O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

Mavzuiy ko’rgazmalar 
Mavzuiy ko’rgazmalar yakqol targ’ibotning alohida shakli va qimmatli 
vositasi hisoblanadi. 
Bu shakl aniq va yaqqolligi bilan yaxshidir. Ko’rgazma har bir mavzuiy 
bolalar tarbiyasining muhim masalalaridan biriga bag’ishlanadi. Ular turli xil 
sarlavhalar ostida tashkil etilishi mumkin masalan, «Bolalar - bizning 
kelajagimiz», «Birgalikda tarbiyalaymiz», «Ota-onalar - bolalarga» kabilarni 
tavsiya etish mumkin. 
Istagan mavzuiy ko’rgazmaning maqsadi - ota-onalar uchun beriladigan so’zli 
axborotni rasmlar, fotosuratlar bilan, tarbiyaning u yoki bu masalalari bo’yicha 
pedagog yoki psixologlarning fikrlari bilan to’ldirish mumkin. Masalan, «Oilada 
bolalarning mehnat tarbiyasi», «Bolalar kitobining oiladagi hayoti», «Tabiat va 
bolalar», milliy urf-odatlarimiz kabi va hakozo mavzularda tashkil etiladi. 
Ko’rgazmalarning mavzusi turli-tuman bo’lishi mumkin. U kalendardagi 
bayram kunlari, jamoat hayotidagi voqealar, yil fasllari, Navro’z, Ro’za hayiti, 
respublikamizning mustaqillik kuni kabi bolalarni maktabgacha ta`lim 
muassasasida va oilada tarbiyalashning muhim vositalari bilan aniqlanishi 
mumkin. 
Ba`zida ko’rgazmalarning mavzunini oilavny tarbiyadagi kamchiliklar bilan 
belgilash mumkin. Masalan, tarbiyachi oilani borib ko’rib, ko’pchilik bolalarning 
uyida o’yinchoqlari juda ko’pligini, ko’pchiligi buzilganini va birortasi ham bolaga 
foyda bermasligini ko’radi. Bu erda «O’yin - bolalar tarbiyasidagi vositadir» degan 
mavzuda ko’rgazma tashkil etish o’rinlidir. 
Qo’pincha ko’rgazma mavzusi maktabgacha tarbiya muassasasining yillik 
rejasi bilan belgilanadi. Masalan, maktabgacha ta`lim muassasasisining asosiy 
vazifalaridan bir) jismoniy tarbiya mavzusini tanlab olinsa, u holda «Uydagi kun 
tartibi», «Quyosh, havo va suv bizning eng yaxshi do’stlarimiz», «Yakshanba kuni 
otam kun bo’yi bizlar, bilan» va hokazo mavzulardagi ko’rgazmalarnn tashkil etish 
maqsadga muvofiqdir. 
Mavzuiy ko’rgazmalarni ota-onalar majlisini o’tkazish kunlariga mo’ljallab, 
unga hamma ota-onalarning diqqatini jalb qilish va olingan bilimlarik ma`lum 
darajada mustahkamlash imkoni bo’lganda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Ko’rgazmalar ota-onalarni maktabgacha ta`lim muassasasisining tarbiyaviy 
ishini tanishtirish maqsadida tashkil etilishi mumkin. Bu holda ko’rgazma ularning 
maktabgacha ta`lim muassasida ko’rganlarini tushunishga yordam beradi. 
Ota-onalar maktabgacha ta`lim muassasasisining oila bilan birgalikda ishlashi 
bo’yicha bir qator aniq maslahatlar olishlari mumkin. Agar keltirilgan material 
asosida ota-onalar bilan bundan keyin ish davom ettirilsa, tashkil etilgan 
ko’rgazmaning foydasi juda katta bo’ladi: suhbatlar o’tkazish, bolalarni tarbiyalash 
bo’yicha kitoblar tavsiya qilish, kinofilmlar yoki diapozitivlar ko’rsatish. 
Bularning hammasi ota-onalarni maslahatlar ustida o’ylab ko’rishga, o’z 
tajribasini tahlil qilishga, bolalar tarbiyasidagi xatolarni topishga majbur qiladi. 
Ko’rgazmalar turli xil bezalishi mumkin. Bu butun material joylashtirilgan 
stend bo’lishi mumkin. Shirmalardagi bezaklar ham o’zini oqlaydi. Shirmaga ota-
onalarga mo’ljallangan qisqa maslahatlarnn va aniq masalalar bo’yicha tavsiyalarni 


201 
joylashtirish mumkin: o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish ko’nikmalarini, bolalar 
o’yinlarini, mehnatini, yilning turli fasllarida bolalarni tabnat bilan tanishtirish 
bo’yicha mashg’ulotlarini boshqarish usullari va yo’llarini shakllantirish uchun 
zarur sharoitlarning tavsifi va hokazo. Shirma uchun materila hajmi uncha katta 
bo’lmasligi, matn, suratlar, fotosuratlar bilan to’ldirilgan bo’lishi kerak. Shirmani 
bolalarning echinish - kiyinish xonasidagi shkafchalari ustiga yoki ota-onalar 
burchagidagi stolga qo’yish mumkin. Bunday usul ko’chirib yurish va saqlash 
uchun ixcham, qulay bo’lib, istagan xonada foydalanilishi mumkin va ko’p joyni 
egallamaydi. 
Ko’rgazmalar va ota-onalarga maslahatlar umumiy bo’lishi ham mumkin. 
Guruhlarda biror yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo’yicha ko’rgazmalar tashkil 
etish maqsadga muvofiqdir. Bu ota-onalarga maslahatlarni bolalarning yoshini va 
shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib tavsiya qilishga imokoniyat beradi, har bir 
yoshdagi bolalar uchun o’yin va o’yinchoq turlari, mazmuni haqida ota-onaga 
maslahat beradi. 
Ko’rgazmalarni tashkil etish uchun turdi xil materialdan foydalanish: bolalar 
hayotidan fotosurat, jurnallardan olingan rasmlar, plakatlar, bolalarning ishlari
o’yinchoqlari, kitoblar va hokazo. 
Mavzuiy ko’rgazmalar ota-onalarni o’z bolalarlning xulqi va o’sishiga 
ko’proq qiziqishlariga da`vat qiladi, ota-onalar, tarbiyachi bilan doimiy aloqa 
o’rnatishlari zarurligini tushuna boshlashadi. 
Ko’rgazmalarni bezashga ko’pchilik aholini, fabrika, zavod, klublar, uy 
boshqarmalarini jalb etish zarur. 
Mavzuiy ko’rgazmaga materiallar badiiy, pedagogik, uslubiy manbalar 
asosida tayyorlanadi. Ulardan asosiy qisqacha nazariy qoidalar tanlab olinadi. 
Ishonchli misollarni tarbiyachining o’zi tanlab oladi. Shu material asosida ota-
onalarga bolalarni tarbiyalash bo’yicha aniq ta`sirchan maslahatlarni berish 
nazarda tutiladi. Matnning materiali qisqa, ammo mazmundor bo’lishi kerak. 
Ish tajribasining ko’rsatishicha, tarbiyalashga oid katta stendlarni ota-onalar 
har doim ham istak bilan o’qishmaydi. 
Ko’rgazmalarni tayyorlashga ota-onalarning o’zlarini jalb qilish mumkin: 
ularga ma`lum mavzuga oid adabiyotni tanlash, gazeta va jurnallardan maqolalarni, 
rasmlarni tailab qirqib olnsh, yasama o’yinchoqlarning andozasini tayyorlash va 
hakozolarni topshirish mumkin. 
Materialning rang-barangligi, badiiyligi ota-onalarda ko’rgazmaga qiziqish 
uyg’otadn va materialii yanada chuqurroq o’rganib chiqishga yordam beradi.

Download 2,1 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish