O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

Ko’chma papkalar 
Tarbiyaning biror masalasi bilan ota-onalarni yanada chuqurroq tanishtirishga 
ko’chma papkalar yordam beradi. Odatda, ularga rasmli va amaliy tavsiyalar 
berilgan mavzuiy material tanlanadi. U muntazam ravishda to’ldirib boriladi, 
rasmlar yangisi bilan almashtiriladi. 
Ko’chma papkalarni mavzuiy o’rganish bo’yicha shakllantirish mumkin: 
masalan, «Bolaning uyidagi va bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisidagi 
tartibi», «Bolalar bilan uyda mashg’ulot o’tkazish», «Itoat qilishdan ongli 
intizomga» va boshqalar. 


202 
Biror yoshdagi bolalarni tarbiyalashning turli muammodari bo’yicha shunday 
papka tayyorlash mumkin, masalan, «Maktabgacha tarbiya yoshidagilarning 
imkoniyatlari», «Bolalarda gigienik ko’nikma va odatiy tarbiyalang», «Bolalarni 
qanday kiyintirish kerak», «To’liq uyqu», «Tabiatga sayohat», «Ehtiyot bo’ling - 
ko’cha!», «Har bir xonadonda musiqa va ashula yangrasin!» va hokazo. 
Papkalarda amaliy material ham joylashtiriladi: she`rlar, qo’lda yoztishga 
o’rgatuvchi topshiriq-mashqlar, o’qish uchun tavsiya qilinadigan badiiy asarlar 
ro’yxati, bolalarning ishlari namunalari va hokazo. 
Bu ish turlarining har biri o’z afzalliklariga ega na ota-onalarning pedagogik 
madaniyatiii oshirishga xizmat qilishi mumkin. 
Ko’chma papkalar ayrim oilalarga bir-ikki hafta muddatga vaqtincha 
foydalanish uchun berib yuboriladi. Ko’chma papkadagi material bilan 
tanishgandan so’ng ota-onalar shu erdagi daftarga o’z taassurotlarini, shuningdek, 
shaxsiy tajribasini o’rtoqlashib yozib qo’yishi mumkin. 
Tarbiyachidar esa o’z navbatidagi ota-onalar bilan o’qib chiqilganlar haqida 
suhbat o’tkazishadi, tavsiya etilgan material bolalar tarbiyasida qanday yordam 
bsrgani aniqlanadi, ularning fikricha uning mazmuniga nimani qo’shish kerakligi 
aniqlanadi. 
Ko’chma papkadagi materialni vaqti-vaqti bilan yangilab turish, eskirgan 
materiallarni, rasmlarni yangisiga almashtirish kerak. Papkaning o’zi chiroyli 
yasatilishi undagi matn yo mashinkada bosilishi, yoki qo’lda aniq, tushunarli qilib 
yozilishi kerak. Ko’chma papkalar odatda tarbiyachilarda saqlanadi. 
Ko’rgazmalar jamoatchilik diqqatini bolalar tarbiyasi masalalariga qaratadi 
va jumhuriyatimizda maktabacha tarbiya muassasalari erishgan muvaffaqiyatlarga 
iftixorlik hissini uyg’otadi, shuning uchun ham ular katta ahamiyatga ega. 
Ota-onalarning bolalar pedagogikasi va ruhiyati masalalariga nisbatan ortib 
borayotgan e`tiborini qanoatlantirish uchun har bir maktabgacha ta`lim 
muassasasida pedagogik va uslubiy adabiyotlar kutubxonasi bo’lishi kerak. 
Yaqqol targ’ibotning hamma shakllarini qo’shib olib borish ota-onalarning 
pedagogik bilimlarini orttirishga, tarbiya ishiga qiziqishning o’sishiga imkon 
beradi, ularni oilada tarbiyalash usullari va uslublarini qayta ko’rib chiqishga 
undaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi va maktab ishidagi izchillikni amaliy 
ro’yobga chiqarishning muhim shartlaridan biri tayyorlov guruxlari tarbiyachilari 
hamda birinchi sinflar o’qituvchilari o’rtasida ishga oid hamkorlikning 
o’rnatilishidir.
Bu aloqalarning ahamiyati ayniqsa keyingi yillarda maktabda bolalarni 6 
yoshdan o’qitishi va ijtimoiy maktabgacha ta`lim tizimining faol rivojlanishi 
munosabati bilan ortdi. Xozirgi davrning o’ziga xos xususiyati – maktabgacha 
ta`lim muassasasining maktab bilan ommaviy yaqinlashuvi – maktabgacha ta`lim 
muassasasi va maktab o’rtasidagi izchillikni amalga oshirish hamda maktabgacha 
ta`lim muassasa va maktablar pedagogik jamoanlarning samarali hamkorliklarining 
qaror topishi uchun mavjud ijtimoiy asosini yaratadi.
O’qituvchilar va maktabgacha ta`lim muassasa tarbiyachilari hamkorligining 
asosiy vazifasi bolalarni maktabga tayyorlashda yakdillikka erishish, bolalarning 


203 
maktabga tayyorliklarining yuqori darajasini ta`minlash bo’lib, bu keyinchalik 
maktabda muvafaqqiyatli o’qishga olib keldi.
Maktabgacha ta`lim muassasa va maktab hamkorligining mazmuni hamda 
shakllari mana shu vazifalardan kelib chiqib aniqlanadi. Maktabgacha ta`lim 
muassasa va maktab bolalari bilan aloqalarda o’zaro bog’langan uchta jihat: 
axborot – oqartuv, metodik va amaliy jihatlar farqlanadi.
Bu o’qituvchi va tarbiyachilarga bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy 
masalalarini chuqurroq farqlashlariga, bolani aqliy va ijtimoiy rivojlanishining 
psixologik tabiatini maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini 
tushunishda birlikka erishishlariga yordam beradi. Bu maqsadda maktabgacha 
ta`lim muassasa va maktab o’rtasidagi aloqalarning quyidagi aniq shakllari: 
o’qituvchi va tarbiyachilarning izchillik va bolalarni maktabga tayyorgarliklari 
muammolariga oid xamkolikdagi pedagoglar kengashida qatnashishlari, dasturlarni 
―to’qnashtirish‖ ni muhokamasiga doir seminar – praktikumlarda qatnashish, 
shuningdek tarbiyachi va o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan bolalarning yosh 
hususiyatlari maktabgacha ta`lim muassasasidan maktabga o’tishlarining 
psixologik qiyinchiliklari, bolalarni maktab sharoitlariga muvafaqqiyatliroq 
moslashuvlariga yordam beruvchi omillar va shu kabilardagi ma`ruzalarni o’zaro 
almashishlari qaror toptiriladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi va matab aloqasining metodik jihati katta 
hamda tayyorlov guruxlari va maktabning 1 – sinfida ta`lim – tarbiyaviy ishni 
amalga oshirish metod va shakllari bilan tanishish, bollar bilan matematika, ona 
tili, jismoniy tarbiya, mehnat va axloqiy tarbiyaga doir ishlash metod va 
shakllarida izchillikni qaror toptirishni nazarda tutadi. Bu jihat aloqaning 
maktabgacha ta`lim muassasa va maktablar pedagoglarining dars hamda 
mashg’ulotlarga o’zaro kiri, so’ngra uni birgalikda muhokama qilishlari, ochiq dars 
va mashqlar ko’rivuni uyushtirish, ayrim metodikalarga doir seminar – 
praktikumlarda qatnashish, ilg’or tajriba almashishga oid birgalikdagi pedagoglar 
kengshlarini o’tkazish, tarbiyachilarning maktabdagi yoki o’qituvchilarning 
maktabgacha ta`lim muassasasidagi bolalarni maktabga tayyorlash yoki 
maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini 1 – sinfda o’qitishning holati 
muammolariga bag’ishlangan o’zlarini qiziqtirgan seminar – praktikumlarda 
ishtirok etishlari kabi shakllari orqali amalga oshiriladi. Bu uchrashuvlarning 
asosiy mazmuni ko’ndalang qo’yilgan masalalarni har tomonlama tahlil qilish
ularni hal etishdagi nuqsonlarni aniqlash, maktabgacha ta`lim muassasa va 
maktabdagi ta`lim – tarbiyaviy ishni yanada takomillashtirishning aniq 
tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish