Ota – onalar savodxonligini oshirishda oilaning vazifalari




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 
19.4.Ota – onalar savodxonligini oshirishda oilaning vazifalari. 
 
XXI
 
asr o’zbek oilasida dunyoga kelib, shakllanadigan shaxslarning erkin 
fikrlaydigan, oilada, atrof-muxitda bo’layotgan vokea-xodisalarni xaqqoniy 
baxolaydigan va ularga erkin
 
munosabatlarini bildira oladigan, o’zining ilg’or 
fikrlari, namunasi bilan oila a`zolari, safdoshlari, jamoasiga ta`sir qila oladigan, 
ularni ezgu maqsadlar yo’lida birlashtirish kuchiga ega, jamiyat, davlat, xalk 
manfaatlarini o’z manfaatlaridan ustun qo’yadigan, fidokor, tashabbuskor, 


209 
tadbirkor, ijodkor bo’lmog’i nazarda tutiladi. Bunga esa ota-ona ibrati, momolar va 
bobolar o’gitlari, ma`nan sog’lom oila muxitidagina erishish mumkin. 
Oilada farzandlar dunyoga kelishi bilan ularning taqdiriga jonsaraklik bilan 
karash orkali ota-onalar zurriyodlarining qobil va aqlli, imon e`tiqodli, sog’-
salomat voyaga etishi ustida jon koyitadilar. O’zbek oilasida avlodlardan meros 
shunday tarbiya mezonlari va an`analari mavjudki, ularning xayotiyligi va 
bardavomligi bois millatimiz ma`naviyati yuksak pog’onalarga kutarildi. Lekin 
shuni e`tirof etmoq lozimki, bugungi kunda fuqarolarning xuquqiy, tibbiy, 
iqtisodiy, ma`naviy madaniyati darajasini davr talabiga to’la javob beradi, deb 
bo’lmaydi. Ba`zi yoshlarning nikoxdan o’tmasdan oila qurishlari, meros 
taqsimotida aka-uka, opa-singillar o’rtasida paydo bo’ladigan noxushliklar, er-
xotin nikoxini bekor qilish jarayonidagi noroziliklar, ovsinlar, kaynona - kelin 
o’rtasidagi uy-joy taqsimotidagi janjallar xuquqiy savodxonlik va ma`naviy 
madaniyat darajasining pastligi tufayli sodir bo’ladi. Oilada bo’ladigan bunday 
noxush xolatlarning oldini olishning asosiy yo’li, avvalo, ota-onalarning xukukiy, 
ma`naviy-axlokiy bilim va madaniyatini shakllantirishdir. Buning uchun korxona 
va tashkilotlarda, maxalla va turar joylarda muntazam faoliyat ko’rsatadigan o’quv 
kurslari, 
jamoatchi 
xukukshunoslar 
maslaxatxonalari, 
«Ota-onalar 
universitetlari»ni tashkil etish maksadga muvofikdir. CHunki xukukiy madaniyatli, 
yuksak ma`rifatli ota-onalargina farzandlarini xar tomonlama etuk kishilar kilib 
tarbiyalashi mumkin. 
Maktabgacha ta`lim muassasalari, umumiy o’rta ta`lim maktablari, o’rta 
maxsus va oliy ta`lim mazmuniga yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlovchi maxsus 
ukuv kurslari va o’quvchi-yoshlar uchun mo’ljallangan nazariy xamda amaliy 
xukukiy bilim beruvchi kizikarli metodik qo’llanmalar yaratish bugungi kunning 
dolzarb masalalaridan biri bo’lib kolmokda. Shuningdek, barcha bosqichlardagi 
FXDYO lar koshida nikoxga kirayotgan yoshlar uchun «Oila dorilfununi» maxsus 
kursini joriy etish o’z echimini kutayotgan muammolardandir. 
Oilada xukm suradigan sog’lom turmush tarzi yoshlar o’rtasida paydo 
bo’ladigan ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik, jinoyatchilikning oldini olish 
xamda ularni diniy ekstremistlarning ta`siriga tushib qolishdan saklaydi. SHuning 
uchun oiladagi sog’lom muxitni mo’`tadil saqlash, avvalo, ota-onadan so’ng 
oilaning xar bir a`zosidan o’ta sergaklik va ogox bo’lishni talab etadi. 
Oilada amalga oshiriladigan tarbiya farzandlarda o’z ota-onasi, oilasi, avlod-
ajdodlari tarixidan, o’zi tug’ilib o’sgan o’lkasi, Vatani, millati, tili, dini va 
an`analaridan gururlanish xissini shakllantirmogi kerak. 
Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, moddiy etishmov-chilikni mexnat, sabr-
tokat, bardosh bilan engsa bo’ladi, lekin ma`naviy inkirozni, ma`naviy 
kashshokdikni fakat ma`rifat bilan, akdiy kamolot, soglom fikr bilan engish 
mumkin. Bu o’rinda oilada amalga oshiriladigan barcha ta`lim - tarbiyaviy 
ishlarning maksadli, rejali bo’lishiga aloxida axamiyat bermok kuzlangan 
maksadga erishish garovidir. 
Oiladagi va atrof-muxitdagi sanitariya-epidemiologiya xolatlarini talab 
darajasida tashkil etish, shaxsiy gigiena va ovkatlanish koidalariga rioya etish 
ko’nikma va malakalariii shakllantirish, salomatlikni saklashda xalk tabobatidan 


210 
keng foydalanish, oilada jismoniy tarbiyani keng yo’lga kuyish-turli 
kasalliklarning oldini oluvchi muxim muolaja xisoblanadi. 
Ba`zan oilada er-xotin, qaynona-kelin va boshqalar o’rtasida uchraydigan bir-
biriga nisbatan xurmatsizlik, o’zaro nizo, urish-janjallar, xomilador ayolni avaylab-
asrash o’rniga ogir mexnat kilishga majburlash, xurlash, bolaning nogiron, jizzaki 
bo’lib tugilishiga sabab bo’ladi. Ota-onadagi jamiki xislatlar irsiy yo’l bilan xam 
bolaga utishi tabiiydir. Xatto tugilmagan bolada ona kornidayok ota-onaga 
nisbatan mexr xissi shakllanishi meditsinada o’z isbotini topgan. 
Shaxsning kelajagi tarbiya maskani bo’lgan oilada tarbiyaning kanday amalga 
oshirilishi xamda ota-onaning o’z burch va vazifalariga kanday munosabatda 
bo’lishiga boglikdir. Umuman olganda, oiladagi xar bir kishining o’z burch va 
vazifasiga mas`uliyat bilan yondashishi oila mustaxkamligi va jamiyat 
farovonligiga erishishning muxim omilidir. 
Oila tarbiyasida oila, maktab, maxalla va jamoatchilik xamkor-ligini 
ta`minlash, oila an`analari, kadriyatlari, ota-ona va keksa avlodning shaxsiy 
namunasidan samarali foydalanish komil insonni shakllantirishda muxim axdmiyat 
kasb etadi. 
Buning uchun, avvalo, ota-onalarning o’zlari xayotni yaxshi bilishlari, 
O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila Kodeksi va boshqa me`yoriy 
xujjatlarda ko’rsatilgan fukarolar xukuki, erkinliklari va burchlari, oila va nikox 
munosabat-larining tartibga solinishini o’rganib, ularni xayotga to’g’ri tatbik eta
olishlari, konunlarda ko’rsatilgan, xamma uchun majburiy bo’lgan xukukiy 
kridalarni o’z farzandlariga asta-sekin tushuntirib borishlari lozim. SHuningdek, 
milliy urf-odatlar, an`ana va kadriyatlarni tulakonli anglay olishlari, ularni bugungi 
davr talabi bilan uygun tarzda oila tarbiyasida farzandlarga asl moxiyati va 
ma`nosini etkaza bilishlari zarur. Bo’larni amalga oshirish uchun ota-onalarga, 
ayniksa, yosh ota-onalarga tegishli tarzda pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya 
bo’yicha tajriba almashish (integratsiya), ularning pedagogik, ma`naviy-ma`rifiy, 
xukukiy bilim va madaniyatlarini oshirish, «Oila-maktab-maxalla xamkorligi»ni 
muvofikdashtirish zamon talabi bo’lib kelmokda. Respublika «Oila» ilmiy-amaliy 
markazi xodimlari bilan xamkorlikda maxallalardagi oilalarda ota-onalarning 
ma`naviy-axlokiy, tibbiy-demografik, ijtimoiy-xukukiy savodxonligi darajasini 
tadkik etish maksadida uch yil mobaynida aniq sotsiologik izlanish olib borildi. 
Tadkikot o’tkazilgan xududlarda tajriba-sinov tarikasida bir nechta «Ota-onalar 
universitet» tashkil etildi. 
«Ota-onalar universiteta» - ota-onalarni bola tarbiyasi ilmidan vokif kiluvchi, 
soglom turmush tarzi madaniyatini shakllantiruvchi

axolining ma`naviy-axlokiy, 
tibbiy-demografik, ijtimoiy-xukukiy savodxonligi va malakasini oshiruvchi 
jamoatchilik maktabi xisoblanadi. 
Mazkur universitetlar mashg’ulotlari uchun ishlab chikilgan dastur 36 soatga 
muljallandi. Mashg’ulotlar maxallada istikomat kilayotgan ota-onalar, yosh kelin-
kuyovlar, oila kurish busagasida to’rgan usmirlardan iborat tinglovchilarning 
yoshi, jinsi, ma`lumoti xisobga olinib tashkil kilingan xar biri 20-30 kishilik 
guruxlarda olib borildi. 


211 
Maxallalarda tashkil etilgan «Ota-onalar universiteti» maktablar koshida 
tashkil 
etilgan 
«Ota-onalar universiteti»dan o’zining mazmun-moxiyati, 
tinglovchilar tarkibi va belgilangan vazifalari bilan keskin fark kiladigan targibot 
mexanizmi bo’lishi bilan fark kiladi. Uning voizlari maxallada istikomat kiladigan 
xukukshunos, tibbiyot xodimi, psixolog, pedagog va iktisodchilar yoki tashkaridan 
taklif etilgan mutaxassislar bo’lishi mumkin. Universitetga raxbarlik maxalla 
oksokoli va diniy-ma`rifiy va ma`naviy-axlokiy tarbiya masalalari bo’yicha 
maxalla maslaxatchisi, tashkiliy ishlar xotin-kizlar ishlari bo’yicha komissiya raisi, 
profilaktika noziri zimmasida bo’ladi. 
Universitet mashg’ulotlari kuyidagi yo’nalishlarda olib borildi: 

oila xukuki; 

oila demografiyasi; 

oilaning tibbiy-biologik asoslari; 

oila ma`naviyati; 

oila psixologiyasi. 
Universitet tinglovchilari yukorida keltirilgan mavzular yo’nalishi bo’yicha 
mutaxassislarning suxbatlaridan baxramand bo’lishdan tashkari, psixologik testlar, 
treninglar vositasida interfaol usullarda o’z fikr-muloxazalarini bemalol bayon 
etish imkoniyatiga ega buldilar. Mashg’ulotlarning mavzulariga karab Respublika 
«Oila» markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan bukletlar, risolalar, tavsiyalar 
tarkatma materiallar sifatida takdim etildi. 
Chunki ularning mashg’ulotlardan zerikmasligi, xar bir mashg’ulotning 
kizikarli utishini ta`minlash kup jixatdan universitet raxbarining tashkilotchilik 
kobiliyatiga boglik. Universitetning jamoatchilik makrmidagi raxbari maxalla 
faollaridan biri bo’lib, uni erkin, demokratak asosda tinglovchilarning o’zlari 
birinchi uchrashuvdayok saylab oladilar. 
Universitetdagi mashg’ulotlarning izchilligi tinglovchilarning kizikishini 
anik maksad sari yunaltiradi, kuzda tutilgan tajribaviy ishlar samaradorligini 
ta`minlaydi. 
Ma`ruzachilarning o’z suxbatida olib borilgan tadkikot materiallaridan
statistik ma`lumotlardan, gazeta-jurnal materiallaridan, xayotiy misollardan 
foydalanishi tinglovchilarning kizikishini oshirishi kuzatildi. 
Mashg’ulotlarni dolzarb xayotiy masalalar yuzasidan nazariy bilim berish 
bilan birgalikda baxs-munozara, erkin fikrlash, savol-javob, situativ xolatlarni 
baxolash kabi amaliyot bilan uygunlashgan xolda o’tkazish maksadlidir. Kurs 
yakunida ota-onalar bilimi test mezonlari asosida baxolanadi. Universitetni 
muvaffakiyatli tamomlagan tinglovchilarga «Oila» markazining sertifikata 
tantanali 
tarzda 
takdim 
etildi. 
Sertifikat, 
o’z navbatida, universitet 
bitkazuvchisining nafakat o’z oilasi mustaxkamligi, balki kuni-kushni, maxalla 
yoshlari uchun mas`ul ekanligining belgisi sifatida oilalarda saklanadigan buldi. 
Maxallada tashkil etilgan «Ota-onalar universiteti»ning ijobiy sifatlaridan biri 
tinglovchilarning ma`naviy-axlokiy masalalarga doir bilimi, dunyokarashi va 
mafko’rasini shakllan-tirish orkali komil insonni tarbiyalashda foydali bo’libgina 
kolmay, oila mustaxkamligining tayanchi sifatida xizmat kilishidir. 


212 

Download 2,1 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ota – onalar savodxonligini oshirishda oilaning vazifalari

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish