O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

18.3.
 
Uslubchi tomonidan nazorat qilishning usul va uslublari. 
 
Uslubchi tomonidan ta`lim-tarbiyaviy va boshqa jarayonlarni nazorat qilishda 
quyidagi usul va uslublardan foydalanadi:

Bolalar hayotini uyushtirish mashg’ulotlari, kun tartibining turli 
jarayonlarini kuzatish va tahlil; 

Tarbiyachining ish hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish; 

Bolalar ishlarini o’rganish va tahlil qilish: 

Tarbiyachilar, bolalar bilan (ularning bilimi, dastur talablarini o’zlashtirish 
bo’yicha suhbatlar o’tkazish) suhbatlashish; 

Ota-onalar kengashlarida ishtirok etish va tarbiyachi ishini tahlil qilish; 

Guruxning jihozlanishini nazoratdan o’tkazish. 
Bu usul, uslublarni qo’llash - nazorat qilish turiga, qaysi guruhda tarbiyaviy 
jarayonning qaysi qismi yoki muassasa moliyaviy-xo’jalik ishlarining qaysi 
tomonlari tekshirishga, nazoratchining mutaxasisligi va ish tajribasiga bog’liqdir. 
Bu ko’p qirrali usularni qo’llash - maktabgacha ta`lim ishini har tamonlama 
o’rganishda g’oyat ahamiyatlidir. 
Kuzatish usuli - bu pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi 
qiyinchiliklarni yo’qotish va ta`lim - tarbiyaviy ish sifatini o’stirishni ta`minlaydi. 
Kuzatish - pedagogik jarayonini, metodik va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining 
ahvoliga to’g’ri baho beradi va kerakli xulosalar chiqaradi. 
Frontal - yangi tekshirish turida bu usul kun davomida tekshirilayotgan 
pedagogik jarayonni o’z ichiga oladi, bunda: rejali, ta`lim - tarbiya ish mazmunini 
va turli tarbiya ishini muvofiqlashganligi, maishiy hayotda bolalar hayotini va 
tarbiyasini tashkil etish, o’quv-tarbiya usul va uslublarini tashkil etish, bolalarning 
o’yini, mehnati faoliyatlari kuzatiladi. 
Tematik nazorat turida esa - kuzatish usuli tanlangan temaga va uning 
xarakteriga bog’liqdir. Agar ahvoli kuzatilayotgan bo’lsa, unda tekshiruvchi 
mashg’ulotlarini chuqur kuzatadi, uning dastur mazmuniga, tuzilishiga, 
metodikasiga chuqur ahamiyat beradi. 
O’yin jarayonini kuzatayotganda - diqqatni o’yin turiga, o’yin uchun sharoit, 
bolalarning munosabatlariga va tarbiyachining o’yinga rahbarligiga qaratadi. 


180 
Pedagogik ishlarni kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil qilmasa 
qo’shimcha yoki takroriy kuzatish o’tkazish kerak. 
Kuzatishda - kuzatilayotgan jarayonining, kun tartibi jarayonlardagi aniqlilik, 
kun tartibining buzilishi, bolalarning bilim darajasini, ularning axloq me`yorlari, 
tarbiyachining dastur talabalarini va metodikani egallaganligi na boshqalarga 
ahamiyat berish kerak. 
Kuzatish - jarayonida shu narsa ayon bo’ladiki, tarbiyachining etarli 
darajadagi mutaxassisligi, bu kuzatilayotgan kunda tarbiyachining tayyorgarligi, 
uning ishdagi tajribasi sayozligi, bolalar jamoaini tashkil eta olmasligi, uning o’ta 
hayajonlanishi, tormozlanib qolish namoyon bo’ladi. 
Moliyaviy xo’jalik ishdagi kamchiliklar mudiraning tartibsiz, pala-partish ish 
yuritishdan xam kelib chiqish mumkin. 
Tahlil qilish - tarbiyachi va mudiraga qanday yordam berish va ulardan 
qanday qilib talab qilish kerakligini belgilab beradi. 
Kuzatish turlicha harakterga ega bo’lib, uslubchi bu jarayonlarni amalga 
oshirish uchun tekshirish reja-jadvalini tuzadi. 
R E J A : 
Har bir, ayniqsa yosh uslubchilar uchun bunday kuzatish jadvalsini tuzib 
ishlash - bu jarayonni puxta, mazmunli, har tomonlama keng olib borishini 
ta`minlaydi. Bunday kuzatish jadvalsini yo’qligi tekshirishning yuzaki, 
mazmunsiz, ishlarga nisbatan baho berishda yuzakichilikka olib keladi. Oldindan 
o’ylangan rejali kuzatish 
_
muassasadagi ilg’or ish tajribalarini o’rganadi, 
umumlashtiradi va boshqa muassasalarga tashviqot qqiladi. Kuzatishda tarbiyachi 
yoki mudira tomonidan xato, kamchilik qilinayotgan bo’lsa nazoratchi alohida 
individual kuzatishdan so’ng, ularning shaxsiyatlariga tegmasdan, shoshilmasdan, 
tinch holatda kamchiliklarni oldini olish choralarini ko’rsatib, tushuntirib berishi, 
metodik yordam ko’rsatish kerak. Agar kuzatish jarayonida bolalar sog’ligi va 
hayotiga xavf soluvchi xato kamchiliklar bo’lsa, u vaqtida nazoratchi aralashuviga 
sabab bo’ladi. Kuzatish jarayonida kuzatish daftariga yozib boriladi (Jadvalga 
qarab tushuntirish). 
Kuzatishni yana ham mukammalroq izoxlash maksadida quyidagi usullardan 
foydalaniladi: 
1.
Ish hujjatlarini o’rganish; 
2.
Bolalar sog’ligini izoxlovchi materiallar; 
3.
Ta`lim - tarbiyaviy ish rejalarini o’rganish; 
4.
Tarbiyachilarning kundalik daftarlarini (ilk yosh guruhlari). 
5.
Bolalar ishlarini tahlil qilish; 
6.
Pedagogik kengash, ishlab chiqarish, ota-onalar majlislarining qarorlarini 
o’rganish; 
Bular muassasa haqida to’laroq tushuncha berish mumkin. Buning uchun 
nazoratchi - mudira, shifokor (meditsina tibbiyot xamshirasi) va tarbiyachilarga 
tegishli ish hujjatlarini tayyorlashlarini ogohlantiradi. Pedagogik ish hujjatlarini 
o’rganishda, tarbiyachi tomonidan ―Maktabgacha ta`lim dasturi‖ talabalarini 
bajarilishi, didaktik printsiplardan foydalanishi, dasto’rning asta-sekinlik bilan 
murakkablashtirib olib borilishi namoyon bo’ladi. 


181 
Tarbiyachilarning kundalik daftarlaridan bolalarning o’cish suratlari, ularning 
qiziqishlari, dastur talabalarini egallash jarayonlarini bilish mumkin. 
Bolalar sog’ligini izoxlovchi materiallar - patronaj daftari, kundalik davomat, 
shakl № 63 ni tibbiyot xamshirasidan aniqlash mumkin. Shuningdek, kasallikni 
oldin olish ishlarini amalga oshiruvchi omillar to’g’risida nazorat ishlarini amalga 
oshiradi. Ta`lim - tarbiya ish rejalari dasturiga asoslanib haftalik ish rejalarining 
sifatli tuzilganligini, mashg’ulotlar jadvali, kvartal, istiqbol, haftalik ish rejalarning 
sifati, dastur maqsadini sermazmunligini, kun tartibi jarayonlarda o’zbek xalq 
milliy o’yinlarini, urf-odatlarni, «Odobnoma»ning mazmundorligi, bolalarning 
dunyoqarashlarni o’stiruvchi omillarni yoritilishi bolalarning nutq madaniyati 
o’sishda individual ishlash, ota-onalar bilan individual ishlarining mavzularining 
boyligi bolalarning ijodiy barkamollashuvida tarbiyachining roli alohida kuzatiladi, 
o’rganiladi. 
Pedagogik va ota-onalar kengashlarining qarorlarini o’rganish esa yillik 
rejadagi asosiy masalalarni, o’rganilayotgan masalalarining dolzarbligi, ota-
onalarining qiziqishlaridan habardor qiladi. 
Suhbat usuli metodi - kuzatish jarayonidagi hujjatlarni o’rganishdagi 
tushunarsiz bo’lgan jarayonlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Suhbat mazmuni 
va uning harakteri turlicha bo’lishi mumkin. 
1.
Guruhdagi bir kunlik pedagogik jarayonini kuzatish bo’yicha tarbiyachi 
bilan suhbat - muhokama o’tkazish; 
2.
Kuzatish natijalarini tahlil qilish (suhbat-tahlil). 
Suhbatlar tarbiyachining tarbiya jarayonlarida qo’llagan usullari haqida ham 
bo’lishi mumkin. Kuzatish jarayoni tugagandan so’ng o’tkaziladigan suhbatda 
mudira yoki uslubchi ishtirokida tarbiyachi ishiga baho beriladi. Ishdagi yutuq va 
kamchiliklarga ob`ektivlik bilan yondoshish kerak, bunda nazoratchi avval - 
tarbiyachini o’z ishi haqida tushuncha berib, ishiga baho beradi, pedagogik ish 
jarayonidagi yangilik yarata olish yo’llarini ko’rsatib beradi. Mudira bilan 
suhbatda - muassasaning moliyaviy-xo’jalik, tashkiliy-pedagogik, metodik, 
xodimlar bilan ishlash masalalari bo’yicha o’tkaziladi.
Muassasa vrachi yoki tibbiyot xamshirasi bilan bo’ladigan suhbat orqali 
bolalar sog’ligi, kasalliklarni oldini olish ishlarini o’tkazilishi hahida, vrachning ish 
rejasi bo’yicha suhbat o’tkaziladi. 
Ota-onalar va qo’mita raislari bilan suhbat chog’ida, ularning istak-takliflari, 
talablari, ularning muassasaga ko’rsatayotgan yordami, maktabgacha ta`lim 
muassasasining oilada bolalarni tarbiyalashga qo’shayotgan hissalari haqida 
bo’lishi mumkin. 
Bolalar ishlarini tahlil qilish - guruhning va faol bolalarning har tomonlama 
o’z ishi, bolalarning bilim, ko’nikma va malakalarini etarligini aniqlovchi omildir. 
Bolalar ishlarini saqlash, bolalarning ehtiyotkorligini aniqlash g’oyat katta 
ahamiyatga egadir. Bolalar ishlarini tahlil qilishda ishlarining soni, mazmuni, 
takrorlanmasligi, dastur talablariga javob berishi muhimdir. 
Bu jarayonni o’tkazishda guruh tarbiyachisining ishtiroki darkor. 
Uslubchi shaxs kuzatishda tarbiyachiga turli maslahatlar berib boradi. 
Masalan: qurish-yasash, qo’l mehnati, tasviriy faoliyat. 


182 
Yuqoridagi usullardan foydalanib uslubchi muassasa ishini atroflicha, chuqur 
o’rganib chiqishini ta`minlaydi. 
Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiyachisining o’zi bilan muhokama 
qilinadi keyin pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq va kamchiliklar, 
taklif va mulohazalar ochiqchasiga - oshkora holda tushuntiriladi. Kerakli 
yo’llanma, ko’rsatma va metodik yordam o’z vaqtida ko’rsatiladi. 
Bolalarning bilim-saviyalarini, ko’nikma va malakalari bilish maqsadida 
guruhda savol-javob, anketa savollariga javob olish usulini ham o’tkazish muhim 
ahamiyatga egadir. Bu jarayon kvartallar orasidagi o’tgan vaqtda dastur talablarini 
bajarilganligi va tarbiyachining qay tarzda etkaza olganligi, bolalarning bilim 
doirasi, dunyoqarashi, ijodiy o’sishi, kabi bo’lgan murakkab psixologik-ruxiy 
rivojlanishi uchun eng muxim omil bo’lib xizmat qiladi. 
Anketa savollari turli mavzuda - masalan jonajon O’zbekistonimiz, undagi 
tarixiy joylari, shahar, viloyat, tumanlarning nomlari - tarixiy atamalarining 
mazmuni, o’rni, ulug’ bobokolonlarimiz - Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Bobur, 
Abdulla Qodiriyning bebaho durdona asarlari, ular bilan yaqindan tanishtirish 
maqsadida ham o’tkazishi mumkin. 
Bu jarayonda guruh bolalariga va tarbiyachi ishiga baho berish mumkin. 
Shu yo’sindagi anketa savollarini tarbiyachi, uslubchi va mudiraning bilim 
saviyasi, g’oyaviy-siyosiy etukligini, o’z mutaxassisligi bo’yicha bilim va 
malakasini aniqlash maqsadida ham o’tkazish mumkin. 
Muassasada tarbiyachi bolalarni tarbiyalash va o’qitish bo’yicha 
qo’llanmalarni va metodikani erkin tanlash huquqiga ega (Maktabgacha ta`lim 
to’g’risidagi Nizom) deyiladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi o’z pedagogik faoliyatidagi printsiplarga 
og’ishmay amal qiladi: 
-
bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo’lish asosiga quriladigan butun 
pedagogik jarayon insoniylik yo’nalishlari bilan sug’orilgan bo’lish; 
-
psixologik-pedagogik fikr va aralash fanlarning zamonaviy yutuqlariga 
mo’ljallangan o’z-o’zini rivojlantirishga zo’r berish. 
Uslubchi - yuqorida bayon etilgan printsiplarni muassasada amalga oshirishini 
nazorat qilish va bajarishini tekshirish, qabul qilingan avvalgi qarorlarni ijrosini 
ko’rish maqsadida «Pedagogik kengash» ishiga qatnashadi. Maktabgacha ta`lim 
muassasasida bolalarning hayotiy, jismoniy va ruxiy sog’lomligi uchun, har bir 
bolaning yoshi va shaxsiy xususiyatlariga mos keluvchi emotsional va to’laqonli 
rivojlanishi, bolalarni tarbiyalash va ta`lim berishning tanlangan tizimi 
samaradorligi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaratishda, tarbiyaviy jarayonni 
psixologik ta`minlash ruxshinos yoki psixologik xizmatini yaratishni tashkil etish 
ishida metodik yordam ko’rsatadi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasida rahbar xodimlar va tarbiyachilarning 
pedagogik metodlar va usullarni mustaqil ishlab chiqishi va ulardan o’z pedagogik 
faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini yaratib berish yo’li bilan ularning 
pedagogik ijodiyotiga bo’lgan huquqini ta`minlaydi. 
Muassasada bo’ladigan ishlab chiqarish majlislariga qatnashib - 
muassasasining mehnat jamoasi xalqchillik asosida o’z-o’zini boshqarish 


183 
printsipiga muvofiq, uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar hal 
etilishi, bo’larning davlat va jamiyat manfaatlariga rioya qilingan holda bo’lishini 
nazora qiladi. 
«Ijtimoiy maktabgacha ta`lim tizimi oilaviy tarbiyadan uzilib qolmasligi 
kerak, balki u bilan chambarchas bog’liq holdagina bolaga yordam berish 
mumkin». «Barcha ma`naviy qadriyatlar oilada tarkib topadi. Zero, oila doimo 
etnik xususiyatlarga taalluqli va etnopsixologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Oila 
bola tarbiyasiga katta ta`sir ko’rsatadi» deyiladi. «Maktabgacha ta`lim 
kontseptsiyasi»da. 
Uslubchi yuqorida bayon qilingan vazifalarin xal etish maqsadida, umumiy va 
guruh ota-onalar majlislariga qatnashib, bola tarbiyasi bo’yicha eng muammoli 
masalalarni hal etilishini kuzatadi va ilmiy asoslangan yordamni amalga oshiradi. 
Ota-onalarni muassasa ishiga ko’proq jalb etish maqsadida «Jamiyatimizda 
oilaning tutgan o’rni», O’zbekistan Respublikasi Konstituttsiyasi qonunlarida 
hamda oila va bola tarbiyasida davlatimiz tomonimizdan g’amxo’rlik asoslarini 
keng yoritib berish kerak. Bu esa muassasa ishini jonlashtirishda o’zining ijobiy 
tomonini ko’rsatadi. 
Keng jamoatchilik bilan muassasa to’g’risida uning ishiga jamoatchilik 
tomonidan ko’rsatilayotgan amaliy yordam to’g’risida suhbat tashkil etadi. 
Uslubchi yuqorida ko’rsatib o’tilgan usul va metodlardan foydalanib, 
muassasani frontal va tematik tekshirishni amalga oshiradi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish