170
Pedagoglarning nazariy, metodik, mutaxasislik
bilimlarini oshirishda keng
tarqalgan shakldir. O’qituvchilar malakasini oshirish
instituti va pedagogik
kabinetlar tomonidan amalga oshiriladi.
Seminarlarning asosiy maqsadi - alohida metodika bo’yicha tarbiyachilarning
bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo’yicha dolzarb masalarni hal etishdir.
Seminar o’quv tematika rejasi bir yilga mo’ljallangan bo’lib, shahar,
tuman
seminari oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda, viloyat va respublikada esa 5-12
kunda ishdan ajralgan holda tashkil etiladi.
Ilk yosh pedagogikasining asosiy muammolari.
Seminarlar ish sifatini yaxshilash maqsadida
Ilmiy tekshirish instituti
tomonidan - o’quv-tematik rejalari, seminar dasturi ishlab chiqiladi.
Seminarning o’quv-tematik rejasi bir yilga mo’ljallab tuziladi, shahar, tuman
seminarlari oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda, viloyat va respublika esa 5-12
kunda, maktabgacha ta`lim muassasalarda esa o’rganilayotgan
materialning
mazmuniga qarab seminar qatnashchilarini belgilaydilar.
O’quv tematikaning boshida katta tarbiyasi va
mudira tarbiyachilar bilan
birgalikda seminar mavzuni tanlaydi, pedagogik kengash uni tasdiqlaydi, bu yillik
rejada
aks etadi, so’ngra metodist tarbiyachilarning
faol birgalikda seminar
ishining aniq rejasini ishlab chiqadi.
Seminar ishida ayrim bir mavzu yildan yilga ko’tarilavermasligi kerak. Bu
seminar qatnashchilarining qiziqishlarini pasaytiradi. Har bir mashg’ulotda quruq
nazariyachilikka yo’l qo’ymay, o’rganilayotgan materialni amaliyot bilan bog’lash
kerak.
Seminar rejasi metod kabinetga ilib qo’yiladi,
seminar mavzulari tahminan
shunday bo’lishi mumkin:
1.
Ilk va kichik yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni
pediatr vrach yoki psixolog olib boradi);
2.
Turli faoliyat turlarida bolalarga
individual yondashish;
3.
Maktabgacha
ta`lim
yoshidagi
bolalarni
vatanparvarlik
va
baynalminalchilik ruhida tarbiyalash;
4.
Tarbichining bolalar bilan o’zaro munosabatlari va hokazo.