Maktabgacha ta`lim muassasalarida o’tkaziladigan seminar metodik ish




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

17.1. Maktabgacha ta`lim muassasalarida o’tkaziladigan seminar metodik ish 
shakli ekanligi. 
Tarbiyachilarning nazariy bilim darajalarini oshirishda va ularning 
pedagogik maxoratini takomillashtirishda seminarlar muxim rol uynaydi. Ular 
pedagogika va psixologiyaning nazariy masalalarini, shuningdek, ilg’or ish tajriba 
va amaliyotni chukurrok o’rganish maksadida o’tkaziladi. 
Uslubchi ukuv yilining boshida tarbiyachilar jamoasi bilan kelishib seminar 
muammosini tanlaydi, ishning aniq rejasini ishlab chikadi va pedagogik kengashda 
tasdiklaydi. 
Seminarlar ishini tashkil kilishda yildan-yilga aynan bir tematika-mavzusini 
o’rganishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bu ilgarilashga yordam bermaydi, balki 
katnashchilarning 
seminarga 
qiziqishlarini 
pasaytiradi. 
Xar 
seminarda 
o’rganilayotgan material mazmunini ko’rik nazariyalashtirishga yo’l qo’ymay, 
balki uni kasb bilan amaliyot bilan bog’lab olib borish kerak. Shuning uchun, 
seminar mashg’uloti pedagogik kengash, nazariyani o’rganish, ikkinchi rejaga 


168 
suriladigan materialni tushunish, egallash va undan o’z vaqtida amaliy 
faoliyatlarida foydalanish uchun uning moxiyatini anglab bilishlari kerak. 
Seminarga tayyorlanish qo’shimcha adabiyotlarni o’qish, boshlang’ich 
manbalarni o’rganish bilan bog’lanadi. Tarbiyachilar o’qib chiqilganini tanqidiy 
baxolashni, o’zlari uchun kerakli ma`lumotni olishni, o’rganilayotgan materialni 
tushunish, egallash va undan o’z amaliy faoliyatlarida foydalanish uchun uning 
moxiyatini bilishlari kerak. 
Pedagogik tajriba ko’pqirrali va bebahodir. Ilg’or ish tajribalarini o’rganish va 
har qanday ilg’orlikni chuqur o’rganish muhimdir. 
Rejada ilg’or ish tajribalarni o’rganish, ommalashtirish, yangi tajribani ishlab 
chiqish va uni umumlashtirishni tashkil etishdan iborat. 
Xalq ta`limi bo’limi tomonidan faol saylanadi. Ularning vazifasi kurslar, 
seminar-mashg’ulotlar, individual va guruhli maslahatlar, ma`ruzalar, seminar 
majlislarini tashkil etishdan iboratdir. 
Maktabgacha ta`lim xodimlarining ishlash malakalarini oshirish shakllaridan 
biri bu seminarlardir. 
Seminarlar - maktabgacha ta`limga doir eng muhim tomonlarini hal etadi. 
Seminar mavzusini shahap, tuman, viloyat tomondan belgilanadi. 
Seminar uchun mavzu tanlaganda uning maqsadi, vazifalari, mavzular 
tematikasi aniqlanadi va bibliografiya tuziladi. 
Ma`ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsimlanadi, har bir ma`ruzachi 
o’z mavzusini ilmiy asosda ochib beradi, o’z tajribalardan namunalar keltiradi. 
Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tanlash mumkin: 
1.
Mudiraning metodik-tarbiyaviy ishlarga rahbarligi. 
2.
O’yin faoliyatiga rahbarligi. 
Musiqa rahbarlariga esa: 
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo’shiq bilishlarini tashkil etish va hokazo 
Maslahatlar – yakkama-yakka rejalashtirish usulida qayd qilib boriladi. Bu esa 
metodik ishda yo’llanma-maslahatlarni mavzular bo’yicha ishlab chiqishni, 
kamchiliklarni bir to’la bartaraf qilishni belgilaydi. 
Guruh maslahatlari esa pedpgogik kabinet rejasida rejalashtiriladi. 
Maktabgacha ta`lim xodimlarini ishlash malakalarini oshirishda asosiy 
shakllardan biri metod birlashmalardir. 
Metod birlashmalar muxokamalarida maktabgacha ta`limga oid eng dolzarb 
masalalar xal etiladi. 
Metodik birlashmalar - pedagoglarning ijodiy faolligini va izlanishlarini 
shakllantiradi, o’z ishlarini tahlil qilishga va tanqidiy baho berishga o’rgatadi, 
berilgan topshiriqlarga javobgarlik xissini, ishlash malakalarini doimo o’stirib 
borishga intiltiradi. 
Metodik birlashmalar - butun o’quv yili davomida sentyabrdan- maygacha o’z 
ishini olib boradi. U turli toifadagi pedagog-tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, 
mudiralar uchun tashkil etiladi. 
Katta tumanlarda buni («kurslar») - bo’limchalar bo’yicha tashkil etish 
maqsadga muvofikdir. Har bir bo’limda 18-20 bolalar muassasalari kiradi. 


169 
Birlashmaning ishlash muddati O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, 2-3 oyda bir marta o’tkaziladi. 
Metodik birlashma tarkibini komplektlashda pedagoglarning ish stajlari - ish 
malakalari hisobga olinadi. Agar mudiralar uchun bo’lsa - tuman katta bo’lsa Oliy 
ma`lumotli, 5 yil va undan ortiq ish stajlari uchun: 
- O’rta va maxsus ma`lumotlari va ish staji kam bo’lgan mudiralar uchun. 
Metodist uchun ham shunday tartibda tashkil etiladi. 
Tarbiyachilar uchun turli yosh guruhlari bo’yicha shu o’quv yilida qaysi 
guruhda ishlagani hisobga olinadi. 
Metod birlashmalar ko’rgazmalar, ko’rgazmali qurollar va yangi metodik 
adabiyotlar ko’rgazmalarini tashkil etish muhimdir. 
Metod birlashma ishini muvaffaqiyatli o’tishida xalq ta`limi bo’limi va 
pedagogik kabinetining rahbarligi beqiyosdir. 
Respublika, o’lka, viloyat metod kabinetlari metod birlashma rahbarining 
malakalarini oshirish ishini tashkil etadi, ular uchun bir yilda 2-3 marta seminarlar 
tashkil etadi, bu seminar metod birlashma tashkil etish va rejalashtirish va unga 
rahbarlik qilish, eng ilg’or ishlarni o’rganish, ommalashtirish ishlari haqida 
bo’ladi. 
Shahar, tuman xalq ta`limi bo’limlari metodika kabineti metod birlashmalar 
rahbarlariga yordam beradi (reja tuzishda, ma`ruzalar tayyorlashda, ochiq 
ko’riklarni tashkil etishda va ularni ta`lim - tarbiya ishlariga tatbiq etish 
ahamiyatlidir. 
Metod birlashma ishida alohida diqqatni yangi materiallarni tanlash, 
mashg’ulotlar reja-ishlanmalarini ishlab chiqish, maqola va vistavkalar tashkil 
etishga ajratish kerak. 
Maktabgacha ta`lim bo’yicha tayyorlangan barcha qo’llanmalar yoki 
tavsiyalar avvalambor O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirliklariga 
yuboriladi, uni ko’rib chiqib, tasdiqlangandan so’ng maktabgacha ta`lim 
muassasalariga tarqatiladi. 
Pedagogik kabinet o’z oldidagi vazifalarni hal etishda, materialning 
mazmuniga, talablariga ahamiyat berishi kerak. Seminarlarda yangi metodik 
adabiyotlar muhokama qilinadi. «Maktabgacha ta`lim» jurnali maqolalari, 
maktabgacha ta`lim to’g’risidagi metodik ishlar ko’riladi, bayram ertaliklari 
dasturlari ko’rib chiqiladi, muhokama qilinadi, metodik ko’rgazmalar tayyorlanadi. 
Tibbiy-pedagogik yig’ilishlar asosan ilk yosh guruhlari uchun o’tkaziladi. 
Bolalarni anatomik-fiziologik, nerv, psixik va aqliy jihatdan o’sishi muhokama 
qilinadi. 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3 
yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlarida kvartalda 1 marta o’tkaziladi. Bunda vrach, 
katta xamshira ham ishtirok etadi. 
Ochiq tadbirlar pedagogik ishni o’stirishda hamda tarbiyachilarning ishlash 
malakalarini o’stirishda muhim tadbirdir. 
Bunda kun tartibning turli jarayonlari jamoa asosida kuzatiladi va tahlil 
qilinadi. 
Metodist metod birlashma ishiga nazoratni tizimli tashkil etadi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Maktabgacha ta`lim muassasalarida o’tkaziladigan seminar metodik ish

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish