Pedagogik kengash bo’yicha ish xujjatlarini yuritish




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

16.4. Pedagogik kengash bo’yicha ish xujjatlarini yuritish 
 
Pedagogik Kengash Xalq ta`limi bo’limi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi 
asosida faoliyat tashkil etadi. 
Pedagogik Kengash yig’ilishi ikki oyda bir marta (o’quv yili davomida 6 
marta) o’tkaziladi. 


164 
Zarur bo’lgan holatlarda, navbatdan tashqari pedagogik Kengash yig’ilishlari 
o’tkazilishi mumkin. 
Qarori ishtirokchilarning uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi. 
Ovozlar teng bo’lgan taqdirda Kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi. 
Pedagogik Kengashning qarori va tavsiyalarini nazorat qilish muassasa 
rahbari zimmasiga yuklatiladi. 
Pedagogik Kengash a`zolari yig’ilishida muassasa ishini yaxshilash bo’yicha 
takliflar kiritish huquqiga ega. 
Pedagogik Kengash qarorlarini bajarish uning barcha a`zolari uchun 
majburiydir. 
Pedagogik Kengashning kun tartibi va o’tkazish vaqti hodimlarga ikki hafta 
avval ma`lum qilinadi. 
Pedagogik Kengash qaroridan norozi bo’lgan Kengash a`zosi ushbu qarorni 
tuman (shahar) xalq ta`limi bo’limi muhokamasiga qo’yishi mumkin. 
Pedagogik Kengashning moddiy-texnik ta`minotini muassasa rahbari 
ta`minlaydi. 
Muassasaning pedagogik tarkibi 3 nafardan kam bo’lgan taqdirda, Pedagogik 
Kengash tashkil etilmaydi. 
Pedagogik Kengashning bayonnomalar kitobi yuritiladi (XTVning 2005 yil 23 
apreldagi «Maktabgacha ta`lim muassasalari ish hujjatlari to’g’risida»gi 96-sonli 
buyrug’i asosida). Har bir yig’ilishdan keyin uni kotiba va rais imzolaydi. 
Bayonnomalar kitobi davlat maktabgacha ta`lim muassasalari uchun tuman 
(shahar) xalq ta`limi bo’limi tomonidan, nodavlat ta`lim muassasalari uchun 
ta`sischi tomonidan tikilgan, raqamlangan va muhrlangan bo’lishi shart. 
Pedagogik Kengash bayonnomasi har o’quv yili boshida yangidan 
raqamlanadi. 
Pedagogik kengash ishining muvaffaqiyati ko’p jihatdan pedagoglar jamoasi 
muhokamasiga qo’yilgan masala qanchalik savodli va jiddiy tayyorlanganligiga 
bog’liq bo’ladi. 
Pedagogik kengashning yig’ilishi ikki oyda bir marta chaqiriladi, zaruriyat 
tug’ilganda navbatdan tashqari yig’ilish chaqirilishi mumkin. Muhokamaga ko’pi 
bilan 3-4 ta masala qo’yiladi, pedagogik kengash ishdan tashqari vaqtda 
o’tkaziladi. 
Pedagogik kengash qarorining loyihasini ma`ruzachi (MTMning mudiri yoki 
uslubchi) oldindan tayyorlaydi. 
Nazorat savollari: 
1.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalari nimalardan iborat va bu qaysi 
qonun xujjatida belgilab berilgan? 
2.
Pedagogik kengash o’tkazishda qanday pedagogik o’yin turlaridan 
foydalanish mumkin? Misollar keltiring. 
3.
Pedagogik kengashda qanday masalalar ko’rib chiqib, muhokama qilinadi? 
Misol keltiring. 
4.
Pedagogik kengash bayonnomalarini yuritish tartibini izohlang. 


165 
Testlar: 

Download 2,1 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Pedagogik kengash bo’yicha ish xujjatlarini yuritish

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish