Nazorat. qilishning maqsadi, vazifalari va




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

Nazorat. qilishning maqsadi, vazifalari va 
 unga qo’yiladigan talablar. 
Nazorat qilishning asosiy maqsadi - «Xalq ta`limi to’g’risida»gi qonun 
asoslarida, maktabgacha ta`lim ishlarini takomillashtirish, ilmiy fan yutuqlariga 
suyangan holda zamon talablari darajasidagi maktabgacha ta`lim tizimini tashkil 
etishdir». 
Nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagicha: 
-
Maktabgacha ta`lim muassasalarini boshqarishda eng yaxshi shakllarini 
aniqlash va amaliyotga tatbiq etish; 
-
Maktabgacha ta`limni boshqarish darajasini o’stirish; 
-
Maktabgacha ta`lim dasturi talabalarini amalga oshirish asosida 
maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishni davlat 
nazoratidan o’tkazish; 
-
Maktabgacha ta`lim muassasalari ishini maqsadga muvofiq tekshirish; 
-
Ularning ishidagi kamchiliklarni yo’qotish choralarini ishlab chiqish va 
ularga amaliy yordam berish; 
-
Ishdagi ijobiy tomonlarni o’rganish, umumlashtirish, ommalashtirish, 
rag’batlantirish; 
-
Rahbarning xodimlar bilan ishlash malakalarini o’stirishda nazorat ishlarini 
tashkil etish; 
-
Maktabgacha 
ta`lim 
xodimlariga 
ta`lim-tarbiya 
ishini 
yanada 
rivojlantirishda metodik yordam ko’rsatishdan iboratdir. 
Xalq ta`limi Vazirligining Maktabgacha ta`lim boshqarmasi o’z 
qaramog’idagi avtonom, viloyat va ularning joylaridagi bo’limlarini, pedagogik 
bilim yurtlarini, maktabgacha ta`lim muassasalarini nazorat qilish huquqiga egadir. 
Xalq ta`limi bo’limlari va maktabgacha ta`lim muassasalarini nazorat qilish 
ilmiylik, hayot bilan bog’liq printsiplari asosida amalga oshiriladi. Aniqlangan 
kamchiliklarni tuzatish bo’yicha amaliy yordam ko’rsatish hamda uning 
bajarilishini doimo tekshirib turish bilan yakunlanadi. 
Nazorat qilishning samaradorligiga erishishning muhim talabalaridan: 
a) Tekshirishning rejali bo’lishi va sistemaliligi. 
b) Ish axvolini analiz qilishning har tomonlama va ilmiy-pedagogik 
chuqurliligi. 
v) 
Ishlarga baho berishning xolisligi va xulosalarning isbotlanganligi. 
g) Tekshirishni o’z vaqtida boshlash va tugatish. 
d) Takliflarning bajarilishini nazorat qilish. 
e)
 
Nazoratni yordam berish bilan qo’shib olib borish. 
yo) Har qaysi masalaga alohida yondashish (farq qilmoq).
j) Talabchanlik bilan pedagogik taktni qo’shib olib borish. 
Tekshiruvchi shaxs shuni unutmasligi kerakki, tekshiruvchi - nazoratchiman 
deb mag’rurmasligi, tekshiruvchi - rahbar xodimlarga qo’pol, qattiqqo’l 
muomalada bo’lib, uning shaxsiyatiga tegmasligi; tekshirish natijasida topilgan 
kamchiliklarni hamkorlik printsipida hal etish; eng muhimi, mehnat kollektivlarida 
ish olib boradigan xalq nazoratchilarining keng tarmog’iga tayanadigan bunday 


179 
nazorat tizimi jamiyatining salbiy Hodisalaridan musaffo qiladigan chinakam 
qudratli kuch bo’lishini ta`minlaydi. 
Nazorat qilishini tizimli o’tkazish uchun maktabgacha ta`lim muassasalari 
uchun nazoratchi tomonidan 5 yilga mo’ljallangan istiqbol reja tuzilib, shahar yoki 
tuman xalq ta`limi mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Bunda tekshirish muddati aniq 
ko’rsatiladi. 
Asosan, nazorat qilishda turli, maxsus ahamiyatga molik bo’lgan muassasalar 
(aqliy jihatdan, jismoniy jihatdan zaif, kamchiligi bo’lgan, nutqida kamchiligi 
bo’lgan, logopedik), sanatoriya tipidagi maktabgacha ta`lim muassasalarini 
tekshirilib, nazorat qilish maqsadi shu turiga qarab belgilanadi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazorat. qilishning maqsadi, vazifalari va

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish