18.1.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ilg’or ish tajriba ishlarini
o’rganishni tashkil etish.
Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o’rganish, barcha ilg’or tajribalarini
tahlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta`lim muassasasisi metodik
ishining asosi bo’lishi kerak.
Tajribani o’rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini
tizimli tarzda tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o’rganishning asosiy
yo’llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun
tartibi momentlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida
tarbiyachining ishi, bolalarning xatti-harakatlari va xilma xil faoliyatlari haqida
tasavvur tarkib topadi.
Uslubchining kuzatishlari maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu
kabilar tarzida qayd etiladi.
Ilg’or ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish, ommalashtirish bo’limida.
Maktabgacha ta`lim soxasi bo’yicha fan yutuklari, amaliyotdagi yutuklar,
yangiliklar, ukuv yilida muassasa tarbiyachilari tomonidan ilg’or ish tajribalarini
tuman, shaxar, respublika mikyosidagi materiallar, gazeta va jurnallarda nashr
etilgan yangiliklar kuyiladi. Pedagogik kabinetda «Bu qiziq», «Maktabgacha ta`lim
soxasi ustalari», «Eng yaxshi ish tajribala-bog’cha xayotiga» kabi stendlar tashkil
etilib, unda kimning ish tajribasi o’rganilayotgan bo’lsa, shu pedagogning foto
surati, ish tajribasidan namunalar, yaratgan yangi metod, usuli yoritiladi.
Pedagoglarning mustaqil ta`lim olishlariga metodik yordam. Biz o’z ustida
shug’ullanishning bir yo’li bo’lib, pedagoglarning g’oyaviy-siyosiy , pedagogik-
psixologik ishlash rejalarini o’stirishda yordam beradi. Uslubchi va mudira
tomonidan ish rejasini tuzish, referat yozish, ma`ruzalar tayyorlash, kalendar ish
174
rejalarini, mashg’ulotlar ishlanmalarini tuza olish, pedagogik ish jarayonlarini
rejalashtirish kabi metodik ishlarni o’rganish egallaydi.
Metodik adabiyotlar taxlili. Xar bir o’rganilayotgan adabiyotga qisqacha
annotatsiya yozish, o’quv-tarbiyaviy jarayonlarda qo’llash yo’llarini aks ettirish
maqsadga muvofiqdir.
Vaqti-vaqti bilan taniqli kunlar uchun ko’rgazmalar tashkil etish. Bunga aniq
maslaxatlar, bayram ertaliklari stsenariylari, turli o’yinlar ro’yxati, guruxlarning
badiiy jixatdan jixozlanishi bo’yicha yo’llanmalar, ko’rsatmalar, turli sovg’a-
suvinerlar tayyorlash bo’yicha maslaxatlar, badiiy asarlar ruyxati, xalq og’zaki
ijodi namunalari, turli manzarali kartinkalar, yosh tarbiyachilar uchun maslaxatlar
burchagi, ta`lim - tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish usul-uslublari to’g’risida
metodik tavsiyanomalar o’rin egallaydi. Metodik ishlarni shunday tashkil etish
kerakki, pedagogik kabinet xamma ishlarning markaziga aylansin. Tarbiyachilar
metodik kabinetdagi bo’limlardan o’z ishida foydalana olein. Uslubchi kabinet ish
soatini belgilaydi, kabinet ishini jonlantirish uchun navbatchilik tashkil etadi. Bu
bogcha pedagogik jamoasi uchun o’z ustida ishlashda anik bir yo’ldir. Yosh
mutaxassislar bilan ishlarni tashkil etishda mudira kuyidagi yo’llardan foydalanadi:
- yosh tarbiyachilarning ish tajribasi katta, ilg’or tarbiyachilarning mashg’ulotlari
va boshqa kun tartibi jarayonlarini kuzatishlari;
- yosh pedagoglar uchun maslaxatlar, tanlangan mavzu bo’yicha seminarlar, ularni
qiziqtirgan savollariga javob berish;
- qiynalgan jarayonlarda ularga metodik va amaliy yordam berish;
- shaxsiy namuna ko’rsatish-pedagogik jarayonlarni shaxsan bajarib ko’rsatish;
- seminar va maslaxatlar mavzusi tarbiyachilarning bilim saviyalari va ish
faoliyatidan kelib chiqqan xolda tanlanadi. Masalan: turli pedagogik jarayonlarda
texnika vositalaridan foydalanish bo’yicha seminar bo’lishi mumkin;
- ta`lim - tarbiyaviy ish rejasini yozish;
- diagnostika kartasini yuritish tartibi;
- monitoring tizimini joriy etish;
- guruxning va tarbiyachining ish xujjatlarini yuritish masalalari;
- guruxdagi burchaklarni metodika jixatdan to’g’ri jixozlash, xatolar bo’yicha
maslaxatlar tashkil etish maksadga muvofiqdir.
Butun pedagoglar jamoai ishining muvaffaqiyati har bir tarbiyachining
muvaffadiyati yoki muvaffaqiyatsizligiga bog’liq bo’ladi, shuning uchun
maktabgacha ta`lim muassasa metodisti barcha guruxlardagi ishlar sifatini va
xususiyatini yaxshi bilishi zarur. Eng yaxshi tarbiyachilar tajribasini barchaning
mulkiga aylantirish kerak. «Inson yolg’iz holda ma`lum chegaragacha, juda
arzimagan darajada rivojlanishi mumkin, keyin uning tajribasi boshqalar tajribasi
hisobiga boyib borishi kerak».
Tajribani umumlashtirishda katta tajribaning roli juda katta, chunki
tarbiyachilarning ko’zga ko’rinmas kundalik mehnatlaridagi bu ilg’or tajribani
aynan u ko’ra bilishi, uni tushunib etishi, yaxshi natijalarga qanday vositalar bilan
erishilganligini tahlil qilishi lozim. Tajribani o’rganish va umumlashtirish
guruxlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimli tarzda tahlil qilinishini nazarda
tutadi. Tajribani o’rganishning asosiy yo’llaridan biri guruxlarga rejali tarzda kirish
175
va pedagogik jarayon hamda kun tartibi momentlarining turli jihatlarini
kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti-
harakatlari va xnlma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi.
Uslubchining kuzatishlari maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu
kabilar tarzida qayd etiladi.
Bunda quyidagi jarayonlarga e`tibor berish tavsiya etiladi:
1. Tarbiyachi ishining rejaga ko’ra mazmuni.
2. Ishdagi ijobiy natijalarga qanday erishiladi (tadbirlarni o’tkazish uchun material
tanlash, moddiy muxitni uyushtirish, mazkur masalaga doir metodik adabiyotni
o’rganish, ishni rejalashtirishdagi aniqlik, bolalar imkoniyatlari va «ular
rivojlanishining eng yaqin zonasini o’rganish»; bolalar bilan ishlashning eng
samarali metod va usullarini tanlash; tarbiyaviy ish barcha jihatlarining o’zaro
aloqasi; mazkur masala bo’yicha tarbiyachining ish tizimi; bolalar bilan ishni
tashkil qilish shakllarining xilma - xilligi va hokazo).
3. Tarbiyachiga kuzatishlar yakunlari yuzasidan chiqarilgan xulosalar asosida ishni
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar.
Tarbiyachilar
ishining
eng
yaxshi
tajribalarini
o’rganish
va
umumlashtirishda tarbiyachilar bilan bolalar, ularni rivojlantirish jarayoni, ta`lim -
tarbiya metodlari haqida suhbatlashish katta ahamiyat kasb etadi. Individual
suhbatlar
tarbiyachining
metodik
adabiyotni
va
undagi
masalalardan
xabardorligini, pedagogika va metodikaning biror bo’limiga qiziqishini aniqlash
imkonini boradi, chunki aynan mana shu qiziqish ko’p jihatdan bolalar bilan olib
borilayotgan, ishlar darajasini aniqlaydi va eng yaxshi tajribani umumlashtirish
imkonini beradi. Suhbatlar ham tarbiyachilar ishidagi kamchiliklarni o’z vaqtida
aniqlash va bartaraf etishda yordam beradi.
Bolalar bilan suhbatlashish qiziqarli material beradi. Ular egallangan
bilimlarni tushunish, ularni hayotda qo’llash ko’nikmasini, bolalarning axloqiy
rivojlanganlik darajalarini, burch hissini, do’stlik, rostgo’ylik va haqqoniylikni
tushunishni, bolalar xatti-xarakatlarini va qiziqishlari motivlarining axloqiy
yunalganligi va dokazolarni aniqlash imkonini beradi.
Tarbiyachilar ish tajribasini o’rganishda pedagogik hujjatlar: rejalar,
ishlanmalar, kundaliklarni tekshirish va o’rganishning ham ahamiyati kam emas.
Bu quyidagilarni: mazkur bo’lim bo’yicha dastur butun o’rganish davrida o’tilgan-
o’tilmaganligini, mashg’ulotlar turlarining qanchalik xilma - xilligini, ularning
«Uchinchi mingyillikning bolasi dasturi» talablariga muvofiqligini, bolalarning
mashg’ulotdan tashqari faoliyatlari mazmunliligi, mashg’ulotning faoliyatning
boshqa turlari bilan o’zaro aloqasi kuzatiladi, ishlarni hisobga olish yangi
vazifalarni belgilashda qanchalik yordam berishini aniqlash imkonini beradi.
Uslubchi tahlil qilinayotgan jarayonni bolalar bilan olib boriladigan ta`lim -
tarbiyaviy ishdan ajratish mumkin emasligini unutmasligi kerak. SHuning uchun
agarda nutqni o’stirish va tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg’uloti tahlil
qilinayotgan bo’lsa, ular faqat o’quv faoliyatining boshqa bo’limlari bilan (tasviriy
san`at, konstruktsiyalash) qanday bog’langanligini emas, balki olingan taassurotlar
o’yinlar va bolalarning badiiy mustaqil faoliyatlarida qanday aks etishini ham
kuzatish muhimdir.
176
Tarbiyachining mahoratini to’liqroq baholash uchun faqat ma`lum bo’lim
bo’yicha mashg’ulotlarni ko’rish yoki faoliyatning bir to’rini kuzatish bilan
cheklanish kifoya qilmaydi. Ko’rishda tarbiyachi pedagogik faoliyatining turli
jihatlarini qamrab olish o’rinlidir. Bir kun davomida bir necha kun tartibi
momentlarini kuzatish tarbiyachilarning ishini rivojlanishida, ishning turli shakl va
metodlarini dialektik o’zaro aloqada hamda o’zaro bog’liqlikda ko’rish imkonini
beradi.
Ammo bu uzoq vaqt bo’lagi davomida tarbiyachi ishining ayrim tomonlarini
tahlil qilishni istisno etmaydi. Masalan, birinchi ko’ruv tarbiyachining ertalabki
vaqt bo’lagidagi ishini kuzatishga bag’ishlanishi mumkin (bolalarni qabul qilish va
o’yinlarni uyushtirish, ertalabki gimnastika, yuvinish va ovqatlanish
jarayonlarining uyushtirilishi, bu vaqt bo’lagida navbatchilar ishini kuzatish).
Ikkinchi bor mashg’ulotlarning tashkil etilishini ko’rish mumkin. Uchinchi kirish
tarbiyachining sayrlar vaqtidagi ishini o’rganishga bag’ishlanishi mumkin.
Tarbiyachining kunning ikkinchi yarmidagi ishini maxsus o’rganishni tashkil etish
mumkin.
Tarbiyachi va bolalar faoliyatining turli jihatlarini kuzatish yuzasidan
yozuvning taxminiy jadval-jadvalsini keltiramiz. 1-jadvalda G .Lyalina
mashg’ulotlari bo’yicha mashg’ulotlar strukturasining yozuvi keltirilgan.
Bolalar samarali faoliyatlarining tahlili ayniqsa boy material berishi
mumkin. U tarbiyachi pedagoglik mahoratining darajasini, bolalarni o’qishdagi
yutuqlarini, ta`lim - tarbiyaviy ishlar metod va usullarining samaradorligini, uning
muntazamliligini aniqlashga yordam beradi.
Tematikaning xilma - xilligi va samarali faoliyatning mazmuni, uni ifodalash
vositalari «Bolajon» dasturining bajarilishi (bolalarning texnik malaka va
ko’nikmalarni egallaganliklari, ularda tasavvur, ijodiyot, mustaqillik, estetik
didlarning rivojlanganligi va hokazo) haqida fikr yuritish imkonni beradi.
Bolalarning ishlari qat`iy tartibda turadi va batartib qilib rasmiylashtiriladi.
Mashg’ulotlar mavzusi, dastur mazmuni, bolaning familiyasi va ismi, ish
bajarilgan sana qayd etiladi.
SHunday qilib, eng yaxshi pedagogik tajribani umumlashtirish uni oldindan
mufassal va har tomonlama o’rganishning yuqorida aytib o’tilgan barcha
metodlarining majmuidan foydalanishgina uni ob`ektiv baholash va eng yaxshi
tajriba sifatida tavsiya etish imkonini beradi.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirish predmeti ayrim
tarbiyachilarning ish metod va usullari dam, bolalar muassasalari butun
jamoalarining ish tajribasi ham bo’lishi mumkin.
Birorta kichik masala (masalan, syujetli-rolli o’yinlarni, bolalarning mehnat
faoliyatlarini uyushtirish va boshqarish masalalari va shu kabi) lar bo’yicha bir
qator maktabgacha ta`lim muassasalar misolida o’rganish mumkin.
|