Ta`lim - tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 
18.4. Ta`lim - tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish. 
 
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal va tematik tekshirish 
turlaridan foydalaniladi 
Frontal tekshirishi - bu maktabgacha ta`lim muassasasi ishini hayotiy har 
tomonlama, atroflicha tekshirish shaklsidir. Ya`ni, muassasaning kadrlar sostavi, 
maktabgacha ta`lim dastursi talablarini bajarilishi, mudira va uslubchining ta`lim - 
tarbiyavny va metodik, moliyaviy-xo’jalik ishlariga, ularning kadrlar bilan ishlashi, 
ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish shakllari, meditsina xizmati, 
maktab bilan aloqa, ilg’or ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va 
ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir. 
Frontal tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha ta`lim muassasalari, ularning 
kuchli yoki kuchsizligidan qat`i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga 
ahamiyatni ko’proq jalb qilishi lozimdir. 
Frontal tekshirish 4 yilda bir marta xalq talimi bo’limlari (viloyat XTB, 
shahar, tuman XTB) tomonidan o’tkaziladi. 
Frontal tekshirish o’tkazishda avval to’la-to’kis tuzilgan, tasdiqlangan 
tekshirish reja, unda nazarotdagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish 
metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati 
ko’rsatiladi. 
So’ngra nazoratchi yana bir bor maktabgacha ta`lim bo’yicha chiqarilgan 
qaror, ko’rsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi 
sonlarini ko’zdan kechirib, maktabgacha ta`lim dastursi talablarini yaxshilab uqib 


184 
oladi, shu muassasa hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu muassasada xalq 
xo’jaligi rejasi, bolalarning muassasaga qatnash rejasining bajarilishi tahlil 
qilinadi. Kadrlar, ularning tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka 
oshirish ishlarini qarab, o’rganib chiqadi. 
Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda avvalgi tekshirish 
materiallari yaxshi o’rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo’qotish bo’yicha qabul 
qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi. 
Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchi nimalarga ko’proq 
axamiyat berish kerakligini belgilab beradi. 
Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selkengash, partiya organlari 
bilan, korxona va tashkilotlarga qarashli bo’lgan maktabgacha ta`lim muassasalar 
bilan aloqa o’rnatiladi. 
Nazorat qilishni albatta mudiraning ishtirok bilan o’tkazish kerak, 
tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta`lim muassasalarda esa shu korxonaning 
vakili qatnashadi. 
Frontal tekshirish olib borishning asosiy yo’llari. Frontal tekshirish nazoratchi 
va brigada a`zolarining mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, tekshirish 
maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiriladi. So’ngra mudira muassasa 
haqida, nechta guruhdan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga 
taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, maktabgacha ta`lim muassasasining 
texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar sostavi (pedagogik 
va xizmat ko’rsatuvchi) xodimlar bilan, ularning ta`lim - tarbiyaviy ishlariga baho 
berib, xodimlarning g’oyaviy-siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mehnat va 
ishlab chiqarish intizomining ahvoli, jamoaining yutuq va kamchiligi, kamchiliklar 
o’sishdan ko’rilayotgan tadbir-choralar xususida, tuman xalq ta`limi bo’limi va 
boshqa tashkilotlardan iltimoslar so’raydi. 
Bu suhbat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi tekshirish ishiga 
dastlabki ta`sirot beradi. So’ngra nazoratchi turli bo’limlar bo’yicha tekshirishi, 
o’rganish ishlarini boshlaydi. Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz. 
I.
Maktabgacha ta`lim muassasadagi ta`lim - tarbiyaviy ishlarining ahvoli va 
«Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`lim - tarbiya dastursi» talablarining 
bajarilishi, bolalarning ko’nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, 
tarbiyachining ishlash metodlari»; 
II.
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash 
malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar, metod kabinet 
faoliyati;
III.
Tashkiliy-pedagogik va moliyaviy-xo’jalik ishlarning ahvoli. Xalq xo’jalik 
rejalarning bajarilishi, yo’llanmalar soni, bolalarning davomati (bolalarning 
maktabgacha ta`lim muassasasiga qatnashi) ishlashning bajaralishi;
IV.
Bolalarga meditsina tomonidap xizmat ko’rsatish sifati. Bolalar 
ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi; 
V.
Ota-onalarning pedagogik, ta`lim - tarbiya ishlari;
VI.
Mudiraning maktabgacha ta`lim mussasiga rahbarligi, rahbarlik 
uslubi. Mudira va katta tarbiyachi tomonidan ta`lim - tarbiyaviy ishlarga, dastur 
talablarining bajarilishiga, ularning nazoratligi tekshirish; 


185 
VII.
Muassasininng moddiy-texnika bazasining axvoli, xo’jalik faoliyati, 
harajatlarni to’g’ri sarflash ishlari; 
VIII.
Ta`lim - tarbiyaviy ish rejalarning sifatliligi. Rejalarning bajarilishi, 
pedagogik kengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yig’ilishlarini, xalq 
ta`limi bo’limlari tomonidan chiqarilgan, instruktsiya va buyruqlarning bajarilishi 
o’sishdan nazoratni tashkil etishi;
IX.
Muassasada ishlab chiqarish masalalarini yo’lga qo’yilishi, hujjatlar, 
ularning to’g’ri jihozlashishi va saqlanishi; 
X.
Nazoratchining tekshirish bo’yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy 
pedagogik kengashni o’tkazilishi;
Frontal nazorat qilishning yakuni tekshirish maqsadiga va vazifasiga 
bog’liqdir. 
Nazoratchi pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o’tkazib, tekshirilgan 
masalalar, maktabgacha ta`lim muassasasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash 
uchun taklif va muloxazalar beriladi.
Nazoratlash natijasini akt bilan izohlanadi va ma`lumotnoma tuzilib, unda aniq 
takliflar, mulohazalar, ko’rsatiladi. Akt 3 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar xalq 
ta`limi bo’limiga, biri maktabgacha ta`lim muassasasiga beriladi, biri talabalarning 
ish hujjatlari hisoblanadi. 
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta`lim - tarbiya ishning bir 
qismi bo’linishi nazorat qilish shaklsidir. 
Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab bilan aloqa», 
«O’yin» xodimlarning mehnati va hokazo. 
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o’tkaziladi. Tekshirish yo’llari 
va savollari quyilagicha (mehnat tarbiyasi bo’yicha): 
1.
Guruh rejalarini uzoq muddatini hamrot olgan holda tekshirish (kvartal, 
yarim yillik). Maqsad: bajarilgan va bajariladigan ishlarni aniqlash; 
2.
Mashg’ulotlarni kuzatish va tahlil qilishi; bolalar mehnatning eng muhim 
tomonlarini ko’ra olish;
3.
Kundalik hayotdagi mehnat billi ta`minlash va tahlil qilish; 
4.
Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish;
5.
Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish; 
6.
Bolalar o’yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish; 
7.
Bolalar bilan individual suhbatlashish;
8.
Bolalar ishlarini tahlili, tahlili; 
9.
Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko’rish; 
10.
Guruhdagi o’quv materiallari, tekshirishi. 
Nazoratchi guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib, unda ko’zda tutilgan tarbiya 
maqsadlarini amalga oshirish yo’llarini qidiradi, osondan murakablikka, oylik, 
perspektiv ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, qaysi 
bo’lim rejadan tushurib qoldirilganligi, ularni yuzaga keltirgan sabablarini qidirib 
topishi kerak. 
Rejani tahlil qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish yo’llari, haftalik 
rejadagi 
mashg’ulotlarning 
turlari, 
ishi, 
talab 
darajasida 
ekanligi, 


186 
mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi mashg’ulot turlarining oddiydan 
murakkablashib borishini ko’rish mumkin. 
Aniqlangan kamchiliklar o’z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu 
kamchilik xatolar keyngi oylarda takrorlanmasin. 
Mehnat bo’limini tekshirishda ko’rgazmalilik, kattalarining faoliyati, mehnat 
jarayonini kuzatishda bir qator mashg’ulotlarni kuzatish. Masalan: ekskursiya 
sifatida, kuzatishda, suratlarni ko’rishda katta ahamiyat berish mumkin. 
Ekskursiya jarayonida - tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg’ularini uyg’ota 
olishga, bolalarni asosiy narsani ko’ra olishga, kuzata olishga, tanish bo’lgan voqea 
va xodisalarni solishtira olish malakalarini o’stirish, ko’rganlariga yakun yasay 
olish, fikrlash qobilatlarini o’stirishni tarbiyalash. 
Uslubchi quyidagi nazorat turlaridan foydalanadi: 
1) birlamchi;
2) ikkilamchi;
3) katta tekshiruv;
4) ogohlantiruvchi tekshiruv turlari mavjud. 
Kuzatish jadvali quyidagicha: 
1.
Kuzatilgan jarayon. 
2.
Kuzatilayotgan kun, yil, oy. 
3.
Ish mazmuni. 
4.
Tayorgarlik. 
5.
Bolalarning bilim, ko’nikma va malakasi. 
6.
Tarbiyachining bilim, ko’nikma va malakasi. 
7.
Qo’llanilayotgan usul va usublar. 
8.
Yutug’i. 
9.
Kamchiligi. 
10.
Taklif va mulohazalar. 
Nazorat savollari: 
1.
Ilg’or ish tajriba deganda qanday jarayon tushuniladi? 
2.
Guruxlarda ilg’or pedagogik va ta`lim – tarbiyaviy jarayonlarni aniqlashda 
uslubchining kasbiy pedagogik mahoratini qanday izohlash mumkin? 
Misollar keltiring. 
3.
Uslubchi tomonidan qanday nazorat turlari olib boriladi va bo’lar qaysilar? 
4.
MTM da ilg’or ish tajribalarni umumlashtirishdagi uslubchining roli va 
vazifalari. 
Testlar: 

Download 2,1 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ta`lim - tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish