Maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv jarayonini nazorat qilishning




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

15.1. Maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv jarayonini nazorat qilishning 
maqsadi va unga qo’yiladigan talablar. 
O’quv jarayonini nazorat qilishning bosh maqsadi bolalarni mashg’ulotlarda 
to’la qonli, har tomonlama rivojlanishlari hamda tarbiyalanishlarini, bolalar 
tomonidan barcha dastur talablarining yosh va individual xususiyatlariga muvofiq 
tarzda egallanishini ta`minlashdir. 
«Uchinchi mingyillikning bolasi dasturi»da mashg’ulotlarning bolani aqliy 
va har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalashning muhim shakllaridan biri 
sifatidagi roli bir muncha ortganligi qayd etiladi. Bu to’g’ridir, chunki mashg’ulot 
tarbiyachining ko’pchilik bolalar faolligini ta`minlaydigan bolaga bevosita ta`limiy 
ta`sir ko’rsatishining asosiy shaklidir. Har bir bola tarbiyachini diqqat bilan 
tinglashni, o’z vazifasini tushunishni va shunga muvofiq tarzda faoliyat 
ko’rsatishni o’rganadi. Mashg’ulotda tarbiyachi yangi ma`lumotlar berib, 
mavjudlarini aniqlab va mustahkamlabgina qolmay, balki bolalarning fikr yuritish 
hamda amaliy faoliyatlari usullarini tarkib toptiradi, ularda shaxsning muayyan 
sifatlarini shakllantiradi. Bu tabiiydir, chunki maktabgacha yosh inson shaxsini 
kelgusida rivojlantirishning zamini yaratiladigan genetik bosqich hisoblanadi. 
Hozirgi zamon pedagogik va psixologik tadqiqotlar (Z.R.Qodirova, 
F.R.Qodirova, R.Sunnatova,R.M.Qodirova) maktabgacha yoshdagi bolalarning 
intellektual rivojlaiish darajasi bir joyda qotib qolmaganligidan, uning uzluksiz 
o’sayotganligidan, maktabgacha yoshdagi bolalarning yangi bilim va 
ko’nikmalarni egallash, aqliy qobiliyatlarni shakllantirish munosabatidagi yosh 
imkoniyatlari hozirgacha nazarda tutilgandan ko’ra ancha yuqori, asosiysi hozirgi 
bolalar bilimlarni oddiy tizimlashtirilgan ko’rinishda o’zlashtirishga qodir 
ekanliklaridan dalolat beradi. 
Shu bilan birga kengash olimlari yoshning katta psixik-fiziologik 
imkoniyatlaridan oqilona foydalanish va ularni suiste`mol qilmaslik haqida gapirib, 
ular eng avvalo bolaga tafakkurning yosh shakllari va faoliyat usullarini 


144 
muddatidan oldin majburan kabul qildirmay, bola psixikasining «o’ziga xos 
maktabgacha sifatlarini» o’stirishni tavsiya qiladilar. 
Uslubchi dasturning turli bo’limlari bo’yicha har xil mashg’ulot turlarini 
kuzatadi va tahlil qiladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasidagi mashg’ulot tarbiyachi va bolalarning 
o’zaro munosabatlarining birligidan kelib chiquvchi kompleks pedagogik hodisa 
bo’lib, bola shaxsini garmonik va har tomonlama rivojlantirish maqsadlariga 
xizmat qiladi. Uslubchi mashg’ulot tahlilini faqat ta`lim - tarbiya jarayonidagi 
holatni nazorat qilish vositasi sifatidagina emas, balki asosan pedagogga 
instruktsiya berish metodi sifatida o’tkazadi. Tahlil va o’z mashg’ulotini o’zi tahlil 
qilish 
malakalarini 
shakllashtirish 
tarbiyachining 
pedagoglik 
mahoratini 
takomillashtirishning samarali usulidir. Mashg’ulot tahlil qilinar ekan, 
umumdidaktik printsiplar: g’oyaviylik,
tushunarlilik, bolalarning yosh xususiyatlari 
va har bir bolaning bilim, ko’nikma, malakalarni egallashdagi imkoniyatlarini 
hisobga olish hamda boshda printsiplarni joriy qilishdan kelib chiqishi lozim.
Mashg’ulot tahlili quyidagi asosiy yo’nalishlar buyicha olib boriladi: 
1. Tarbiyachining mashg’ulotdagi tashkiliy faoliyati. Bunga biz mashg’ulot reja 
(ishlanmasi) ning borligini, tarbiyachi tomonidan uni amalga oshirilishi darajasini, 
ko’rgazmali qurollar bilan jihozlanganlik va mashg’ulotlarda ulardan foydalanish 
samaradorligini; mashg’ulotning uyushtirilishiga quyiladigan psixologik va 
gigieiik talablar (mashg’ulotda faoliyat turla-rining almashinuvi, davo, issiqlik va 
sanitariya 
tartibining 
optimalligi, 
bolalarning 
individual 
va psixologik 
xususiyatlarining 
hisobga 
olinishi) 
ning 
bajarilishini, 
tarbiyachining 
tayyorlanganlik darajasi, vaqtdan foydalanishning ratsionalligi; butun mashg’ulot, 
uning qism va bosqichlarining davomiyligini kiritamiz. 
2. Tarbiyachining mashg’ulotdagi didaktik faoliyati uning faoliyatida didaktik 
printsiplar: ta`limning tushunarliligi, tizimliligi va izchilligi, ko’rgazma-liligi, 
bilimlarning mustahkamligi va ongliligi, ilmiyligi, ta`limning hayot bilan 
boglanish printsipi, ta`lim jarayoni individuallashuvining hisobga olinishi va aks 
ettirilishi nudtai nazaridan tahlil qilinadi. Uslubchi maktabgacha yoshdagilarni 
o’qitishga juda bo’lmaganda bolalarning uch guruxini:
a) bilimlarni bo’sh o’zlashtiradigan;
b) bilimlarni egallashga yuqori qiziqish va ishtiyoq namoyon qiladigan;
v) bolalarning asosiy ko’pchiligini hisobga olib alohida-alohida yondoshuvning 
amalga oshirilishiga alohida e`tibor beradi.
Dastur mazmunining bajarilish darajasi (didaktik maqsadga erishish); 
tarbiyachi mashg’ulotda foydalanayotgan o’qitish metodlarining optimalligi; 
ularning qo’shib olib borilishi, mashg’ulot mantiqining bolalar yoshi va 
rivojlanganligiga muvofiqligi, mashg’ulotlarda maktabgacha yoshdagilarning 
bilish va fikr yuritish faoliyatlarining faolligini oshiruvchi muammolilik 
elementlaridan foydalanish tahlil qilinadi. 
3. Pedagogning mashg’ulotdagi tarbiyaviy faoliyati mashg’ulotning g’oyaviy 
yo’nalganligini, bolalarni axloqiy tarbiyalash masalalari qay darajada hal 
etilganligini, mashg’ulotni maktabgacha yoshdagilarga estetik ta`sir darajasini, 


145 
boshda tarbiyaviy imkoniyatlardan foydalanish darajasini baholash asosida tahlil 
qilinadi.
4. Mashg’ulotlarda pedagogning shaxsga oid sifatlarining namoyon bo’lishi. 
Tarbiyachining nutqi (tempi, diktsiyasi, emotsionalligi, ifodaliligi), pedagogning 
madaniyati, odobi, bolalarga nisbatan tutgan pozitsiyasi, mashg’ulotlarda guruxga 
pedagogik rahbarlik uslubi (avtoritar, demokratik, liberal), pedagogning 
mashg’ulotlardagi tashqi ko’rinishi. 
5. Bolalarning mashg’ulotdagi butun gurux xarakteristikasi fonidagi faoliyatlari: 
bolalarning mashg’ulotdagi faollik va ishga layoqatlilik darajalari; ularda 
mashg’ulotga qiziqish, mustaqil ishlash malakalarining mavjudligi, nutqning 
rivojlanganlik darajasi, bolalarning faoliyat templari va maktabgacha yoshdagi 
bolalarda oddiy o’quv faoliyati malakalarining shakllanganlik darajasi (quloq 
solish va eshitish ko’nikmasi, tarbiyachining ko’rsatmalariga rioya kila bilish, 
tashabbus, zehn, fikrning tanqidiyligi va shu kabilarni namoyon qilish). Uslubchi, 
shuningdek bolalarning bir-birlariga, tarbiyachiga munosabat uslublarini; 
bolalarning mashg’ulotdagi tashqi ko’rinishlarnni ham hisobga oladi. 
Bu yo’nalishlarni besh ustunli jadval tarzida rasmiylashtirish mumkin. 
Mashg’ulotlar har xil turlarining tahliliga doir bunday jadvallarning 
rasmiylashtirilgan namunalari maktabgacha ta`lim muassasasining metodika 
kabiietida bo’lishi zarur. Mazkur jadvaldan har bir tarbiyachi o’z o’quv faoliyatini 
o’zi tahlil qilishda (uni tuzatish hamda o’qitishda samaradorlikka erishish 
maqsadlarida) foydalanishlari mumkin. Bunday tahlil uslubchiga tajribalarni 
o’rganish, umumlashtirish va yoyish maqsadida eng samarali ishlovchi 
tarbiyachilarni aniqlashida yordam beradi. 
Ammo mashg’ulotlar tahliliga qo’yiladigan (yuqorida tilga olingan) talablar 
tabiiyki uzoq muddat davomida o’zgarishsiz qololmasligini, biroq boshlang’ich 
bosqichda ular tarbiyachilar ishini ob`ektiv baholashga asos bo’la oluvchi 
parametrlarni aks ettirishi hisobga olinishi kerak. Maktabgacha ta`lim 
muassasasining uslubchisi pedagogik jarayonni kuzatish va tahlil qilishga puxta 
tayyorgarlik ko’radi: maqsadni aniqlaydi kuzatish rejani belgilaydi. Kuzatish 
maqsadi har xil, masalan, o’quv materiali hajmining maktabgacha yoshdagi 
bolalarning yosh imkoniyatlariga muvofiqligini aniqlash, bolalar mashg’ulotlarda 
egallashlari shart bo’lgan ko’nikma va malakalarning optimal hajmini aniqlash, 
tarbiyachining bolalarga gapirib berishni o’rgatish metodikasini egallaganlik 
darajasini tekshirish, bolalarda nutqning rivojlanganlik darajasini, asosiy 
harakatlarni rivojlantirish darajasini aniqlash, bolaning mustaqil tafakkurini 
faollashtirish 
maqsadida 
tarbiyachi 
qo’llayotgan metod va usullarni, 
mashg’ulotlarda ko’rgazmalilikdan foydalanish metodikasini aniqlash va shu 
kabilar bo’lishi mumkin. Ammo uslubchi u yoki bu tarbiyachining mashg’ulotiga 
kirar ekan, o’z oldiga qanday maqsadni qo’yishidan qat`iy nazar birinchi galdagi 
vazifa 

bu 
tarbiyachiga 
mashg’ulotlarni 
o’tkazish 
metodikasini 
takomillashtirishda, mashg’ulotlar tizimi hamda izchilligini, bola, shaxsini har 
tomonlama muvaffaqiyatli rivojlantirishning zaruriy sharti sifatida ularning 
aloqasini va murakkablashtirilishini ta`minlashda yordam berishdir. SHuning 
uchun metodist tarbiyachilar bilan rejalashtirilayotgan mashg’ulotlar tematikasini, 


146 
dqstur mazmuni va metodikasi haqida tez-tez suhbatlashishi, mashg’ulotlar uchun 
o’quv materialining to’g’ri tanlanishiga e`tibor berishi, bu bolalarga berilayotgan 
bilimlarni tartibga keltirish va aniq bir butun tizimga solish, shakllantirilayotgan 
tasavvur yoki tushuncha oldingisidan kelib chiqadigan bo’lishiga imkon yaratadi. 
Bola o’ziga tanish tushunchalarga tayanib o’ziga notanish fakt, hodisa, xususiyat, 
harakatlarning mohiyatini egallab oladi. Masalan, kichik guruxlarda bolalar 
hayvonlar: mushuk, kuchuk, olmaxon, bo’ri bilan tanishadilar, katta guruxlarda esa 
ular kuchuk va mushuk-uy hayvoni, olmaxon va bo’ri yovvoyi hayvon - ekanligini 
bilib oladilar. Dastur mazmunini tanlashga bunday yondoshish bolalarda tevarak-
atrof haqida to’g’ri hamda tizimlashtirilgan bilim va tasavvurlarni shakllantirishni 
ta`minlaydi. 
Uslubchi dastur maternalining navbatdagi «dozasini» aniqlashda va 
qadamba-qadam dasturni bajarish tomon borishida pedagogga yordam beradi. Har 
bir mashg’ulot tarkibida bolalar uchun yangi va ma`lum material bo’lishi kerak, 
chunki 
bolalar 
ilgari 
egallangai 
bilim 
va 
ko’nikmalari bilan oson 
bog’lanadiganlarni yaxshiroq o’zlashtiradilar. Bilimlarning bolalar tomonidan 
egallanishi jarayoni, ma`lumotlarni asta-sekin chuqurlashtirib, kengaytirib, 
aniqliklar kiritib takrorlashni talab qiladi, chunki bir marta idrok etilgan taassurot 
bolalardagi tushuncha va bilimlarning aniq hamda mustahkamligini ta`minlay 
olmaydi. 
Takrorlanadigan bilimlar mazmuni bolalarning bilimlarini chuqurlashtirish 
yo’nalishida takomillashtiriladi, bu holatda hodisalarning yangi tomonlariga e`tibor 
beriladi, ularning aloqa va sabablari anglanadi. Takrorlash mashg’ulotlarida 
tarbiyachi bolalarning o’zlaridagi mavjud bilimlarni yangi vaziyatlarda qanday 
ishlata olishlarini, ulardan solishtirish va umumlashtirishni talab qiluvchi 
savollarga javob berishda qanday foydalanishlarini aniqlaydi. SHunday qilib, 
materialning miqdoriy ortishi bilan uning sifat jihatdan o’zgarishi birga boradi. 
Maktabgacha 
ta`lim 
muassasasining 
uslubchisi 
tarbiyachilarga 
mashg’ulotlarda foydalanish maqsadlarida metod va usullarni to’g’ri tanlashni 
o’rgatadi. Metodlarni tanlash asossiz bo’la olmaydi, tarbiyachi bolalarni yaxshirod 
qiziqtirish, ularning diqqatini asosiyga yo’llash, fikr yuritish, zehnlilik qobiliyatini 
uyg’otish uchun qanday metod hamda usullardan foydalanishi kerakligi ustida fikr 
yuritadi. O’qitishning murakkab jarayonida u yoki bu metod yo usulni boshqalari 
bilan birga qo’shib foydalaniladi. 
Shunday qilib, mashg’ulotlarda egallangan bilimlar, bir tomondan 
bolalarning rivojlanishlarida erishib bo’lingan darajaga muvofiq kelishi, boshda to-
mondan, ularning yanada aqliy va axloqiy o’sishlariga har tomonlama yordam 
berishi kerak. 
Tajriba ko’rsatishicha mashg’ulotlarda bilimlarning butun hajmini 
realizatsiya qilish mumkin emas. Bolalar mashg’ulotlarda bilimlarning ma`lum 
hajmini tizimlashtirilgan tarzda egallaydilar. Faoliyatning boshqa turlari (hayot, 
o’yin, mehnat)da bolalar bilimlarni mustahkamlaydilar hamda amaliy ko’nikma va 
malakalarni egallaydilar. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitishning bu xususiyatiga F.R.Qodirova 
o’z vaqtida e`tibor bergandi. F.R.Qodirovaning harakatlari tufayli bolalar 


147 
bog’chasiga ilk bor majburiy mashg’ulotlar kiritilgandi. U maktabgacha yoshdagi 
bolalarda bilimlarning ikki toifasi: bolalar tomonidan o’zlarining kundalik 
hayotlari jarayonida egallanadigan (tabiiy tajriba deb atalmish) bilimlar va 
mashg’ulotlarda uyushtirilgan o’qitish jarayonida egallanadigan bilimlar hosil 
bo’lishini ko’rsatib berdi. Ikkinchisi anchagina murakkab tizimlashtirilgan 
bilimlardir. Bilimlarning bu har ikkala toifasi o’zaro ta`sirda bo’lib, bolani har 
tomonlama rivojlantirishda muhim rol uynaydi. 
Ikkinchi tomondan, bola kundalik hayotda egallaydigan bilimlardan 
tarbiyachi mashg’ulotlardagi uyushtirilgan o’qitish jarayonida foydalanadi. Bu 
erda ular ichki ishlovdan o’tadi, reallik, aniqlik nuqtai nazaridan tuzatiladi, 
bolaning egallashi qulay bilimlarning ma`lum tizimida o’z o’rnini egallaydi. 
Yosh tarbiyachilar ko’pincha boshqa qiyiqchiliklarga xam duch keladilar. 
Ular mashg’ulotlarni o’tkazishda o’qitishning og’zaki metodlari: hikoyaga, 
o’qishga, suhbatga berilib ketadilar. Bu bilimlarning yuzaki egallanishiga olib 
keladi. Etarlicha ko’rgazmaliliksiz, so’zdan ko’proq foydalanish o’qitish jarayonini 
ikkinchi signal tizimi sohasiga o’tkazadi, bunda u tegishli hissiy tajribaga dahl ham 
qilmaydi va uni uyushtirmaydi ham, natijada bolalar mohiyati o’zlariga tushunarsiz 
bo’lgan tushunchani eslab qoladilar. SHu tufayli ular o’z nutqlarida ishlatadigan 
narsalar, tushunchalarning asosiy belgilarini aniqlay olmaydilar. 
Mana shunday o’qitishning ko’proq birinchi signal tizimi markazlariga 
yo’llanadigan metod va usullarini izlashga oid amaliy talab kelib chiqadi. Bu 
bevosita kuzatish, namoyish qilish, ko’rib chiqish va shu kabilardir. U o’qitish 
jarayonida «mumkin qadar ko’proq sezgi organlari - ko’z, quloq, ovoz, muskul 
harakatlar sezgisi va hatto, agarda imkoni bo’lsa, hid va ta`m bilish eslab qolish 
vaqtida ishtirok etishi kerak» deb yozgan edi. Matematika, jismoniy tarbiya, 
tasviriy san`at, ob`ektlarni kuzatish, tabiat va ijtimoiy hayot bilan tanishtirishga 
doir ekskursiyalar bo’yicha va ko’pgina boshqa to’g’ri tuzilgan mashg’ulotlar 
mana shu rolni bajarishga qodirdir. 
Tajribali tarbiyachilar odatda mashg’ulot o’zining noodatiyligi, yorqinligi 
bilan bolalarni chulg’ab olishi uchun emotsional boshlanishidan foydalanadilar. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning aynan mashg’ulotga qiziqishi, uning emotsional 
javobi unda o’quv faoliyatiga, uning mazmuniga asta-sekin ijobiy munosabatni 
tarkib toptiradi va shu orqali uning ongida psixik jarayonlarning intensiv o’tishiga 
yordam beradi. 
Tarbiyachi 
bolalarga 
qaysi 
ertak, 
hikoyani 
aytib 
berishlarini 
illyustratsiyalardan bilib olishlarini taklif qilganda ham mashg’ulotda mana shu 
metoddan foydalaniladi. Topishmoqlar aytish xuddi mana shu metoddan 
foydalanishdir(F.R.Qodirova tavsiyalari ostida). 
Yangilik vaziyatini, o’yin usullari, fikrlar to’qnashuvini yaratish - bo’larning 
barchasi o’qitishga qiziqishni uyg’otadi. 
Ajablanish effekti muhim rol uynaydi. Ko’rib chiqilayotgan hodisaning 
noodatiyligi bolalarda emotsional kechinmalarni keltirib chiqaradi va binobarin, 
mashg’ulot mazmuniga qiziqishni oshiradi. 
Mashg’ulot davomida emotsional vaziyatlarni yaratishda tarbiyachining 
yorqin, obrazli nutqi katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga emotsionallikni 


148 
oddiygina qo’zg’ash emas, balki bolada o’qishning chin quvonchini yaratadigan 
o’z bilish tomonining albatta mavjud bo’lishi muhimdir. Mashg’ulotlardagi 
qiziqarlilik bolalarni ovutish uchun emas, balki bilish faoliyatini faollashtirish 
uchun zarurligini unutmaslik kerak. 
O’qitishga qiziqishni rag’batlantiruvchi qimmatln metod bilish o’yinlari 
metodidir. O’qitishda o’yinlar allaqachondan beri o’qishga qiziqishni uyg’otuvchi 
vosita sifatida foydalanib kelinmoqda. Maktabgacha yoshdagilarni o’qitishda 
shakllizm va verbalizmning namoyon bo’lishi faktlari katta tarbiyachiga pedagog 
boshqa qiyinchiliklarga duch kelayotganligidan darak berishi kerak. Bu masalan, 
tarbkyachilarning bolalarni yosh va individual xususiyatlarini etarlicha hisobga 
olmayotganligi bo’lishi mumkin. Uslubchi yosh guruxlari bo’yicha o’quv 
faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirar ekan, pedagoglar ishlaridagi bunday 
xatolarning oldini oladi. Bu maqsadda mashg’ulotlar tahlili, maslahatlar, 
pedagogik kengashlar va seminarlar vaqtida har bir guruxidagi bolalarning 
xarakterli xususiyatlarini o’rganishning turli shakllari tavsiya qilinadi. 
Xar bir bolada o’zlashtirish sur`ati va ish qobiliyati darajasi, intellektual 
ko’nikmalarni egallashda o’z darajasi borligi ma`lum. Tarbiyachi o’qitishni har bir 
bolaning qiziqish va qobiliyatlarini maksimal hisobga oladigan, har bir bola faol 
ishlaydigan va har biri ijobiy natijaga erishadigan qilib olib boradi. Kiyinligi har 
xil darajadagi topshiriqlarni nazarda tutish — bu o’qitishga alohida-alohida 
yondoshishning amalga oshirilishidir. 
Xar bir guruxda tortinchoq, sust bolalar va faol, tezkor, jasur bolalar bo’ladi. 
Ularning har biriga alohida-alohida yondoshish zarur. 
Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tajribasidada tarbiyachilar eng faol, 
tezkor va yaxshiroq tushunib oladigan bolalar bilan «ishlab», sust, tortinchoq 
bolalarni e`tiboridan chetda qoldiradigan hollar ba`zida uchrab turadi. Bu o’rinda u 
yoki bu sabablarga ko’ra qobiliyatsiz degan nomni olgan bolalar haqida alohida 
to’xtalish lozim (bunday bolalar haqida guruxdagi o’rtoqlari, ba`zan, afsuski 
tarbiyachi ham ular hech narsani uddalay olmaydilar, bilmaydilar deyishadi). 
Bunday faktlarni o’rganish «qoloq», «sustkash» rubrikasiga asosan 
tortinchoq va erkin harakat qiladigan yoki pedagog e`tiboridan chetda qolgan 
bolalar kiritilishini ko’rsatdi. Bola topshiriqni uddalay olmay yoki uni oxiriga 
etkazshiga ulgurmay o’z kuchiga ishonchni yo’qotadi, o’zini qo’yilgan vazifani hal 
qilishga qobiliyatsiz deb hisoblaydi. U o’zini bari bir hech narsa chiqarolmasligini 
ishontirishga urinib, topshiriqni bajarishdan bosh torta boshlaydi, ana shunday 
qilib bolada bardaror salbiy pozitsiya-muvaffadiyatsizlik sindromi deb atalmish 
o’ziga xos kompleks shakllana boshlaydi. Bola noqulaylikni, ichki zo’riqishni, 
ezilish holatlarini, qiyinchiliklar oldida dahshatni his eta boshlaydi. Agarda biz 
uning diqqatini kamchiliklarga qaratadigan bo’lsak, ahvol yanada yomonlashadi. 
Bolaning o’quv faoliyatida orqada qolishi ko’pincha bolalarga individual 
yondoshishning yo’qligi oqibati ekanligini unutmaslik kerak. Xayot agarda 
tarbiyachi bolalarning hammasini «bir ko’rpa ostiga yotdizmoqchi» bo’lsa, unda 
eng epchil va ziyrak bolalar «issiq» joyni egallaydilar, fikri sustroqlari esa 
«sovuqqa» qolaverishlarini ko’rsatib kelmoqda. 


149 
Shu bilan birga «o’rtacha bolami» ham nazarda tutib bo’lmaydi. Bolalarga 
mo’ljallangan topshiriqlar tiplari, ularning hajmi, ish sur`ati har xil bo’lishi kerak. 
Xar bir bola uchun optimal sur`atni topish kerakki, u barcha bolalarga 
mo’ljallangan topshiriqlarni osoyishta bajarishlariga imkon bersin. 
Tabiiyki, bu o’rinda birlari tezroq fikr yuritadilar, ishlaydilar, boshqalari 
sekinroq, ammo shunday qilish kerakki, birinchilarda mashg’ulot oxirigacha bo’sh 
vaqt juda ko’p qolmasin, boshqalariga esa etishmay qolmasin. Bunda dasturni 
qiyinlik bilan o’zlashtiradigan bolalarga alohida e`tibor va g’amxo’rlik talab 
qilinadi. Eng avvalo tarbiyachi ularni topshiriqni mo’ljallangan vaqtda uddalashga 
va boshlangan ishni oxiriga etkazishga asta-sekin o’rgatib boradi. Ularga 
topshiriqni keyin bajarishlari haqida gapirmaslik kerak. Bu ularda ishni oxiriga 
etkazmaslikdek yomon odatni keltirib chiqaradi. Tarbiyachi bolalar ishning 
umumiy ritmiga o’z vaqtida kirishishlarini har bir mashg’ulotda kuzatib boradi, 
ba`zan mashg’ulot boshlanishidan oldin bolalarga bo’lajak topshiriqning 
vazifalarini tushuntiradi, ishning natijalariga qiziqtiradi, topshiriqni bajarish 
usullarini bayon qiladi. Kuchli bolalar bilan bo’ladigan ish tizimiga tarbiyachi 
anchagina qiyinroq topshiriqlarni, ma`lum aqliy va irodaviy zo’r berishlarni talab 
qiladigan ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni kiritadi. 
Tarbiyachilar tafakkurning maktabgacha yoshdagi bolalarga xos bo’lgan eng 
elementar shakli ko’rgazmali-amaliy tafakkur ekanligini aniq tasavvur qilishlari 
kerak. U bolaning amaliy faoliyatida predmetlar bilan o’ynash jarayonida yuzaga 
keladi. Bu harakatdagi tafakkur bo’lib, u bola faoliyatining barcha turlarida, shu 
jumladan oddiy o’quv faoliyatida yuzaga keladi va ularga xizmat qiladi. Bolaning 
aqliy rivojlanishida tafakkur ko’rgazmali-amaliy shaklining ahamiyati juda katta, 
chunki u tafakkurning boshda, murakkabroq shakllarining shakllanishida 
boshlang’ich 
punkt 
xizmatini 
o’taydi. Tafakkurning mazkur shaklini 
shakllantirishda yo’l qo’yilgan har qanday xatolar bolani aqliy rivojlanishining 
keyingi barcha bosqichlarida salbiy ta`sir ko’rsatadi. Buni tarbiyachi bilishi zarur. 
Ular ko’rgazmali-amaliy tafakkur zaminida yangi, murakkabroq shakl - 
ko’rgazmali-obrazli tafakkurning paydo bo’lishi uchun asos yaratilishini bilishlari 
kerak. Bu shakl bola bir qator vazifalarini hal qilishni obrazlar bilan ishlash 
rejadayoq, aniq predmetlarning ishtirokisiz, ular bilan amaliy harakatlar qilmasdan 
ham amalga oshira oladi. Ko’rgazmali-obrazli tafakkurning imkoniyatlari juda 
chala
 
va uni doimo rivojlantirib borish zarur. Tafakkur bu shaklining yuzaga 
kelishi va takomillashtirilishi tafakkurning ko’rgazmali-amaliy va tushunchali 
shakllari o’rtasidagi bog’lovchi moment hisoblanadi. 
Tarbiyachilar 
ko’pincha 
tafakkurning boshlang’ich ikki shaklini 
rivojlantirishga etarlicha e`tibor bermay, maktabgacha yoshdagi bolalarda 
tafakkurning tushunchali shaklini rivojlantirishga iitiladilar. Bu maktabgacha 
yoshdagi bolalarning aqliy va umumiy psixik rivojlanishlariga salbiy ta`sir 
ko’rsatuvchi xatodir. F.R.Qodirova, A. V. Zaporojets, N. N. Podyakov tadqiqotlari 
tafakkurning tushunchali shakli tafakkurning ko’rgazmali-amaliy hamda 
ko’rgazmali-obrazli shakllari yaxshi rivojlangan taqdirdagina muvaffaqiyatli 
rivojlanishi mumkinligini ko’rsatdi. Tafakkurning ko’rgazmali-amaliy va 
ko’rgazmali-obrazli shakllari tafakkur tushunchali shaklining «binosi» quriladigan 


150 
poydevordir. Tafakkur har bir shaklining ichida deydi N. N. Podyakov, o’z 
bosqichlari mavjud va fan maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy qobiliyatlarini 
muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun bu bosqichlarni hali aniqlashi va o’rganishi 
lozim. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv jarayonini nazorat qilishning

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish