Xalq ta`limi tizimidagi ta`lim muassasalari vasiylik kengashlari to’g’risida




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

19.3.Xalq ta`limi tizimidagi ta`lim muassasalari vasiylik kengashlari to’g’risida 
Nizomning maqsad va vazifalari 
 
1.
Xalq ta`limi tizimi ta`lim muassasalaridagi Vasiylik kengashlari (keyingi 
matnda ―Kengash‖ deb yuritiladi) jamoatchilik kengashlari bo’lib, ta`lim 
muassasalarini boshqarishda jamoatchilikning faol ishtirokini ta`minlashni ko’zda 


204 
tutgan holda, ota-onalar, o’qituvchilar, mahalla faollari, homiylar va boshqa 
jamoatchilik vakillari tashabbusi bilan ta`lim muassasida tuziladi. 
2.
Kengash ta`lim muassasalarining o’z - o’zini boshdarish shakllaridan biri bo’lib, 
uning maqsadi: 
- ta`lim muassasalarida o’quvchilarning tulaqonli ta`lim - tarbiya olishlari xamda 
pedagogik jamoa va boshqa xodimlarning ishlashi uchun qulay, sog’lom va 
do’stona muhit sharoitini yaratish, ushbu ta`lim muassasaning moddiy-texnika 
bazasini mustaxkamlash hamda xududini obodonlashtirishda ko’maklashish; 
- ta`lim muassasalaridagi ta`lim - tarbiya, sinfdan va maktabdan tashkari 
jarayonlarini tashkil etish va uni takomillashtirishda ko’maklashish, maktab 
faoliyatida jamoatchilikning ishtirokini ta`minlash uchun sharoitlar yaratish 
maqsadida tuziladi. 
3.
Kengashning asosiy vazifalari: 
- ta`lim muassasalarida soglom, do’stona munosabatlar muhitini yaratishni qo’llab-
quvvatlash va ko’maklashish; 
- ta`lim jarayoni natijalariga ta`sir etuvchi omillarni aniqlashda ta`lim 
muassasalariga zarur yordam berish; 
- 2004-2009 yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi 
doirasida muassasaning infrastrukturasini rivojlantirishda ta`lim muassasi 
rahbariyati va pedagogik jamoasiga zarur yordam berish; 
- maktab ehtiyojidan kelib chiqib, byudjetdan tashqari tushgan mablag’larning 
samarali xamda ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilariga foydali bo’lishiga 
ko’maklashish; 
- mahalliy, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan kreditlar, grantlar 
hamda homiylik yordamlarini, maktab ehiyojidan kelib chiqib, samarali va qat`iy 
maqsadli foydalanishini nazorat qilish; 
- harajatlar smetasini oldindan kurib chiqish, ta`lim muassasalarining moliyaviy 
kirim va chikimlari bo’yicha xisobotlarini qabul kilish, natijasi bo’yicha xulosalar 
tayyorlash; 
- pedagogik jamoaga o’quv-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ko’maklashish; 
- muassasada bolalar bilan turli ommaviy tadbirlar, sayohatlar, uchrashuvlar, 
sog’lomlashtiruvchi va rivojlantiruvchi tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishga 
ta`lim muassasi ma`muriyatiga ko’maklashish; 

Download 2,1 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq ta`limi tizimidagi ta`lim muassasalari vasiylik kengashlari to’g’risida

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish