|
Ota-onalar uchun ko’rgazmalarBog'liq Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishiOta-onalar uchun ko’rgazmalar
«Ota-onalar uchun ko’rgazmalar» pedagogik bilimlarni targ’ibot qilish
maqsadida tashkil etiladi. Ular ota-onalar majlislari, anjumanlar vaqtiga qarab
tayyorlanadi. Ko’rgazma uchun materiallar oldindan tanlab olinadi va unga
respublikamiz xalq ta`limi sohasidagi hujjatlari, maktabgacha ta`lim muassasalar
tarmoqlarining o’sishi haqidagi raqamli ma`lumotlar, bolalar bilan shilashni aks
ettiruvchi fotosuratlar, kitoblar va o’yinchoqlar, bolalarning ishlari kiritiladi.
Bolalar ishlarining ko’rgazmasidan maqsad bolalarni mashg’ulotlarda o’qitish
natijalariga ota-ona-lar diqqatini qaratishdir. Ular har bir yoshdagi gurux uchun
alohida tashkil etiladi.
O’quv yilidagi ota-onalarning birinchi majlisida tarbiyachilar ko’rgazmaning
vazifasi haqida ma`lumot berishlari kerak. Ota-onalarga bolalar mehnati
natijalarini baholash qanchalik muhim zkann tushuntiriladi. Masalan, o’z bolasi
chizgan rasmni tengdoshlarining rasmlari bilan taqqoslab, bola qaysi borada
orqada qolib ketganiga, unga uyda qanday yordam berish kerakligiga yaqqol
ishonish mumkin. Ota-onalarnnng bolalar ishiga to’g’ri, jiddiy munosabatda
bo’lishi ta`lim berishda va tarbiyalashda yanada yuqori natijalarga erishishga
yordam beradi.
Ota-onalar uchun kutubxona ko’rgazmasi
Bolalar psixologiyasi va pedagogikasi bo’yicha ota-onalarnivg o’sib
borayotgai diqqat-e`tiborini qoniqtirish uchun maktabgacha ta`lim muassasasida
pedagogik va uslubiy adabiyotlar kutubxonasi bo’lishi kerak, martabgacha tarbiya
muassasasidagi uslubiy xonalarda maxsus ajratilgan «Ota-onalar uchun adabiyot»
deb nomlangan bo’lim yoki vestibyulda ota-onalaruchun umumiy stendda
qo’yilgan materiallarga mos holda tanlab olib qo’yilgan kitoblar tokchasida
bo’ladi. Masalan, «Bolalarning injiqliklari», «Birinchi sinfga birinchi marta»,
«Mustaqildik haqida», «Ahloq-odobga oid Hadis namunalari», «Maktabgacha
yoshdagi bolalar-g’a ta`lim tarbiya berish», «Abu Ali ibi Sino bola tarbiyasi
haqida» va hakozolarni qo’yish mumkin.
Pedagogik bilimlarni targ’ibot qilish ishiga maktabgacha ta`lim
muassasal.arida tashkil etilgan pedagogik adabiyotlar kutubxonalari katta yordam
ko’rsatadi. Tarbiyachilar ota-onalar bilan birga o’qib chiqilgan kitoblar, bo’yicha
suhbatlar va disputlar o’tkazishadi.
|
| |