O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

O’z ustida ishlash 
Bu ish shakli - maktabgacha ta`lim xodimlarining o’z ustilarida ishlashlari, 
g’oyaviy-siyosiy saviyalarini oshirib borishdagi keng tarqalgan shakllar (jamoa). 
Metodik ishlarni jamoa bilan birgalikda olib borilsa bilim manbai boyib boradi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlari uchun shu reja tizimilari unda 
maktabgacha ta`lim bo’yicha ayrim nazariy masalalarni, maktab ta`lim dasto’rini, 
metodik materiallarni o’rganish rejalashtiriladi. 
Yillik rejada - ishdagi qiyinchiliklar keltirib chiqargan bir yoki ikkita mavzu 
rejalashtiriladi. O’z ustida ishlashda faqatgini o’rganiladigan mavzular emas, balki 
undagi asosiy savollarni, masalalarni o’rganiniladi, adabiyotlar ko’rsatiladi. 
Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o’z ustida ishlashni qanday 
tashkil etish mavzusida suhbatlashishi, yordam ko’rsatish shart. 
Bu tadbirlarni tizimli, aniq reja asosida olib borilishi g’oyat muhimdir. Bunda 
tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda jamoa uchun shart-sharoit, 
kerakli materiallar, bajaruvchi - javobgar shaxslar, ularni hisobga olib borish - 
o’quv yilining boshida belgilanadi, mudira doimo nazorat qilib boradi. 
Kadrlar bilan ishlashda hamkorlik printsipida ish olib boriladi: bo’lar 
quyidagilar: 
a) mutloq hamkorlik minimumi - jamoa a`zolari soniga va ishni to’g’ri olib 
borishga suyanadi; 
b) bekorga vaqt o’tkazmaslik. doimo to’g’ri siyosatni izchillik
bilan amalga 
oshirish; 
v) tezkorlik va fikrlashish, uddaburonliq 
g) fikrlashuv natijasini xabar qilish, yangi aniq amaliyotga asoslangan holda 
olib boriladi. 


172 
Umumiy ota-onalar majlisida bolalar muassasasining butun ishi muhokama 
qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Ota-onalar majlisiga rais qilib ota-onalar 
qo’mitasining raisi belgilanadi. 
Bolalar muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g’oyat 
ahamiyatlidir. Bunda maktabgacha ta`lim muassasasining butun faoliyati ota-
onalar tomonidan kuzatiladi, yo’l quyilayotgan kamchiliklir joyida hal etiladi. 
Bolalar muassasasining barcha xodimlari bunga tayyorgarlik ko’radilar 
Yakkama-yakka suhbatlar - bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun 
tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va maktabgacha ta`lim muassasasi 
mudirasi ilmiy asoslangan xolda masalalarni hal etmog’i lozim. 
Maslahatlar - qisqa, aniq shaklda olib boriladi, ayniqsa guruhlarda 
«ko’chirma-papka»lardan foydalanish kuchaytiriladi. 
Mudira aholi o’rtasida muhim masalalar bo’yicha davlatimiz ko’rsatmalari, 
qarorlari asosida tashkilot ishlarini olib borishda rahbarlik qiladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalarga yaqindan yordam berishda - 
kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir. 
Bola tarbiyasiga oid kitoblar ota-onalarga katta yordam beradi, bu kitoblarni 
maktabgacha ta`lim muassasasi mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan 
tanlanadi. Adabiyotlar ro’yxati hisobot tarzida olib boriladi. 
Pedagogik tashviqot ishlaridan eng qulayi ota-onalar burchagidir. Bu ota-
onalarga bola tarbiyasiga hamda muassasa ishiga ijodiy yondoshishga yordam 
beradi. 
Nazorat savollari: 
1.
Metodik ish shakli Seminarga ta`rif bering. 
2.
Seminarlarni o’tkazish metodikasini tushintirib bering. 
3.
MTM da necha xil maslahat turi mavjud va bo’lar qaysilar? 
4.
Seminar mashg’ulotini o’tkazish printsiplarini tushuntiring va misollar 
keltiring. 
Adabiyotlar: 
1.
O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar 
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
2.
Sh.K.Tashpulatova ―Maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tashkil etish va 
boshqarish usullari‖ TDPU.T.: 2001 y.
3.
R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.
4.
R. Ishmuxamedov ―Ta`limda innovatsion texnologiyalar‖. Toshkent 
―Iste`dod‖. 2008 y 
5.
A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
6.
Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y. 


173 
XVIII BOB. Ilg’or pedagogik jarayonni umumlashtirish. 
Reja:
1.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ilg’or ish tajriba ishlarini o’rganishni 
tashkil etish. 
2.
Uslubchi tomonidan nazorat qilishning ahamiyati. 
3.
Uslubchi tomonidan pedagogik jarayonni tashkil etish usul va ulublari. 
4.
Ta`lim – tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish. 
Mavzuning maqsadi: Maktabgacha ta`lim muassasasida uslubchi tomonidan ilg’or 
ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish, nazorat qilish bo’yicha o’quvchilarga 
nazariy bilimlar berish. 
Mavzuning vazifalari: Maktabgacha ta`lim muassasasidagi ilg’or ishlarni ko’ra 
olish, ta`lim - tarbiyaviy ishlarni tahlil qilishning shakl va usullarini amaliyotga 
qo’llay olish komponentlarini shakllantirish. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish