Kengash quyidagilarga majbur




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

4. Kengash quyidagilarga majbur: 
- ta`lim - tarbiya oluvchilarning to’laqonli bilim olishlari uchun tegishli sharoit 
yaratishda, usib kelayotgan avlod o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirish davlat siyosati va dasturlarini amalga oshirishda faol qatnashish; 
- muassasaning byudjetdan tashkari tushumlardan foydalanish yuzasida faoliyat 
dasturini ishlab chiqishda har tomonlama ko’maklashish va uning ishlarini o’z 
vaqtida nazorat qilish va muvofiqlashtirish; 
- ta`lim muassasasi tomonidan byudjetdan tashqari tushgan moliyaviy va moddiy 
mablag’lardan qat`iy maqsadli foydalanilishini amaldagi qonun hujjatlari asosida 
ta`minlash. 
5.
Kengash faoliyati talim muassasasi Ustavi, ―Umumiy o’rta ta`lim maktablari 
ota-onalar qo’mitasi to’g’risida‖gi Nizom va mazkur Nizom hamda boshqa 
qonunchilik hujjatlari asosida olib boriladi. 
III. Kengashning boshqaruv tuzilmasi va faoliyati 
6.
Kengashning umumiy majlisi - Kengash boshqaruvining oliy organi bo’lib, u 
kengash faoliyatining barcha sohalarini takomillashtirishga doir qarorlar qabul 
qiladi. Kengashning umumiy majlisi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. 
7.
Kengash tarkibi 9-11 kishidan iborat bo’lib, ota-onalar, pedagogik jamoa, 
maxalla faollari, jamoatchilik vakillari, xomiylardan saylanadi. 
8.
Umumiy majlis vakolatlariga quyidagilar kiradi: 
- Kengash boshqaruvi tarkibini va uning raisini tasdiqlaydi (Kengash raisligiga 
muassasa ma`muriyati va ota-onalar qo’mitasi raisi saylanishi mumkin emas); 
- Kengash faoliyatining asosiy yo’nalishlarini aniqlaydi; 
- Kengash faoliyatining yarim va bir yillik ish rejasini tasdiqlaydi; 
- muassasaning byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha tuzilayotgan xarajatlar 
smetasini va unga kiritilayotgan o’zgarishlarni kelishuvdan o’tkazadi; 
- Kengash raisining yil davomidagi faoliyati yuzasidan xisobotini eshitadi va 
tasdiqlaydi; 
- Kengash faoliyatini o’zgartirish, qayta tuzish yoki tugatish masalalarini xal 
qiladi. 


206 
 9.
Kengash raisi va uning a`zolari har yil sentyabr oyida bir yil muddatga ota-
onalar umumiy yig’ilishida saylanadi. Kengash raisi ta`lim muassasasi pedagogika 
kengashi a`zosi bo’ladi. 
10.
Kengash a`zolari tarkibiga barcha sinf ota-onalari nomidan vakil kilingan 
o’qituvchi va tarbiyachilar, xomiy xamda jamoat tashkilotlarining vakillari 
kiritilishi mumkin. 
11.
Kengash bilan maktab raxbariyati o’rtasida baxs va kelishmovchiliklar yuzaga 
kelsa, uni tuman (shahar) xalq ta`limi bo’limlari xal etib beradilar. 
12.
Ta`lim muassasasi o’z xisob raqamidagi byudjetdan tashqari mablag’laridan 
fakat Kengash yig’ilishi qarori asosida foydalanishi mumkin. 
Muassasaning xisob raqami mavjud bo’lmagan holatlarda byudjetdan tashqari 
mablag’laridan foydalanish tuman (shaxar) xalq ta`limi bo’limlari xisob raqami 
orqali amalga oshiriladi. Bu holda xam xarajatlar albatta Kengash qarori ruxsati 
bilan amalga oshiriladi. 
13.
Sinfdan va maktabdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlar uchun, zarur xollarda, 
harajatlar ota-onalarning roziligi bilangina amalga oshiriladi va bu haqida 
Kengashning qarori chiqarilishi shart. 
14.
Kengash ta`lim muassasasining moddiy-texnika negizini yaxshilashga 
ko’maklashish yuzasidan barcha shakldagi homiylik hamda muruvvat yordamlari, 
pul mablag’lari, turli jihozlar, anjomlar va boshqalarning, shuningdek, ta`lim 
xizmatlari ko’rsatish, ishlab chiqarishni tashkil etish orqali topilgan mablag’larning 
tegishli tartibda ta`lim muassasasiga kirim qilinishini nazorat qiladi, muassasa 
extiyojidan kelib chiqqan holda va faqat Kengash yig’ilishi qarori asosida 
sarflashga ruxsat beradi. SHu bilan birga Kengash raisi ta`lim muassasa 
direktoridan ta`lim muassasa hisobiga tushgan byudjetdan tashqari mablag’larning 
miqdori, ularning qay maqsadlarda ishlatilgani haqida Kengash umumiy 
yig’ilishida hisobot berishini talab qilishga xaqli. 
15.
Muassasa ma`muriyati Kengash samarali ishlashi uchun muassasa sharoitidan 
kelib chiqqan
 
holda alohida xona ajratib berishi mumkin. 
16.
Kengashni qayta tuzish va uni tugatish Kengashning umumiy yig’ilishida 
amalga oshiriladi. 
 
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARNING HAYOTI 
VA SOG’LIGINI MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH TARTIBI 
TO’G’ISIDA NIZOM 
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 
25 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida 
davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi nizomga (O’zbekiston 
Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2007 y., 43-son, 431-modda) muvofiq 
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim muassasalarda (bundan keyingi 
o’rinlarda maktabgacha ta`lim muassasasi deb yuritiladi) bolalarning xayoti va 
sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar 


207 
1. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza 
qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, 
shuningdek, maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’likni saqlash 
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi ma`muriyati tomonidan bolalarning hayoti, 
sog’lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, 
sanitariya-gigiena me`yorlariga, ovqatlanish tartibi va sifatiga rioya etilishi doimiy 
ravishda nazorat qilib borilishi lozim. 
2. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ular bilan maktabgacha 
ta`lim muassasasi o’rtasida o’zaro munosabatlar bo’yicha shartnoma tuzilayotgan 
vaqtda ushbu Nizom talablari bilan tanishtirilishi lozim.
II. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza 
qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari 
3. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza 
qilishda quyidagilar: 
- barcha telefon - apparatlari oldida hamda maktabgacha ta`lim muassasasining 
markazida yongin xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez yordam xizmatlari, ichki 
ishlar idoralarining telefon raqamlari va ularga bog’lanish tartibi ko’rsatilgan 
peshlavhalar mavjud bo’lishi; 
- maktabgacha ta`lim muassasasining barcha xodimlarida muassasa mudiri hamda 
o’z guruxidagi tarbiyalanuvchilarning yashash manzili, ota-onalar yoki ularning 
o’rnini bosuvchi shaxslarning telefon raqamlari mavjud bo’lishi shart. 
4. Maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlari bola to’satdan kasal bo’lib qolsa yoki 
noxush holat yuzaga kelgan taqdirda, birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga tayyor 
turishi lozim. Xar bir guruxda bolalar tomonidan olishning imkoniyati bo’lmagan 
joyda kerakli dori-darmonlari bo’lgan aptechka bo’lishi shart.
5. Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik kengashlar kasaba uyushmasi 
yig’ilishlari va boshqa tadbirlarni bolalarning uyqu soatlarida tashkil etish lozim. 
Bunda albatta guruxda tarbiyachi yordamchisi qolishi shart. 
6. Maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat 
mahsulotlarining saqlanishi va taomlarni tayyorlanishi O’zbekistan Respublikasida 
tasdiklangan sanitariya qoidalari va me`yorlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 
7. Bolalar sayr va ekskursiyaga olib chiqilganda tarbiyachi tomonidan ularning 
xech qanday meva va o’simliklarni iste`mol qilmasliklari nazorat qilinishi lozim. 
8. Maktabgacha ta`lim muassasasi xududidan uzoqroqqa sayr yoki ekskursiyaga 
chiqayotgan gurux kamida ikki nafar xodim bilam ta`minlangan bo’lishi lozim. 
Bunda xodimlarning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida xarakatlanib 
borishi lozim. 
9. Bolalarni tartibli ravishda sayr yoki ekskursiyaga olib chiqilishi ichki ishlar 
idoralari bilan kelishilgan xolda o’rnatilgan tartibda yo’l-patrul xizmati xodimlari 
kuzatuvida amalga oshirilishi kerak. 
10. Yayov holda sayr yoki ekskursiyaga chiqishdan oldin tarbiyachi: 


208 
- o’tkaziladigan tadbir haqida maktabgacha ta`lim muassasasi ma`muriyatini 
oldindan ogohlantirishi; 
- o’zi bilan olib ketadigan bolalarning sonini bilishi; 
- bolalar olib boriladigan joyni avvaldan rejalashtirib olishi va harakatlanish 
yo’nalishiga aniqlik kiritishi lozim. 
11. Kunning issiq paytlarida bolalarga issiqlab ketmasligi uchun engil bosh 
kiyimlari kiydirlishi lozim. Bolalarning quyosh vannalarini qabul qilishi xamda 
maktabgacha ta`lim muassasasi hududidagi suv havzalarida cho’milishlari tibbiyot 
xodimlari va tarbiyachining nazorati ostida olib borilishi zarur. 
12. Maktabgacha ta`lim muassasasining tarbiyachilari va boshqa mutaxassislari 
tomonidan ish vaqti davomida bolalarni qarovsiz qoldirish ta`qiqlanadi. Tarbiyachi 
yoki boshqa mutaxassislar bo’lmaganda tegishli guruga mudira tomonidan boshqa 
javobgar shaxs tayinlanishi lozim. 
13. Maktabgacha ta`lim muassasasi xududiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati 
bo’lmagan kishilarning kiritilishi ta`qiqlanadi. 
III. Maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari 
14. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar o’z bolalarini maktabgacha 
ta`lim muassasasiga olib kelganda tarbiyachining shaxsan o’ziga topshirishi, 
shuningdek bolani maktabgacha ta`lim muassasasidan olib ketish vaqtida 
tarbiyachilar bolani shaxsan ota-onalarga yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga 
topshirishi shart. 
15. Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasidan yakin karindoshlari tomonidan 
olib ketilishiga yo’l ko’yiladi. Bunda bolalarni olib ketuvchi shaxsning shaxsini 
tasdiqlovchi xujjatlari ko’rsatilishi lozim. 
Maktabgacha ta`lim muassasasidan bolalarni boshlang’ich maktab yoshidagi (1-4 
sinflar) hamda mast xolatdagi shaxslar tomonidan olib ketilishi ma`n etiladi. 
16. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar o’z bolasini maktabgacha 
ta`lim muassasasidan olib ketishga kelmay qolganda, tarbiyachi ish vaqtidan so’ng 
bolani uyiga kuzatib qo’yishi lozim. 
Bunday vaqtda tarbiyachi tomonidan bolani bir o’zini guruxda yolg’iz qoldirish 
yoki boshqa xodimlarga tashlab ketishi qat`iyan taqiqlanadi. 
17. Tarbiyachi tomonidan bolani uyiga kuzatib borish bilan bog’liq bo’lgan 
harajatlar bolaning ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslari tomonidan 
sarflanadi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish