
boshqarib boradi. Uning majlislari ikki oyda kamida bir marta o’tkazilishi kerak.
Har bir yoshdagi guruhda ota-onalarning faollari bo’lib, ular tarbiyachilarga
imkonlari boricha yordam beradilar. Qo’mita ota-onalar majlislari, kechalarnni
tayyorlashga yordamlashadi, ota-onalarni ayrim vazifa va topshiriqlarni bajarishga
jalb qiladi.
Ota-onalar qo’mitasining har bir a`zosi o’z tashabbusi bilan yoki ota-onalar
iltimosiga ko’ra ota-onalar qo’mitasi qarab chiqishi uchun maktabgacha tarbiya
muassasasining ishini yaxshilash bilan bog’liq masalalarni kiritish huquqiga ega.
Ota-onalar qo’mitasi o’z yig’ilishlarida mudirani maktabgacha ta`lim
muassasasining istiqbollari va ishining ahvoli haqida shuningdek,
ota-onalarni
qiziqtiruvchi ayrim masalalar bo’yicha ma`ruzasini eshitishga haqlidir.
Ota-onalar qo’mitasining a`zolari va maktabgacha ta`lim muassasasi notinch
oilalarga alohida e`tibor beradi, ularni borib ko’radi, o’z bolalarining tarbiyasiga
etarli mas`uliyat bilan qaramaydigan, maktabgacha ta`lim muassasasining
talablarini bajarmaydigan ota-onalarga ta`sir ko’rsatadi. Ota-onalar qo’mitasi
a`zolari tarbiyachilar bilan birga oilaviy tarbiyaning eng yaxshi tajribasini
o’rganada va uni tarqatishda ishtirok etadi.
Ota-onalar qo’mitasi ota-onalarning umumiy majlisiga hisob beradi
(bo’ysunadi), unga avval qabul qilingan qarorlarning
bajarilishi haqida hisobot
beradi.
Ota-onalar qo’mitasi ishida faol qatnashmaydigan a`zolari, ota-onalar
qo’mitasining taklifi (qarori) bilan qo’mitani qayta saylash muddatlari kelgunga
qadar chaqirib olinishlari mumkin. Uning o’rniga boshqalar saylanadi.
Ota-onalar qo’mitasi ishiking rejalari va uni hisobga oladi, a`zolarining
navbatchilik grafiklari, yig’ilish bayonnomalari va boshqa hujjatlar maktabgacha
ta`lim muassasasida saqlanadi va qo’mita tarkibi almashinganda ishlarni qabul
qilish va topshirish vaqtida dalolatnoma bo’yicha topshiriladi.
Ota-onalar guruhlardagi mashg’ulotlarda
qatnashib, dastur bilan, u qanday
amalga oshirilishi bilai tanishadilar, tarbiyachi butun guruh bilan va ayrim bolalar
bilan qanday ishlashini kuzatadilar. Har bir mashg’ulot va sayr qilingandan so’ng
uslubchi yoki mudira ota-onalarga tarbiyachi o’z oldiga qanday maqsad
qo’yganini, uning uddasidan chiqqan-chiqmaganinig uning yutug’i va xatolari
nimada ekanini tushundiradi.
Ota-onalar qo’mitasi a`zolarining bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisi
bilan aloqasi pedagoglardan o’ziga va ishiga nisbatan yanada talabchan bo’lishni
198
talab qiladi. Dastlabki vaqtlarda tarbiyachilar ota-onalar oldida tortinishadi, biroq
ularga o’rganib ketgandan so’ng o’z ishlarini ko’rsatishni shart deb tushunmay,
balki bunga xursand ham bo’lishadi. Ota-onalar oldida tarbiyachining obro’si
ko’tariladi, unga hurmat ortadi, undan yordam, maslahat so’rab murojaat qiladigan
bo’lishadi.
Oila bilan ishlashning yaqqol vositalar kompleksi
eng katta ishonchga va
ishchanlikka ega bo’ladi. Tarbiyachining bolalar bilan ishlashini ko’rsatish (yoki
«Ochiq eshiklar kuni»), ko’rgazmalar, fotomontajlar bolalarning ishlarini
ko’rsatish, pedagogik axborot stendlari, ko’rgazmalarni bezash, ota-onalar uchun
kutubxona, oilaviy tarbiyaning turli masalalari bo’yicha materiallari bo’lgan
ko’chma papaklar shular jumlasidan. Ko’rsatmali materialni ota-onalar faol qabul
qilishlari uchun ular diqqatini unga qaratish va u bolalar tarbiyasida qanday
foydalanilishiga qiziqtirish kerak.
Ularning ba`zilari to’g’risida to’xtalib o’tamiz.