Uslubchi tomonidan nazorat qilishning ahamiyati




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

18.2. Uslubchi tomonidan nazorat qilishning ahamiyati 
 
Nazorat qilish deganda - Davlat nazorati, xalq ta`limi bo’limlari tomonidan 
rahbarlikning tekshirish shakllariga aytiladi. 


177 
Bu - Mustaqil Davlatimizning qaror, xukumat, ko’rsatma, yo’l-yo’riqlarini, 
«Xalq ta`limi to’g’risidagi qonun» asoslarini bajarilishini, xalq ta`limi yoki 
tashkilotlar tomonidan, maktabgacha ta`lim ahvolini tekshirish, shuningdek, 
maktabgacha ta`lim bilan bog’liq bo’lgan ariza, imkoniyat, iltimoslarni 
tekshirishdir. Bu - «Maktabgacha ta`lim to’g’risidagi Nizom», «Maktabgacha 
ta`lim kontseptsiyasi», «Maktabgacha ta`lim dasturi», «Uchinchi ming yillikning 
bolasi» davlat dasturlarini bajarilishi ustidan nazoratdir. 
Bu - har bir maktabgacha ta`lim muassasi ishidagi kamchiliklarni yo’qotish 
choralarini ko’ruvchi, pedagogik ta`lim-tarbiya, pedagogik ish sifatini o’stirishda 
aniq amaliy yordam ko’rsatuvchi tekshirish formasidir. 
Nazorat qilish - nazorat qilishning metodologik asosini - O’zbekiston 
Respublikasining Konstituttsiyasi, «Maktabgacha ta`lim Kontseptsiya»sida 
ko’rsatib berilgan ilmiy jihatdan asoslangan g’oyalar egallaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat xokimiyatining tizimi - Xokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va uni nazorat qiluvchi printsiplariga asoslanadi. 
Davlat o’z faoliyatini iison va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoy adolat va 
qonuniylik printsiplari asosida amalga oshira borib, xalq ta`limi bo’limlarida 
nazorat ishlarini amalga oshirishda asosiy negiz bo’lib xizmat qiladi. «Davlat 
jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi» 
deyiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42 moddasida. 
Nazorat qilishda - qonunlarning ustunligi shuni anglatadiki, bunda barcha 
joriy konunlar va me`yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga 
muvofiq bo’lishi talab etiladi. Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: 
«Qasrda qonun hukmronlik qilsa, shu erda erkinlik bo’ladi». Xalq ta`limi 
bo’limlarida - nazorat - amalga oshiradi.
Nazoratchi - bu ma`lum sohaga tegishli qonun-qoidalarning to’g’ri 
bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs. 
Rahbar faoliyatini baholovchi bosh mezon – uning ishini tashkil qila bilish 
kobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar «Ha, bu xalq 
farovonligi yo’lida g’amho’rlik qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak quyuvchi 
rahbar, deya olsin». 
Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o’ylangan tizimini ishlab chiqish, 
o’tmishni ma`suliyat bilan tahlil etish - kelajak yo’lini talab borishini, o’tkir 
muammolarni tortinchoqlik bilan emas, balki ro’yi-rost ochib tashlash kerakligi 
uqtiriladi. 
«Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz 
lozim». 
«Bir haqiqatni hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur» - «Yakdillik, iymon 
va insof, so’z va ish birligi insonparvarlik 
_
biz qurayotgan jamiyatimizning tamal 
toshlaridan biridir» - deb uqtiradi davlatimiz rahbari, hurmatli Prezidentimiz 
I.A.Karimov «O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustivor yo’nalishlari» asarida 
(1992 yil). 
Bu vazifalarni to’g’ri, o’z vaqtida amalga oshirish maqsadida xalq ta`limi 
bo’limlari tomonidan maktabgacha ta`lim muassasalarini nazorat qilishning 
ahamiyati beqiyosdir. 


178 

Download 2,1 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Uslubchi tomonidan nazorat qilishning ahamiyati

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish